ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK SOHASIDAGI ISLOHATLAR

Annotatsiya

Maqolada muallif so’ngi yillarda O’zbekistonda xavfsizlik, mudofaa, harbiy sohadagi islohatlar, yangilanishlar, yutuqlarga to'xtalib o'tgan. Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning harbiy soha haqidagi bebaho fikrlarini ham keltirib o’tkan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

SOHASIDAGI ISLOHATLAR

Saliev Puxarbay Alievich

Qoraqalpog’iston Respublikasi Qaraozek tumani 4 son umumta’lim maktabi

«CHQBT» harbiy o’qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada muallif so’ngi yillarda O’zbekistonda xavfsizlik,

mudofaa, harbiy sohadagi islohatlar, yangilanishlar, yutuqlarga to'xtalib o'tgan.

Shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning harbiy soha haqidagi bebaho

fikrlarini ham keltirib o’tkan.

Tayanch tushunchalar: xavfsizlik, mudofaa, yangi O’zbekistob, harbiy soha,

islohatlar, yangilanishlar, ARMI-2022.

Аннотация: В статье автор остановился на реформах, обновлениях,

достижениях в области безопасности, обороны, военной сферы в Узбекистане

за последние годы. Он также процитировал бесценные мысли нашего

президента Шавката Мирзиеева о военной сфере.

Ключевые слова: безопасность, оборона, новый Узбекистан, военная сфера, реформы, обновления, АрМИ-2022.

Abstract: In the article, the author touched upon reforms, updates and achievements in the security, defense, military sphere in Uzbekistan in recent years. We also mentioned the invaluable views of our President Shavkat Mirziyoyev on the military sphere.

Keywords: security, defense, New Uzbekistan, military sphere, reforms, updates, ARMI-2022

Mamlakatimizda har yili Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanadi. 1992- yilning 14-yanvarida Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, yurtimiz hududidagi harbiy qism va muassasalar respublika tasarrufiga olingan. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrdagi qonuni bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni etib belgilandi.

Prezidentimizning 2022-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazila boshlandi. Mazkur farmoyishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Qurolli Kuchlar tashkil etilgan sana hamda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolarimizda milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kamol toptirish, shuningdek, Qurolli Kuchlarimiz nufuzini yanada oshirishni ta’minlashdan iboratdir.

Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash, mudofaa tizimini takomillashtirish, qardosh qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda, - dedi u. - Chunki umumiy xatarlarga qarshi birgalikda kurashishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Mudofaa va xavfsizlik tizimida asosiy omil qurolli kuchlar bo‘lib, ularning harbiy-siyosiy tayyorgarligi, harbiy xizmatchilarning zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi, har qanday tajovuzga tayyor turishi tinchlik-osoyishtalikning garovi hisoblanadi. Bu borada 14-yanvar kuni o‘z bayramini nishonlayotgan O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimida olib borilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda eʼtirof qozonmoqda.

MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doiralarida o‘tkazilayotgan harbiy musobaqalarda O‘zbekiston Qurolli kuchlari jamoalarining muntazam g‘alabalarga erishayotganligi mamlakat yetakchisi va Oliy bosh qo‘mondon Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan va izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy samarasidir.

Darhaqiqat, harbiy xizmat mavqeini oshirish, chaqiruvga qadar yoshlar va harbiy xizmatchilarni maʼnaviy-maʼrifiy hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha qardosh O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tahsinga sazovor. Masalan, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etilishi ham ilmiy va maʼrifiy jihatdan katta voqea bo‘ldi, deb aytsak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi VIII Xalqaro armiya o‘yinlarining 21 ta yo‘nalishida ishtirok etdi. 34 ta yo‘nalishni qamrab olgan musobaqalarda 37 ta davlatdan 257 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Xususan, mamlakatimiz hududida musobaqalarning 5 ta yo‘nalishi bo‘lib o‘tdi. Shiddatli va murosasiz kechgan “ArMI – 2022” Xalqaro armiya o‘yinlarida vakillarimiz munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqada vakillarimiz O‘zbekiston armiya sining kuch-qudrati, harbiy xizmatchilarimizning jangovar shayligini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z kasbining haqiqiy ustalari ekanini namoyon eta oldi. Xususan, g‘alabali yurishlar, rekord natijalar va g‘oliblik shohsupalari buning yorqin misolidir. 12 ta davlat hududida o‘tkazilgan armiya o‘yinlarida mamlakatimiz bayrog‘i eng yuqoriga ko‘tarilib, madhiyamiz takror va takror yangradi.

Davlatimiz rahbari yetuk harbiy kadrlarni tayyorlash, ilg‘or uslublarni ommalashtirish masalalariga e’tibor qaratdi. Harbiy o‘qituvchilarning malakasini oshirish, Qurolli Kuchlar Akademiyasini harbiy ilm-fan dargohiga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Yaqinda ish boshlagan Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar institutini harbiy ta’lim va ilmiy faoliyat tizimiga samarali integratsiya qilish topshirig‘i berildi.Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarog‘ hamda harbiy texnika bilan ta’minlash, mavjudlarini modernizatsiya qilish ham harbiy qurilish sohasidagi eng ustuvor vazifalardan bo‘lib qoladi.

Ushbu maqsadlar va zamonaviy tahdidlar xususiyatidan kelib chiqib, 2022-2026 yillarda Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha konseptual dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi.Qurolli Kuchlar Bosh shtabi faoliyatini sifat jihatdan yangi pog‘onaga olib chiqish, havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Jahon axborot makonida keskin kurash ketayotgan hozirgi vaziyatda axborot xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilish, harbiy xizmatchilarning psixologik tayyorgarligi va jangovar ruhini mustahkamlash dolzarbligi ta’kidlandi.

Qo‘mondonlik tarkibi zamonaviy operatsiyalarni rejalashtirish, qo‘shinlarni oqilona boshqarish, mavjud kuch va vositalarni samarali qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Rahbarlik va qo‘mondonlik lavozimlariga istiqbolli kadrlar zaxirasini yaratish, ularni bu lavozimlarga bosqichma-bosqich tayyorlash hamda tanlov asosida tayinlash muhimligi qayd etildi. Jangovar harakatlar dinamikasi oshib borayotgan va yangi usullar paydo bo‘layotgan hozirgi sharoitda muvaffaqiyat, ko‘p jihatdan, komandir-serjant boshqaradigan kichik bo‘linmalar harakatiga bog‘liq. Shu bois Qurolli Kuchlar uchun serjant-yo‘riqchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

Aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, joylarda ijtimoiy, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, bozorlar to‘kinligi va narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash bugun ham, kelajakda ham eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi. Chunki faqatgina tinchlikosoyishtalik mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishining asosiy kafolatidir. Yangi – 2022 yil hamma sohada, jumladan, Qurolli Kuchlar tizimida ham hal qiluvchi yil bo‘lishi shart”, – dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.

Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib bo‘lmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Bu esa o‘tgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz va yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz, to‘planib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish, bugun hayotning o‘zi ilgari surayotgan talablarni hisobga olishni taqozo etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ayni shu asosda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashni Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berdi. Taraqqiyot strategiyasiga binoan 2022-2026 yillarda boshqa sohalar qatorida harbiy qurilish borasida ham keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Qisqa muddatda dastlabki aniq natijalarga erishildi va yangilanayotgan Qurolli Kuchlarimiz bo‘yicha strategik yondashuv ishlab chiqildi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ózbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.2021 2. Ózbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Ózbekiston taraqqiyot strategiyasi” 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 son Farmoni 3. I.KArimov Yuksak mánaviyat – yengilmas kuch.T. 2008 4. Sh.M.Mirziyoev Milliy taraqqiyot yólimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga kótaramiz. 1- jild. –T.: Ózbekiston, 2018 5. Sh.M.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini táminlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. –Toshkent: Ózbekston, 2017

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.