Davronov Nurzod Ismoilovich

Davronov Nurzod Ismoilovich

Buxoro davlat pedagogika instituti · O'zbekiston

Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda

TARJIMAI HOL Davronov Nurzod Ismoilovich 1988-yil 5-avgust sanasida Buxoro viloyati Peshkoʻ tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. 2006-yil Peshkoʻ tumani 39-sonli maktabni a’lo baholarda tugatgan. 2015-yilda Buxoro davlat universitetining Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi bakalavr bosqichini. 2017-yilda Buxoro davlat universitetining Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan va magistr darajasini olgan. 2017-2020 yillarda Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2021-2022 yillarda Buxoro davlat universiteti Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2022-2023 yy.- BuxDU jismoniy madaniyat fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari. 2023-2024 yy. Buxoro davlat pedagogika instituti Kengash kotibi. 2024-yil. h.v. Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Oilali, 4 nafar farzandning otasi. Ilmiy va pedagogik staj 11 yil. Davronov Nurzod Ismoilovich 2022-yil 16-noyabrda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Qadriyatli yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04 raqamli ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qilgan. Davronov Nurzod Ismoilovichga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 30-noyabrdagi 327/1-sonli bayonnomasiga asosan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilgan (01 № 008245). O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 06-yanvardagi 348/1-sonli bayonnomasiga asosan unga dotsent ilmiy unvoni berilgan (03 № 014805). O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 27-dekabrdagi 379/1-sonli bayonnomasiga asosan unga professor ilmiy unvoni berilgan (05 № 006487). Davronov Nurzod Ismoilovich 2024-yildan hozirga qadar 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha Buxoro davlat pedagogika institutida mustaqil izlanuvchisi sifatida “Bo‘lajak o‘qituvchilarda salomatlik madaniyatini rivojlantirishning didaktik mexanizmlari” mavzusida tadqiqot ishini olib borayapti.

Nashrlar

2
researcher.uz

Pedagogika fanlari

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA SALOMATLIK MADANIYATINIRIVOJLANTIRISHNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining shaxsiy salomatligi va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi uning professional faoliyati samaradorligi va pedagogik faoliyatining sifati bilan bevosita bog‘liqdir. Bolajak o‘qituvchilar — ya’ni pedagogik faoliyatni endigina boshlovchi yoki tayyorlanayotgan yosh mutaxassislar — … Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

salomatlik madaniyatibolajak o‘qituvchilartarbiyaviy ahamiyatpedagogik kompetensiyasog‘lom turmush tarziinterfaol metodlar

Inter Education & Global Study27.12.2025166-173203
researcher.uz

Pedagogika fanlari

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA O‘QITUVCHILARIDA SALOMATLIK MADANIYATI KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY- METODOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarida sog'lomlik madaniyati ko'nikmasini shakllantirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ularning kasbiy faoliyati nafaqat jismoniy tarbiya va sportga oid bilimlarni, balki sog'lom turmush tarzini shakllantirish, o'z salomatligini saqla… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

salomatlik madaniyatiJismoniy tarbiya o'qituvchilarikompetensiya yondashuviintegratsion yondashuvsog'lom turmush tarzisalomatlikni saqlash

Inter Education & Global Study19.07.2026180-18820