ResearcherUz LogoResearcherUz

O‘ZBEKISTON XALQ ARTISTI K.K. MUXITDINOV XOTIRASIGA

Annotatsiya

ushbu maqolada O‘zbekiston opera san’atining yirik vakili K.K. Muxitdinov ijodi va uning o‘zbek vokal maktabi rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Tadqiqotning maqsadi – Muxitdinovning ijodiy faoliyatining milliy opera san’ati taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va uning vokal hamda pedagogik merosining ahamiyatini ta’kidlashdan iborat. Maqolada vokal tahlili, tarixiy-analitik va biografik yondashuv usullari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Muxitdinov o‘zbek opera sahnasida bir qator yangi obraz va partiyalarni birinchi bo‘lib ijro etgan, milliy va jahon opera repertuarini boyitgan, shuningdek, iste’dodli yosh vokalchilarning kamol topishiga katta hissa qo‘shgan. Bundan tashqari, uning xalqaro vokal an’analarini milliy maktabga integratsiya qilishdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi, bu esa o‘zbek vokal san’atining jahon miqyosiga chiqishiga xizmat qilgan. O‘zbekiston opera san’ati tarixida K.K. Muxitdinov (1946–2007) kabi ijodkorlarning o‘rni beqiyosdir. U o‘zining boy ijodiy merosi, sahna mahorati va pedagogik faoliyati bilan milliy vokal san’atining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Muxitdinov nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham taniqli opera ijrochisi va ustoz sifatida e’tirof etilgan. Shu sababli, uning ijodiy merosi va ta’limiy faoliyatini o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi.


в данной статье анализируется творчество выдающегося представителя узбекского оперного искусства К.К. Мухитдинова и его вклад в развитие узбекской вокальной школы. Цель исследования – выявить влияние творческой деятельности Мухитдинова на развитие национального оперного искусства, а также подчеркнуть значимость его вокального и педагогического наследия. В статье использованы методы вокального анализа, историко- аналитический и биографический подходы. В результате установлено, что Мухитдинов стал первым исполнителем ряда новых образов и партий на узбекской оперной сцене, обогатил репертуар национальной и мировой оперы, а также внес значительный вклад в подготовку талантливых молодых вокалистов. Кроме того, подчеркивается его роль в интеграции международных вокальных традиций в национальную школу, что способствовало выходу узбекского вокального искусства на мировой уровень. В истории узбекского оперного искусства вклад таких деятелей, как Куркмас Мухитдинов (1946–2007), является поистине бесценным. Благодаря своему богатому творческому наследию, сценическому мастерству и педагогической деятельности он внёс значительный вклад в развитие национального вокального искусства. Мухитдинов был признан не только в Узбекистане, но и на международной арене как выдающийся оперный исполнитель и наставник. В связи с этим изучение его творческого наследия и педагогической деятельности приобретает особую актуальность в наши дни.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

O‘ZBEK AN’ANAVIY DOIRA IJROCHILIGIDA USULLAR VA ULARNING BADIIY- ESTETIK XUSUSIYATLARI.
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik

To‘rayev Qahramon Fayzullayevich

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…

Inter Education & Global Study21.10.202600
MUSIQIY ESHITUV VA NAZARIY TAFAKKUR SINTEZINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION METODLAR
San'atshunoslik fanlariMusiqiy eshituvNazariy tafakkurInnovatsion metod

E. Ro‘ziyeva

Ushbu maqolada musiqiy eshituv va nazariy tafakkurni uyg‘unlashtirilgan holda rivojlantirishning innovatsion pedagogik metodlari tahlil qilinadi. Solfedjo va musiqa nazariyasi fanlarining integratsiyalashgan o‘qitish modeli, raqamli texnologiyalarni qo‘llash, eshituv va nazariy bilimlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda mus…

Inter Education & Global Study15.10.202610
QARAQALPAQ FOLKLORÍNDA «BESIK JÍRÍ»NÍŃ MAQSETI HÁM ONÍŃ TÚRLERI
San'atshunoslik fanlariSalt-dástúr jırıBalalar folklorıBesik jırı

Z.S.Zaripova

Maqalada qaraqalpaq xalqınıń eń áyemgi janrlarınıń biri bolǵan besik jırı haqqında sóz etiledi. Besik jırınıń atqarılıw texnikası hám onıń maqseti, bala tárbiyasındaǵı ornı haqqında pikirler bildirilgen. Sonıń menen birge, ananıń kewil keypiyatına, hár qıylı jaǵdaylarǵa qaray besik jırlarınıń atqarılıwın avtor onı bir …

Inter Education & Global Study15.10.202650
XOR DIRIJORLIGIDA XIYRONOMIK USULLARIDAN FOYDALANISH
San'atshunoslik fanlariXor dirijorligiXeyronomiyaDirijorlik texnikasi

J.A.Xodjayev

Maqolada O‘zbekistonda vokal-xor ijrochiligi va xor san’ati taraqqiyoti fonida xor dirijorligi fanining o‘rni hamda xeyronomik (chieronimik) usullardan foydalanish zarurati yoritiladi. Xor darslarida jamoa bo‘lib kuylash jarayonini badiiy va tashkiliy jihatdan boshqarishda dirijorning shaxsiyati, musiqiy va jismoniy ta…

Inter Education & Global Study15.10.202630
XORAZM XALQ DOSTONLARI ASOSIDA BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISH KATEGORIYALARINING KONTEKSTUAL TAHLILI.
San'atshunoslik fanlariXorazm dostonlariMa’naviyatMusiqa o‘qituvchisi

Yakubov Zafarbek Madrimbayevich

Maqolada Xorazm xalq dostonlarining bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida ma’naviy fazilatlarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari kontekstual tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda dostonlardagi axloqiy, estetik, vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari to‘rt asosiy kategoriyaga ajratildi: milliy-ma’naviy qadriyat…

Inter Education & Global Study15.10.202611