УДК: 614.2:378.147:004
FOYDALANISH VA UNING ISTIQBOLLARI
Yodgorova Nodira Turgunbayevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Mirvaliyeva Nafisa Regametovna, assistent
Abdullayev Ulug'bek Meylik o‘g‘li, assistent
Toshkent tibbiyot akademiyasi
Аннотация
Ushbu maqola mamlakatimisning tibbiyot oliygohlarida mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya bo‘yicha ta’lim tizimida innovation yangilik Mozaik 3D Interactive internet dasturiga bag‘ishlangan bo'lib Toshkent tibbiyot akdemiyasida shu dasturdan foylanish natijalari bayon etilgan bo’lib, bu texnologiyaning qulayligi 1200 nafardan ortiq mavzu bo‘yicha interaktiv ta'lim dasturlari mavjud bo‘lib, internet tarmog‘i orqali yuklab olinishi va talaba o‘z bilimini oshirishda qo‘llay olishi mumkin va mavzularini o‘zlashtirishni yaxshilash uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Kalit suzlar: talim, talim zharayoni, oliy talim tizimi, innovation, innovation dastur, ilg‘or technologylar, Mozaik 3D Interactive
Ilm — narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir
Abu Ali inb Sino
Har bir mamlakatning, jamiyatning taraqqiyoti u yerda ilmu fanning naqadar rivoj topgani bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmga va uni o‘rganishga qaratilayotgan e'tibor o‘sha davlatning ertangi kunini belgilab beradi. Ilm — aql nuridir. U insonlarni borliqni his etish, voqelikni idrok etish, ma'naviy va moddiy olamni anglashga, tafakkurini shakllantirishga undaydi. Ilm yashash chirog‘idir. U insonlarga baxt keltiradi, yorug‘likka chorlaydi, jaholatdan yiroqlashtiradi. Ziyoli insonlar jamiyatning yetakchilari hisoblanadi (1,2).
Yurtimizda bilimli bo‘lish uchun barcha sharoitlar yetarli. Biz ilm sirlarini mukammal o‘rganish yo‘lida jahon kezgan, hayotini irfonga bag‘ishlagan buyuk allomalarning avlodi ekanligimizni unutmasligimiz lozim. Biz ajdodlarimizdan faxrlanamiz, shuning barobarida zimmamizga yuklagan mas'uliyat zalvorini ham his etamiz. Shu jihatdan, bugungi kunda yoshlarni dunyoviy ilmlar egasi va kasb hunarli bo‘lishlari muhim vazifalar sirasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish,
mamlakatimizning izchil rivojlanib
borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali
kadrlar bilan ta'minlash, barcha hududlar
va tarmoqlarni strategik jihatdan
kompleks rivojlantirish masalalarini hal
qilish borasida oliy ta'lim tizimi
ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir
muhim amaliy qadamdir (3).
Xozirgi kunda Oliy ta'lim
muassasalarida talabalar bilan mashg‘ulot
olib borishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash zamon talabidir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ham shunday oliygoxlar katoriga kiradi va bu yo‘lda yetakchi hisoblanadi. Tibbiyotda, jumladan men ta'lim beradigan mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya sohasida erishilgan ilm-fan yutuqlariga qaramasdan, aholi o‘rtasida ba'zi bir yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarning tashxisi va davosi muammoligicha qolmoqda. Respublikamizda malakali umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli ham, mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fanidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv modul dasturidagi har bir mavzuda aniq va qat’iy maqsad, vazifalar belgilab qo‘yilgan. Tez-tez uchrab turadigan va zudlik bilan diagnoz qo‘yishni talab qiladigan kasalliklarga asosiy e’tiborni qaratgan xolda, kasalliklarini etiologiyasiga (mikrob yoki viruslar) ham alohida ahamiyat berish kerak.
Xozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va ma'ruzalarni tashkil etishning metodik asoslarini ishlab chiqish, talabalar ta'lim olish jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni, ma'ruzalarni faollashtirish, interfaol usullarni tadbiq etish zamon talablari asosida amalga oshirilishini taqazo etadi. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq hisoblanaladi(4).
«Mozaik 3D Interactive» innovatsion elektron dasturi
Toshkent tibbiyot akademiyasida mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasida shu fanlar bo‘yicha barcha fakultet(6) talabalariga ta’lim beriladi. Ushbu yo‘nalishda yetuk mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan seminar mashg‘ulotlarda, ma'ruzalarda bir qancha innovatsion texnologiyalar qo‘llaniladi. Talabalar bilan seminar mashg‘ulotlarini qiziqarli va samarali olib borishda fanga doir yangi ma'lumotlar bazasidan foydalanib, zamonaviy “Mozaik 3D interaktive” (rasm 1.) innovatsion elektron dasturidan foydalanilmoqda. Unda mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya bo‘yicha loyihalashtirilgan, ya’ni mikroorganizmlarning morfologik, struktur tuzilishi (bakteriya hujayrasining tashqi qobig‘i, xivchinlari, kapsulasi,
Rasm 1. Mozaik 3D interaktiv” innovatsion elektron dasturining internet sahifasi plazmidlari, sitoplazmasi, hujayra organellalari), ularning harakatlanishi, ko‘payishi, tashqi muhit omillariga chidamliligi va keltirib chiqaruvchi kasalliklar ro‘yxati bo‘yicha ma'lumotlar zamonaviy o‘quv ta'lim tizimida tadbiq etilmoqda. Virusologiya yo‘nalishi bo‘yicha esa viruslar va bakteriofaglarning struktur, molekulyar-genetik darajada tuzilishi, ko‘payishi, tashqi muhitlarga chidamliligi, keltirib chiqaruvchi kasalliklar ro‘yxati bo‘yicha ma'lumotlar o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda. Bu texnologiyaning qulayligi 1200 nafardan ortiq mavzu bo‘yicha interaktiv ta'lim dasturlari mavjud bo‘lib, internet tarmog‘i orqali yuklab olinishi va talaba o‘z bilimini oshirishda qo‘llay olishi mumkin. Ushbu texnologiyada sensorli ekranda qo‘l barmoqlari orqali shu mikroorganizmning ichki tuzilishlarini topib, tayyor istalgan tildagi matnda(15 tildan ortiq), 360° darajada, turli hajmda va bosqichda o‘rganish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu elektron dasturda har bir mavzu bo‘yicha alohida test savollari va animatsion videofilmlar matni bilan taqdim etilgan. “Mozaik 3D interastive” innovatsion elektron dasturning mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanlarida ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi o‘quv jarayonining sifat darajasini oshirmoqda. Shu dastur yordamida ma'ruzalarini faollashtirish maqsadida mavzularga mos tarzda ma'ruza turini tanlash imkoni tug‘iladi. An’anaviy dars shaklni saqlab qolgan holda, unga turli – tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan usullar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi(5,6). Buning uchun dars jarayoni oqilona rejalashtirilishi, tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik – kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda “Mozaik 3D interastive” kabi dasturlarni qo‘llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga ishonch paydo bo‘ladi.
Ma'ruzalarda Vizual –innavatsion va suxbat ma'ruza turlarni birgalikda taqdim etish
Ma'ruza boshida mavzuga oid “Mozaik 3D interaktive” innovatsion elektron dasturini qo‘llab talabalarga 3D animatsiyalarni o‘z qo‘llari bilan bajarish taklif etiladi. Masalan, bakteriyalar morfologiyasi tuliq qismlarga ajratilgan holda taqdim etiladi bir vaqtning o‘zida turli tillarda amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, mikrobiologiya virusologiya va immunologiya fanlarining barcha bo‘limlarida turli videolavhalar namoyish qilinadi va vaziyatli masalalar yechish vazifasi berilib, ham yakka ham guruh bilan ishlash uchun imkon beriladi. Bunda talabalar vaziyat bilan tanishgandan so‘ng muammoni aniqlash, axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilishadi. Talabalar hohishlaridan kelib chiqib haqiqiy vaziyatni o‘yin qilib ko‘rish (simulyatsiya), ya'ni talabalar o‘yin davomida o‘ziga xos rollarni bajarishga sharoit yaratiladi. O‘z guruhidagi talabalarni yaqindan o‘rganish, ta’lim va tarbiyani birgalikda olib borish uchun bir qancha usullar qo‘llaniladi. Bu usullar talabalar va pedagog uchun qiziqarli va o‘zaro muloqotga tez kirishishni ta'minlaydi, hatto guruhdagi eng kamgap, tortinchoq talaba ham birday bu jarayonlarda faol ishtirok etadi.
O‘qitish jarayonini zamon talab darajasiga ko‘tarish, bu innovatsion ta'lim texnologiyalari oliy ta'limni modernizatsiyalashning asosiy omilidir(4).
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida “Mozaik 3D Interactive” innovatsion elektron dasturidan foydalanish Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashgulotlar va ma'ruzalarni mavzularini o‘zlashtirishni yaxshilash uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu dastur talabalarning shu fanlarga yanada qiziqishiga va o‘zlashtirishning onsonlashuviga, natijada mustahkam bilimga ega bo‘lib, kelajakda o‘z bilimlarini bemorlar xayotini asrashga, vaqtida tashxis qo‘yishga, to‘g‘ri hamda samarali davolashga zamin yaratadi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasining Qonun, Farmon va Qarorlari 1. O‘zbekiston Reslublikasining "Taьlim to‘g‘risida"gi Qonuni. Т. 1997; 2. O‘zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ".Т. 1997; 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017 yil 20 aprelь, PQ-2909-son qarori.
O‘quv-uslubiy adabiyotlar: 4. Ishmuxamedov R. Yuldashev M.Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar. T.2013 5. Sergeyev I.S. Osnovы pedagogicheskoy deyatelьnosti: Uch. posobiye. Piter,
2004. 6. Tolipov U., M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. - Т.: 2006.
Internet saytlari:
www.medicine. ru.
www.medinks. ru.
www.Muslim.uz.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.