Xorijiy tillarni o’rganishning hayotimizdagi tutgan o'rni va o'rganish sabablari.
Mamatova Laylo Ulug'bek qizi
Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti ,,Tillar"fakulteti 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: T.Musurmonov
SHDPI Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi
Anotatsiya: Ushbu maqolada chet tillarini bizga qanchalik kerakligi va hayotimizdagi o'rni qay darajada muhimligi tushuntiriladi.
Kalit so'zlar: chet tili, globallashuv, yangi qadriyat va madaniyatlar, fikrlash
Insoniyat yaralibdiki odamlar bir-birlari bilan o'zaro til orqali muloqotga kirishib kelishmoqda. Til bu xalqlarning bir-biriga bog'lovchi betakror fenonem hisoblansa, boshqa tarafdan esa turli millatlarni bir- biridan ajratuvchi o'ziga xos noyob hodisadir. Bugungi kunda til o'rganish juda ham muhim. Bunga misol tarixdan malumki qaysi xalq vakillari qancha ko'p til bilsa shuncha tez va mukammal taraqqiyot yo'liga chiqa olganlar.
Xo'sh chet tillarini o'rganish bizga nima beradi? Va nima uchun muhim hisoblanadi? Bu savolga shunday javob berishimiz mumkin. Birinchi navbatta chet tillarini o'rganish bu boshqa madaniy muhitga kirish imkoniyatini beradi. Shu sababli ham biz nihoyatda boy hayot kechira olamiz. Har bir inson hayotida til juda muhim rol o'ynaydi. Xalqimiz orasida bir gap bor "Til bilgan- el biladi".
Bugungi kunda jahondagi juda ko'plab mamlakatlarda o'z ona tillaridan tashqari bir qancha chet tillarini o'rganish davlat siyosati darajasida ko'tarilmoqda. Bu be'jiz emas albatta, chunki boshqa xalqlarning urf-odati, turmush tarzi umuman olganda o'sha xalq qalbini bilishi lozim. Mamlakatimizda ham bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda.Yurtimizda chet tillarini o'rganishga qaratilgan chora tadbirlar be'jiz bo'layotgani yo'q. Chunki boshqa tillarni bilishga ehtiyoj bugundan paydo bo'lib qolmasdan balki uzoq o'tmishimizda ham katta ahamiyatga ega bo'lgan. Ajdodlarimiz o'z ona tillari qatori boshqa tillarni ham mukammal bilishga intilganlar va buning uddasidan chiqqanlar. Ko'plab ajdodlarimiz boshqa tillarni chuqur egallash bilan bir qatorda o'sha xalq manaviy merosiga o'zlarining noyob durdona asarlari bilan ham xissa qo'shdilar. Shunday buyuk zotlardan Abu RayhonBeruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek. Biz ajdodlarimizga munosib avlodlar bo'lishga harakat qilyapmiz. Yurtimizda shu xususida qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan Mustaqillik yillarida 51.7ming nafardan ziyod chet tillarini o'quvchilari tayyorlandi.Umumta'lim maktablarining 5-9sinflari uchun ingliz,nemis, fransuz tillari bo'yicha multimedia darslari,boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rganish bo'yicha elektron resuslar tayyorlandi.
Hozirgi kunda kelib chet tilarini ayniqsa ingliz tilini bo'lgan talab va qiziqishlar shunchalik kuchaydiki, blg'cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislar ham ingliz tilini o'rganishmoqda. Bu ijobiy holat albatta, chunki til o'rganish bu o'sha tilda gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi, urf-odatlarini o'rganish bilan birgalikda shaxsiy manfaatlar yo'lida ham eshiklarni ochishga zamin yaratadi.
Xorijiy tillarni o'rganishning 8 muhim sabablari:
1. Yaxshi fikrlashga undaydi. Xorijiy tillarni o'rganish insonni ochiq fikrlashga undaydi va mutlaqo yangi madaniyat va dunyoqarashda singib ketish, ochiq fikrlaydigan, tushunadigan, bag'rikeng shaxsga aylanishning eng ishonchli usuli va bu mutlaqo bebahodir. Shuningdek tatqiqotlarning ko'rsatishicha bir necha tillarni bilish yaxshi fikrlash, muommolarni hal qilish va ijodkorlik bilan bog'liq. Shuningdek u odamlarga noma'lum va notanish vaziyatlarni yengishga yordam beradi.
2. Xotirani yaxshilashga yordam beradi. Bir tilni biluvchi bolalarga qaraganda ikki tilli bolalar o'z ongida hisoblash, yaxshiroq o'qish va shunga o'xshash ko'plab boshqa narsalarni yaxshiroq qilishlari malum. Ko'p til biluvchilar ketma-ketlikni yozib olish va eslashda yaxshiroq bo'ladilar.
3. Ko'plab do'stlar orttirish imkonini beradi. Chet tillarini o'rganayotgan insonlarda do'st orttirish imkoni ochiladi. Yangi va qiziqarli odamlar bilan tanishish mumkin. Til bu insonni his-tuyg'ularini, istaklarini ifoda etishga va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog'lanishda yordam beradi va mazmunli munosabatlarni shakllantiradi.
4.Ishlash imkonini oshiradi. Hozirgi kunda chet tillarini bilgan insonlar omadli insonlar hisoblanadilar. Chunki har bir inson uchun xorij tillarini bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib bormoqda va ikki til bilish shunchaki qiziqish emas balki zamon talabidir. Chet tilini o'rganish ish topish uchun keng imkoniyatlarni beradi. Hech kimga sir emaski chet tilini o'rganish ish bilan taminlash istiqbollarini yaxshilashi mumkin.
5.Yangi qadriyat va madaniyatlarni bilish. Malum bir til o'rganayotgan insonlarda aynan usha davlatni qadriyati va madaniyatini o'rganish imkonini beradi. Misol uchun bir inson bir chet tilini o'rganar ekan bevosita shu davlatning tili bilan bir qatorda uning madaniyati, qadriyati va urf-odatlarini o'rganadi. Bu esa bizga yanada ko'plab davlatlarni bilishga yordam beradi. Bir so'z bilan aytganda til o'rganish “bir o'q bilan ikki quyonni urish” demakdir. Bir tarafdan til o'rganamiz va ikkinchi tarafdan esa davlatlar bilan yaqindan tanishamiz.
6. Aqliy qobiliyatimizni oshirishga imkon beradi. Miyamizning hajmi yangi so'zlarni va har bir yangiliklarni o'rganishimiz bilan ortib boradi. Bu degani ko'plab til bilishimiz o'zimizning sog'lig'imiz uchun ham zarur ekan. Olimlarning ilmiy tatqiqotlariga ko'ra tilni 3oy davomida chuqur o'rgangan insonlarda kulrang materiyaning hajmi oshganligini ko'rsatadi. Va bu hajm qanchalik harakat qilinganligiga qarab oshib boradi. Til o'rganishdagi yana eng muhim narsa bu - yosh hisoblanadi. Chunki kattalarga nisbatan yoshlarning eslab qolish qobiliyati kuchliroq. Shu sababli ham kattalarga nisbatan osonroq o'rganib olishadi. Mening fikrimcha chet tillarini o'rganishni yoshlikdan boshlagan foyda.
7. Ilmiy yutuqlarni oshiradi Til o'rganish akademik yutuqlarni qo'llab quvvatlaydi. Bu chet tilini o'rganayotgan ingliz tilida so'zlashuvchi talabalar, shuningdek ikki tilli va immersion dasturida ingliz tili o'rganuvchilari uchun amal qiladi.
8. Sayohat arzonlashadi va osonlashadi Albatta ko'p insonlar sayohat qilishni hush ko'rishadi. Chet davlatga borganingizda til bilishingiz sizga juda foyda beradi.Oddiygina ovqatlanishga borganingizda o'zingiz hohlagan taomni tushuntira olasiz.Yo'l so'rashni ham o'zingiz mahalliy insonlardan so'rab, qiyinchiliklarsiz eplay olasiz.Agar siz o'zingiz bilan gid olganingizda juda ham qimmatga tushardingiz.
Xulosa qilib aytganda, til bilish har bir inson uchun yangi imkoniyatlar kalitidir. Siz qancha ko'p til bilsangiz shuncha ko'p eshiklar siz uchun ochiladi. Aynan til bilish – dunyoni anglash demakdir. Cher tilini o'rganishning afzaliklari sizning hayotingizni deyarli barcha jabhalarida muvaffaqt qozonishi uchun sizni moslashtirish qobilyatiga ega. Til bu millatlar o'rtasida ko'prik vazifasini o'tovchi vosita undan qo'rqmay hatlab o'tganlar yutuq va yangi olamlar kalitini qo'lga kiritadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.t.mehiddenshell.ru
2.t.mecyberlinka.ru
3.t.megoabroad.com
4.t.mejdpu.uz
5.t.memedium.com
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.