ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limini tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish

Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi

o‘qituvchisi

Jumanazarova Durdona Abduvohidovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta'lim

yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limini tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazorat.

Korrupsiya va u bilan bog‘liq salbiy holatlar uzoq yillar davomida jahon hamjamiyatini qiynab kelayotgan o‘tkir ijtimoiy muammolar orasida yuqori o‘rinda turadi. Shu boisdan ushbu illatning barcha ko‘rinishlariga qarshi samarali kurashish choralarini ko‘rish, milliy qonunchilik normalarini takomillashtirish, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash hamda oldini olish mehanizmlarini yaratish, shuningdek, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish har bir davlatning muhim vazifasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar hamda ko‘rilayotgan choralar xalqaro darajada e’tirofga sazovor bo‘lib, yurtimizning xalqaro reytinglardagi o‘rni yuqorilashiga sabab bo‘lmoqda. Bu o‘rinda islohotlarning chinakam natijadorligiga erishish maqsadida davlat va jamiyatning har bir sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini izchil ta’minlab borish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining oqibati bilan emas, balki sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan zamonaviy jinoyatchilikni oldini olish choralarni milliy amaliyotga tatbiq etishni taqozo qilmoqda. Shunga asosan, bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda kompleks islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2020-yil 29-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi» tashkil etildi va ushbu agentlik korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda. Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga asoslangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va xususiy sektor ishtirokchilarining xalqaro tandartlar, qonun hujjatlari va boshqa zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat (compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.Ilk bor korrupsiyaviy havflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ –Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugungi kunda ichki nazorat sifatida barcha Oliy ta’lim muassasalarida korrrupsiyaga qarshi Komplayens nazorat tizimi tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya havf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida habar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida oliy ta’lim tizimida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish belgilab berilgan edi. O‘zbekistonning yangilangan siyosati jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini oliy darajaga ko‘tarish, zamonaviy samarali davlat boshqaruvini joriy etish, davlat hizmatchilarida korrupsiyaviy holatlarning barcha ko‘rinishlariga qat’iy chidamsizlik ruhiyatini shakllantirish, xalq manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash kabi yuksak g‘oyalarga tayanmoqda. Avvalo, ushbu islohotlarning tub zamirida Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan ustuvor g‘oya ya’ni, «Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan so‘zlari asosiy tamoyilga muvofiq barcha imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yo‘lida safarbar etilishi ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, tadbiq etilishiga erishilmoqda. Xususan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va uning quyi tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayensnazorat” tizimini joriy etish va muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan bo‘linmalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Binobarin, Oliy ta’lim muassasalarida ham “Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish” bo‘limlari tashkil etilgani bunga misoldir. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2021-yil 15- dekabr kungi 01-58 sonli buyrug‘iga asosan institut shtatlar jadvaliga “Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish” bo‘limi kiritildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

➢ institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

➢ korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan choratadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha maʼlumotlar tayyorlaydi;

➢ institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

➢ institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun institut rahbariyatiga kiritadi;

➢ institutning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

➢ institutda korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;

➢ institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy havfxatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim habarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish uchun institut rahbariyatiga maʼlumotlar taqdim etadi;

➢ institutda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reyestrini yuritib boradi;davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;

➢ institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va muammolar aniqlanganda barataraf etish uchun institut rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi; institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari va talabalari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etadi;

➢ institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professoro‘qituvchilar,boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;

➢ so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;

➢ professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi; institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan choratadbirlarning samaradorligini baholaydi;

➢ institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shartsharoitlari hamda sabablarini o‘rganadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

➢ institut rasmiy veb-saytining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” o‘limidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;

➢ har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda institutdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida institut rahbariyatiga hamda Oliy ta'lim, fan va inovatsiyalar vazirligining Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot taqdim etadi;

➢ komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari hamda ota-onalar bilan orrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Institutda hozirgi kunda barcha yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bo‘lim negizida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi tashkil etildi. Har bir fakultet dekani tomonidan talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsion holatlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish maqsadida talabalarning murojaatlarini elektron qabul qilish uchun saytlar ochildi.Institutga o‘qishga qabul jarayonlarini ochiq va shaffof, adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan bakalavriat, magistratura va doktoranturadagi imtihon jarayonlari hamda qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan, budjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi va davlat xaridlarini amalga oshirish ustidan masofaviy nazoratni ta’minlash, ta’lim obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashda budjet mablag‘laridan maqsadli sarflanishi ustidan monitoring va nazorat tadbirlarini amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali tashkil etish hamda xizmat vazifalarini bajarishda qat’iy talablarga rioya etish, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan seminar-treninglar o‘tkazildi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshirilishi hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishiniko‘chirish masalalari ham tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirilishi belgilanganligi turli xil korrupsion holatlarni oldini olishda yangi va shaffof tizimni shakllantirish orqali ushbu jarayonlar rejallashtirildi.Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish «komplayens nazorat» tizimini joriy etish qator samarali omillarga asos bo‘ladi. Jumladan, mazkur tizim korrupsiya havf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmat qiladi. Shuni aytish joizki, Yurtimiz ravnaqi, yo‘lida kelajagimiz egalarini yetuk, bilimli va salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishlarida ota-onalar befarq bo‘lmasligimiz, ularni ilm olish va halollik bilan o‘z kelajagini qurishga, kitobni sevishga o‘rgatishimiz, shu bilan birga yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat va ijtimoiypsixologik immunitetni shakllantirish, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishimiz bugungi kunning pirovard vazifalaridandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil qilish to‘g‘risidagi farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

4. Kuchkarov, Z. K. Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarbligi nomli maqolasi.

5. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

6. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.

– №. 5. – С. 186-190.\

7. Norbutaevna, N. D., & Kizi, M. R. S. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM

FOR FORMING SPIRITUAL COMPETENCE OF STUDENTS IN MODERN

CONDITIONS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 754- 760.

8. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING

SPIRITUAL MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION

ENVIRONMENT. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72.

9. Donayeva, N. N., & Normurodova, F. A. (2021). O’QUVCHILARDA

MANAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 214-216.

10. Donayeva, N. N. T. (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA

O’QUVCHI YOSHLARNING MA’NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI

YUKSALTIRISH. Студенческий вестник, (22-8), 65-66.

11. Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati

Masalalari. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI, 1(5), 186-190.

12. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) 1(6), 886-889

13. Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(8), 160- 167.

14. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.

15. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.

16. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.

17. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).

TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE

SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF

STUDENTS.

18. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-

ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E

Conference Zone (pp. 110-115).

19. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.

20. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.

21. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION

MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

22. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821.

23. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.

24. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.

25. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

26. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

27. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL

CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

28. Абдуразаков, Ф. (2022). O ‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.

29. ABDUNAYEVICH, F. тикланишдан-миллий юксалиш” деган дастурий ғоя ёшларни Она юртга са-доқат руҳида тарбиялаш, уларда ташаббускорлик, фидойилик, ахлоқий фази-латларни шакллантириш-ўта шарафли вазифа эканлигини таъкидлаган1.

30. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.

(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from

31. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.