ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Annotatsiya

Mazkur maqolada O`zbekiston respublikasining geografik o`rni, dunyo hamjamiyatida tutgan nufuzi, urbanizatsiyasi, shahar va qishloq aholisi tarkibi, shaxarlar soni haqida so’z boradi. Urbanizatsiya jarayonining bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

O`ZBEKISTONDA URBANIZATSIYA JARAYONLARI

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta’lim yo`nalishi talabasi Olimqulov Yashnar Maxmadamin o`g`li, Nominov Abdusalim Valijon o`g`li, Narziyev Furqat Fayzullo o`g`li, Xudoyqulova Sabohat Islom qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada O`zbekiston respublikasining geografik o`rni, dunyo hamjamiyatida tutgan nufuzi, urbanizatsiyasi, shahar va qishloq aholisi tarkibi, shaxarlar soni haqida so’z boradi. Urbanizatsiya jarayonining bugungi kundagi holati, takliflar, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan.

Kalit so`zlar: Urbanizatsiya, shahar, qishloq, aholi, O’zbekiston, viloyat, tumanlar, manzilgoh.

Abstract: This article talks about the geographical position of the Republic of Uzbekistan, its influence in the world community, urbanization, urban and rural population structure, and the number of cities. The current state of the urbanization process, proposals, aspects that should be paid attention to are highlighted.

Key words: Urbanization, city, village, population, Uzbekistan, region, districts, settlement.

Urbanizatsiya - aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy o‘zgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga ko‘maklashuvchi jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning ro‘lini oshirish, shuningdek, shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni hisoblanadi. Ushbu rasmlar viloyatlar kesimida urbanizatsiya holatini tasvirlaydi. Viloyatlarning qaysi qismida urbanizatsiyani rivojlantirish kerakligi, aholining zich joylashuvi tasvirlangan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmati bergan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi 2020-yil 1- iyul holatiga koʻra 34 191,7 ming kishini tashkil etib, birinchi yil 286,5 ming kishiga yoki 0,85% ga oʻsdi.

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda shahar aholisi – 17 487 ming kishi (50.6%), Qishloq aholisi – 17 071.4 ming kishi (49.4%) tashkil etadi. Urbanizatsiya uzoq va keng jarayon. Bu migratsiya jarayonlari, yer boshqaruvi samaradorligi, shahar rejalashtirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish va uy-joy qurilishi masalalarini oʻz ichiga olgan bir qator masalalar va harakatlar boʻlib, shahar aholisining oʻsishi bilan birga keladi

Respublika mustaqillikka erishganidan so‘ng, mamlakatimiz hududiy tuzilmasining o‘zagini tashkil qiluvchi shaharlar tizimini takomillashtirish, ulaming mavjud tabiiy, ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy salohiyatidan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Binobarin, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi shaharlar to‘ri va tizimi bilan chambarchas bogiangan. Shu bois, yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida respublika urbanistik tarkibidagi o‘zgarishlari va shu bilan birga, jahon urbanizatsiyasining mamlakatga xos jihatlari hamda ta’sirini tadqiq etish katta ahamiyatga ega. Ta’kidlash joizki, respublika hukumati tomonidan urbanistik tizimni takomillashtirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zR Prezidentining 2005-yil 14-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlari ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi.

Shuningdek, 2009-yilda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining qabul qilinishi bilan qishioq joylaming ishlab chiqarish va infratuzilmaviy salohiyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi. Qishloqlarda zamonaviy infratuzilma tizimini barpo etish, bu joylarga sanoatni olib kirish, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini yaxshilash, urbanizatsiyaning ichkaridan, o‘ziga xos «yashirincha» rivojlanishini anglatadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martda “O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, mamlakatimiz shaharlar geografiyasi 965 taga ko‘paydi. 2016-yil 5-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori shular jumlasidandir. Ma’lumki, har bir mamlakat hududiy mehnat taqsimotining rivojlanganligi, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati eng avvalo uning urbanistik va hududiy urbanistik tarkibida o‘z aksini topadi. “Hududiy urbanistik tarkib” tushunchasi fanga taniqli olim I.M.Maergoyz tamonidan kiritilgan bo‘lib, u turli mintaqalarda shaharlar to‘ri, xususan, katta shaharlar qay tarzda shakllangan va rivojlanganligi bilan bog‘liq. Respublika mintaqalari urbanistik tarkibi, o‘zining genetik xususiyati, funksional tiplari va katta-kichikligiga ko‘ra farqlanadi. Jumladan, mustaqillik arafasida mamlakatda jami 123 ta shahar va 104 ta shaharchalar mavjud edi (urbanizatsiya darajasi 40,8 foiz).

1992-yilga kelib, respublika geourbanistikasida o‘ziga xos vaziyat yuz berdi. Mazkur yilda turli mintaqalarda 17 ta shaharchalar vujudga keldi. Ular, Jizzaxda - Zarbdor va Zafarobod, Samarqandda - Mirbozor, Sirdaryoda - Do‘stlik, Toshkentda - Yangi Chinoz, Qashqadaryoda - Nuriston, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - Akshaloq va Qozonketken (AtaMirzayev O., Gentshke V., Murtazayeva R., Saliyev A., 2002). Shu yili sust urbanizatsiyalashgan Surxondaryoda shaharlar to‘ri birdaniga 5 ta (Angor, Do‘stlik, Sariq, Hurriyat va Elbayon)ga kengaydi va bu mintaqada zamonaviy transport va boshqa infratuzilmalaming rivojlanishi bilan izohlanadi. Aksincha, Xorazm viloyatidagi Gurlan, Xonqa, Shovot va Xazorasp kabi shaharlar, shaharchalar qatoriga tushib qoldi. 1994-yilga kelib Samarqand viloyatidagi Payariq, 1995-yilda esa Buxoro viloyatidagi Shofirkon tuman markazlari sifatida shahar maqomiga ega bo‘ldi (Mavlonov A., 2015).

Aytish joizki, 2000-yildan yangi urbanistik islohotlar davrigacha atigi 2 ta shaharcha vujudga keldi, xolos. 2004-yilda qadimiy Karmana Navoiy shahridan ajratilib, shaharcha sifatida ro‘yxatga olindi. Qo‘ng‘irot tumanida Elobod shaharchasi tashkil topganidan so‘ng, O‘zbekiston shaharlar geografiyasida o‘zgarish qayd etilmadi (2005 y.). Qoraqalpog‘istonning shaharlar to‘ri esa shu yilda ikkita shaharchaga kamaydi. Nukusning yo‘ldosh shaharchalari (Qizketkan va Pristanskiy) uning poytaxti tarkibiga birlashtirildi. 2000-yildan keyingi davrda respublika va uning mintaqalarida shaharlar to‘ri va tizimining shakllanishi, urbanizatsiya jarayoni o‘zgacha tus olmoqda. 2016-yil ma’lumotlariga binoan, O‘zbekiston Respublikasining 50,6 foiz aholisi shahar joylarida istiqomat qiladi. Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatkichi pasayib bormoqda. Urbanizatsiya darajasining o‘zgarishi hududlar iqtisodiyotining ixtisoslashuvi, shahar hosil qiluvchi tarmoqlaming rivojlanishi, yangi shahar manzilgohlarining paydo bo‘lishi, aholining tabiiy ko‘payishi, shuningdek, tashqi migratsiya kabi omillarga bog‘liq holda kechadi.

O‘zbekistonda jami shaharlardan viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar soni 25 ta, tumanlarga bo‘ysunuvchi shaharlar 93 ta bo‘lib, yagona poytaxt shahar respublikaga bo‘ysunadi. Eng ko‘p shaharlarga ega bo‘lgan viloyat Toshkent viloyati (16 ta shahar), eng kam shaharlar esa Xorazm viloyatida - 3 ta. 2009-yilda bo‘lgan tarkibiy o‘zgarishlardan so‘ng, jami shaharchalar soni 1079 taga teng boidi. Eng ko‘p shaharchaga ega bo‘lgan viloyatlar: Farg‘ona - 197 ta, Qashqadaryo - 123 ta va Namangan 120 ta. Sirdaryo va Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharchalar soni eng kam (2-jadval).

2-Jadval

O‘zR hududlari Shahar aholisi

soni, ming

kishi

Viloyatga

bo‘ysunuvchi

shaharlar

Tumanga

bo‘ysunuvchi

shaharlar

Shaharchalar

soni O`zbekiston Res 14305.9 25 93 1079 Qoraqalpog`iston 817.1 1 11 26

viloyatlar:

Andijon 1343.9 2 9 78

Buxoro 776.3 2 9 62

Jizzax 523.9 1 5 42

Navoiy 420.8 2 4 38

Namangan 1447.0 1 7 120

Samarqand 1150.3 2 9 88

Sirdaryo 294.7 3 2 21

Surxondaryo 762.3 1 7 114

Toshkent 1284.9 4 12 97

Farg‘ona 1789.6 4 5 197

Xorazm 526.7 1 2 58

Qashqadaryo 1125.9 1 11 123

Toshkent 2371.3 - - 1

O‘zR viloyatlarining shahar aholi manzilgohlari (01.01.2016 y. holatiga)

Hozirda respublikadagi eng urbanizatsiyalashgan mintaqa Namangan viloyati hisoblanadi. Shuningdek, Farg‘ona (57,0 %) va Andijon (52,4 %) viloyatlarida ham shahar aholisining salmog‘i respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha baland. Urbanizatsiya darajasi mamlakat ko‘rsatkichidan past mintaqalarga - Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlari mansub. Shu nuqtayi nazardan yondashganda, ayrim mintaqalaming yangi urbanistik salohiyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy) real vaziyatni o‘zida aks ettirmaydi. Respublikada yangi urbanistik islohotlardan so‘ng, 2009-yilda 1199 ta shahar manzilgohlari qayd etilgan. Ulaming 966 tasi yangi tashkil etilgan shaharchalarga mos keladi.

3-Jadval

Hududlar 2018 2019 2020 2021 2022

O‘zbekiston Respublikasi

Qoraqalpog‘iston Respublikas

26 26 26 26 26

Andijon 79 79 79 79 79

Buxoro 69 68 68 68 68

Jizzax 42 42 42 42 42

Qashqadaryo 117 117 117 117 117

Navoiy 47 48 46 46 46

Namangan 115 115 115 115 115

Samarqand 88 88 88 88 88

Surxondaryo 114 114 112 112 112

Sirdaryo 25 25 25 25 25

Toshkent 95 95 95 95 95

Farg‘ona 197 197 197 197 197

Xorazm 56 56 56 56 56

Toshkent sh. 1 1 1 1 1

Shaharchalar soni (yil boshiga)

Ta’kidlash joizki, ularning aksariyat qismining ishlab chiqarish salohiyati agrar xususiyatga ega ekanligi bilan ko‘zga tashlanadi. Agroshaharchalaming hududiy tarkibida Farg‘ona (196 ta), Qashqadaryo (119 ta), Surxondaryo (107 ta) va Namangan (109 ta) viloyatlari yuqori pog‘onalami egallaydi. Yangi tashkil etilgan qishloq shaharlarining 40 foizga yaqini Farg‘ona mintaqasida tarkib topgan.

O‘zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari mamlakat mintaqalari bo‘yicha notekis taqsimlangan. Demografik salohiyati yuqori, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo‘lgan iqtisodiy rayonlarda shaharlar to‘ri ham yaxshi rivojlangan. Shaharlar sonining eng ko‘p miqdori hamon Farg‘ona (423 ta) mintaqasiga tegishli bo‘lib, unda O‘zbekiston shahar manzilgohlarini 35,1 foizi joylashgan. Shuningdek, shaharlar soni bilan Janubiy, Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlari ham nisbatan yaxshi ta’minlangan.

2-Rasm

O`zbekistonning siyosiy xaritasi.

Ayni paytda iqtisodiyoti agrar-industrial yo‘nalishga ega bo‘lgan Quyi Amudaryo va Mirzacho‘l mintaqasida shaharlar to‘ri sust bo‘lib, respublika urbanistik tizimining mos ravishda 8,2 va 6,8 foizini tashkil etadi. Aytish joizki, shaharlar tizimining murakkablashuvi, ulaming ierarxiyasini (pog‘onasi) aniqlash, shaharlar o‘rtasidagi vazifalaming (funksiyalami) taqsimlanishiga ham olib keladi. Mamlakat urbanizatsiyasining o‘ziga xos jihati shaharlar zanjirida kichik shaharlar sonining ko‘pligi bilan izohlanadi. Respublika iqtisodiyotning asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda ulami qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashganligi sababli, shaharlaming 4/5 qismidan ko‘prog‘ini kichik shaharlar tashkil etadi. 2009- yilda yangi shaharchalaming vujudga kelishi bilan, mazkur toifadagi shaharlaming salmog‘i yana ortib ketdi.

2016-yilda 1091 ta kichik shahar va shaharchalar bo‘lib, ular jami shahar manzilgohlarining 90,1 foizigateng. O‘rta bosqichdagi shaharlar soni 20 tani tashkil etib, jami shahar manzilgohlarining 1,6 foiziga mos keladi. Respublikada yirik shaharlar soni 7 ta (Samarqand, Namangan, Andijon, Qarshi, Nukus, Buxoro, Farg‘ona), katta shaharlar 11 ta, “yarim o‘rta” shaharlar 75 tani tashkil etadi.

Hozirda yo‘l mustaqilligini ta’minlash borasida, Xalqaro logistika markazi (Angren MIZ), Jizzax maxsus industrial zonasi hamda Navoiy erkin industrial zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakatimiz shaharlar geografiyasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2001-yil Uchquduq-SultonuvaysNukus, 2007-yil Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on, 2016-yil Angren-Pop temir yo‘llarining foydalanishga topshirilishi mamlakat temir yo`l tizimini mustaqil yaxlit tuzilma sifatida shakllanishiga imkon berdi. Asosiysi, ushbu hududlarda joylashgan Navoiy, Uchquduq, Xalqobod, G‘uzor, Dehqonobod, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Miskin, Angren, Ohangaron, Yangiobod, Pop kabi shahar manzilgohlarining o‘sish qutb va markazlari sifatida transport geografik o‘rni yanada yaxshilandi. Shunday qilib, mustaqillikning dastlabki yillarida shaharlar rivojlanishi biroz sekinlashgan bo‘lsa-da, keyingi “urbanistik to‘lqin” tufayli ulami soni birdaniga besh martaga ortdi.

Bunday vaziyat, shaharchalar rivojlanishining imkoniyatlari hamda asosiy yo‘nalishlari, o‘sish qutb va markazlarini har tomonlama o‘rganishning zarurligini belgilab beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Mirziyoev SH.M.Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz-T:O’zbekiston 2017

2. Mirziyoev SH.M.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz-T:O’zbekiston 2017

3. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo’g’rofiyasi. -T.: “O’qituvchi”, 1994.

4. Soliev A. O’zbekiston geografiyasi.-T.:Universitet, 2014.

5. Soliev A va boshqalar Mintaqaviy iqtisodiyot. –T., 2003.

6. Soliev A., Nazarov M., Qurbonov Sh. O’zbekiston hududlari ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi . –T.: “Mumtoz so’z”, 2010.

6.”Standartlashtirish to'g'risida”gi qonuni

7.O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov,

A.M.Alimov.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.