ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

Favqulodda vaziyat tushunchasi va bunday vaziyatlarda profilaktika inspektorining faoliyati

Annotatsiya

Insoniyat sivilizatsiyasi davomida qadimdan inson o’z hayoti va xo‘jalik yuritish uchun maqul bo‘lgan tabiiy muhit holatini o‘zgartiruvchi noqulay va xavfli tabiat hodisalari va jarayonlari bilan doimo birga bo‘lib kelgan. Vaqt o'tishi bilan, sivilizatsiya rivojlanishi bilan insonning o'zi yarata boshlagan xavf-xatarlar paydo bo'la boshladi. Ushbu tabiat hodisalari turlarining soni va xilma-xilligi ishlab chiqarishning murakkabligi va insonning g'ayrioddiy tabiiy sharoitlarga ega bo'lgan hududlarga kirib borishi bilan ortib bormoqda. Ular noqulaylik tug'dirishi bilan birga, ko’plab yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

Favqulodda vaziyat tushunchasi va bunday vaziyatlarda profilaktika

inspektorining faoliyati

IIV akademiya, Tayyorlovchi 310-guruh kursanti

Tuygunov Sardor Umid o’gli

Insoniyat sivilizatsiyasi davomida qadimdan inson o’z hayoti va xo‘jalik yuritish uchun maqul bo‘lgan tabiiy muhit holatini o‘zgartiruvchi noqulay va xavfli tabiat hodisalari va jarayonlari bilan doimo birga bo‘lib kelgan. Vaqt o'tishi bilan, sivilizatsiya rivojlanishi bilan insonning o'zi yarata boshlagan xavf-xatarlar paydo bo'la boshladi. Ushbu tabiat hodisalari turlarining soni va xilma-xilligi ishlab chiqarishning murakkabligi va insonning g'ayrioddiy tabiiy sharoitlarga ega bo'lgan hududlarga kirib borishi bilan ortib bormoqda. Ular noqulaylik tug'dirishi bilan birga, ko’plab yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda.

Profilaktika inspektori o'z xizmat faoliyatini bir qator normativ hujjatlarga amal qilgan holda amalga oshiradi. Jumladan O'zbekiston Respublikası Konstitutsiyasi, "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qononi, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to'g'risida"gi qonuni, "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2833-sonli Qarori, Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoni va boshqa shu kabi ichki idoraviy hujjatlar orqali o'z faoliyatlarini amalga oshirishadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29-noyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini ta’minlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 27-son farmoni qabul qilinishi orqali profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatlariga kiruvchi aniq vazifalar belgilab berildi. Mazkur vazifalar 22 tani tashkil qilib profilaktika inspektorlarining o'z ma'muriy hududlarida huquq tartibot, aholi tinch totuvligi va farovonligini ta'minlashga qaratilgan vazifalardir.

Profilaktika inspektorlari vazifalari mazkur farmon orqali tizimlashtirildi. Bu orqali o'z faoliyatiga halaqit beruvchi boshqa vazifalardan xalos etildi. Lekin bu profilaktika inspektorlari zimmasidagi mahalla hududidagi huquq tartibot, aholi tinch hayotini ta'milashdek faoliyatiga to'sqinlik qila olmaydi

Farmonda ko'rsatilmagan vazifalardan biri bu favqulodda vaziyatlardagi profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlashga qaratilgan faoliyatidir.

O'zi favqulodda vaziyat nima? Uning qanday turlari bor" Favqulodda vaziyat odamlar qurbon bo'lishiga, ularning sog'lig'i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo'lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.

Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to'g'risida" 455-sonli qarorini qabul qildi. Unga ko'ra favqulodda vaziyatlar vujudga kelishiga ko'ra Texnogen, Tabiy va Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarga bo'linadi va ular ushbu vaziyatlarda zarar ko'rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko'lamlariga (hududlar chegaralariga) qarab Lokal, Mahalliy, Respublika va Transchegara turlariga bo'linadi.

Lokal favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq bo'lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq bo'lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo'lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo'lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi ishlab chiqarish obyekti yoki ijtimoiy maqsadli obyekt hududi tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat tegishli bo'ladi.

Mahalliy favqulodda vaziyatga 10 dan ortiq, biroq 500 dan ko'p bo'lmagan odam jabrlangan, yoxud 100 dan ortiq, biroq 500 dan ko'p bo'lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko'p bo'lmagan hamda favqulodda vaziyat zonasi aholi punkti, shahar, tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan favqulodda vaziyat bo’ladi.

Respublika favqulodda vaziyatiga 500 dan ortiq odam jabrlangan, yoxud 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortiq bo'lgan hamda favqulodda vaziyat zonasi viloyat tashqarisiga chiqadigan favqulodda vaziyatga tegishli bo'ladi.

Transchegara favqulodda vaziyatga oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud favqulodda vaziyat chet elda yuz bergan va O'zbekiston hududiga daxl qiladigan favqulodda vaziyat tegishli bo'ladi.

Profilaktika inspektorlari o'zlariga biriktirilgan ma'muriy hududda favqulodda holatlarda eng avvalo fuqarolarning tinchligi jamoat xavsizligini ta'minlashga asosiy e'tiborini qaratishi lozim sanaladi. Ya'ni, har bir profilaktika inspektori o'zlariga biriktirilgan ma'muriy hududda favqulodda holatlarda himoyalanishning dastlabki asosi uning kelib chiqish sababi, sharoiti va mexanizmini bilishdan iboratdir. Favqulodda holatlar vaqtida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda, ularning oqibatlari haqida fuqarolarga tushunchalar berib ogohlikka chaqirishi lozim. Bu borada favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishi darkor. Favqulodda holatlar sodir bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni, ya'ni, ularni qanday kechishini va oqibatlarini o'z vaqtida va aniq oldindan aniqlash, ulardan himoyalanishning eng muhim asosi hisoblanadi. Favqulodda holatlar asosan quyidagi vaziyatlarda ro'y berishi mumkin:

- gravitatsiya ta'sirida, yer aylanishi yoki harorat farqi ta'sirida tez yuzaga keluvchi tabiiy jarayonlar;

- moddiy boyliklarni va konstruksiyalarning zanglashi, fizik va ximiyaviy xususiyatlarini o'zgarishi va bino hamda inshootlarning yemirilishiga olib keluvchi tashqi tabiiy omillar, - inshootlarning loyihalash va qurish vaqtidagi kamchilik hamda nuqsonlari (qidiruv va loyihalashdagi kamchiliklar), qurilish materiallari va konstruksiyalar sifatining pastligi, ularni bajarish sifatining pastligi, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi va boshqalar);

- bino va inshootlarning konstruksiyalariga va materiallariga sanoat ishlab chiqarishi texnologik jarayonlarining ta'siri (ruxsat etilgan miqdordan ortiq kuchlanish, yuqori harorat, titrash; oksidlovchi bug'-gaz va suyuq agressiv muhit, mineral yog', emulsiya va dispersiyalar);

- bino va inshootlardan foydalanish qoidasini buzilishi va natijada bug' qozonlarini, ximiyaviy moddalarni, shaxtalardagi ko'mir changlari va metan, yog'ochga ishlov beruvchi korxonalardagi yog'och changlari, don elevatorlaridagi don changlari va boshqa shu kabilarni portlashi;

- har xil ko'rinishdagi harbiy harakatlar.

Profilaktika inspektorlari o'zlariga biriktirilgan ma'muriy hududda aholini favqulodda holatlar vaqtida himoya qilish ularning salbiy oqibatlarga olib kelish xavfini oldini olish yoki ta'sir darajasini maksimal kamaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirishi va bu borada favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan chuqur hamkorlik qilishi kerak.

Aholini favqulodda holatlardan himoyalash samarasiga favqulodda holatlarda xavfsizligini taminlash prinsiplarini to'liq hisobga olish va uning barcha vositalari hamda usullaridan unumli foydalanilgandagina profilaktika inpektorlari bu borada samarali natijalarga erishiladi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.