ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

AL-HAKIM AT-TERMIZIY QARASHLARIDAN OLIY TA`LIMDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Annotatsiya

Mazkur maqolada Al Hakim at-Termiziyning ilmiy faoliyati, ma`naviy merosi va ularning Oliy ta`limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek AL-Hakim At-Termiziy hayotidagi ilmga bo`lgan e`tiborini hozirgi yoshlarda shaklantirish masalalari ko`rib chiqiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Erdanova Zamira - Denov tadbirkorlik va pedagogika

instituti 2 - kurs magstranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Al Hakim at-Termiziyning ilmiy faoliyati, ma`naviy merosi va ularning Oliy ta`limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek ALHakim At-Termiziy hayotidagi ilmga bo`lgan e`tiborini hozirgi yoshlarda shaklantirish masalalari ko`rib chiqiladi.

Kalit so`zlar: ta`lim, fikh, manaviyat, sharq olimlari.

Kirish. Sharq madaniyatining namoyandalari yosh avlod tarbiyasiga alohida e`tibor berganlar. Ular komil inson xususida, uning axloqi to`g`risida dunyoga mashxur bo`lgan durdona asarlar yozib qoldirdilar. Ayniqsa, bola dunyoqarashining shakllanishida maktab va muallimning roli haqida o`z fikrlarini bildirishgan. O`rta asr namoyondalaridan Xusayn Voiz Koshifiy bolani bitta muallim emas, balki yoshiga qarab bir necha muallim tarbiyalashi lozim, deb hisoblaydi. Birinchi muallim unga yurish-turish odobi, hayo, rostgo`ylik, kamtarlik sofdillikni o`rgatishi lozim. Ikkinchisi bolani ilm-fanga, uchinchisi mardlik, jasurlik, chavandozlikka o`rgatishi lozim. Yana bir o`rta asr olimi mutafakirlaridan Al-Hakim at-Termiziy o`zining dunyoqarashi va komilikka erishish nazariyalari bilan ajralib turadi.

Al-Hakim at-Termiziy (820-932 yy) “Hakim ul-avliyo” (Valiylar hakimi), “Qudvat ul-avliyo” (Avliyolar mayog`i), “Mashoyihi kibor” (Ulug` shayx), “Olimi usuli ad-din” (Din usuli olimi), “ash-Shayx” (Alloh ilmi bilimdoni), “al-Alloma Sayyid” (Payg`ambar avlodlari), “Muhaddis” (Hadisshunos), “az-Zohid” (Din targ`ibotchisi), “al-Hofiz” (Qur`onxon), “al-Imom” (Hazrati Ali avlodlari), “al-Orif” (Xudoni tanuvchi), “Al-valiy” (Avliyo, Allohning do`sti), “Al-Muazzin” (Azon aytuvchi), “Xoja” (Choryorlar avlodi), “Mufassir” (tafsirchi), “al-Hakim” (Ilmning ichki sirlarini biluvchi), “al-Olim”, “Tabib” kabi unvonlarga ega bo`lgan mutafakkirdir.

Hakim Termiziyning hayot yo`li Abbosiylar xalifaligi va Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan bog`liq bo`lgan davr, ya`ni IX asrning birinchi yarmi X asr boshlariga to`g`ri keladi. Al-Hakim at-Termiziy yashagan davrda ruhiy, g`oyaviy kurash juda murakkab edi. U turli diniy firqalar, guruh va oqimlarning o`z soxta da`volari bilan xalqni to`g`ri yo`ldan og`dirishga qilayotgan harakatlari avjiga chiqqan bir davrda yashab, o`zining mustaqil va ilmiy asoslangan fikrlari bilan ularga munosib raddiyalar berib, odamlarni zalolatga kirib qolishlardan saqlab qolgan. Al-Hakim atTermiziy tavallud topgan Termiz shahri IX-X asrlarda Amudaryo sohilining yuqori qismida joylashgan, aholisi gavjum1, savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatlar rivojlangan shahar bo`lgan. Termizda o`sha davrda din ahlining jamiyatdagi mavqei va ta`siri juda sezilarli bo`lgan, VIII asrdayoq tasavvuf markazi bo`lgan Balx shahri bilan aloqalari juda yaqin edi.

Hakim at-Termiziy ilm-ma`rifat yuksak qadrlanadigan, ziyoli bir xonadonda 820 (hijriy 205) yilda Termiz shahrida dunyoga kelgan, mana shu ilmiy-ma`naviy muhitda o`sib ulg`aygan. Oxir oqibatda mazkur omillar ta`sirida uning ma`naviy dunyosi va ilmiy tafakkuri shakllanib, kamolga yetgan. Ayni vaqtda shuni alohida ta`kidlash kerakki, al-Hakim at-Termiziyning ilmiy kamolotida uning otasi Ali ibn al-Hasanning xizmatlari benihoya katta. Chunonchi, u o`z farzandi uchun nafaqat mehribon va g`amxo`r ota, balki unga nisbatan talabchan murabbiy va ma`rifatli ustoz maqomida ham bo`lgan. Bu xususda al-Hakim at-Termiziy o`z kitoblaridan birida shunday hikoya qiladi:

- Olloh taolo meni ustozim - volidimdan judo qilganda men sakkiz yoshda edim. Uning sa`y-harakatlari bois men ilm olishga shunday berilib ketgandimki, kitob mutolaa qilish men uchun asosiy mashg`ulot bo`lib qolgan edi. Vaholanki, mening tengqurlarim o`yin-kulgi va vaqti xushlik bilan band bo`lardilar. Volidimning ijtihodlari tufaylik men shu yoshimda “Ilm al-osor” (Qadimiy rivoyatlar (hadislar) haqidagi ilm)va “Ilm ar-ray” (“E`tiqod haqidagi ilm”) bilimlarini to`liq egallab olgan edim2...

Otasi vafotidan keyin al-Hakim at-Termiziy o`z shahridagi yetuk olimlardan asosan tafsir, hadis va fiqh ilmlaridan saboq oladi. Uning termizlik muhaddislar Abu Muhammad Solih ibn Muhammad ibn Nasr at-Termiziy, Solih ibn Abdulloh atTermiziydan hadis ilmini o`rganganligi haqida manba`larda aniq ma`lumotlar keltirilgan3. Al-Hakim at-Termiziy ko`plab olim ulomalardan bilim olgan va muallim va shogird-o`quvchi o`rtasidagi munosabatning nimaga asoslanishi va qanday 1 Shamsaddin Abu Abdullah Mohammad ibn Ahmad al-Moqaddasi. Descriptio Imperii moslemici. / Ed. M. J. de Goeje. Bibliotheca geographorum arabicorum. Pars 3. - Lugduni Batavorum, 1967. – P.291. 6 Тримингэм Дж.С. Суфийские ордены в Исламе. – Москва: Наука, 1989. – С.23. 2 Hokim, at-Termiziy, Abu Abulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan. Xatm alavliya/H.Tirmiziy. – Bayrut, b.g., 446 b. 3 Ash-Shayx Komil Muhammad Muhammad Avayda. Al-Hakim at-Termiziy, 5-6-betlar. bo`lishligi haqida xam fikr yuritadi va yetuk inson tarbiyalab yetishtirishning eng natijali yo`lini qidiradi.

Hozirda oliy ta`limda sharq an`anlari asosida zamonoviy texnologiyalar bilan talaba-yoshlarga bilim berish ularning tafakkurini, ilmiy salohiyatini rivoji uchun ilmiy amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan davlatimiz rahbarini tashabbusi bilan sharq mutafikkirlarini ijodi o`rganish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilyotgan bo`lb, bundan “sharq mutafakkirlarining merosi” degan fan va darslik joriy etilgani tahsinga loyiqdir. Yuqorida ta`qidlaganimiz kabi al-Hakim at-Termizining yoshligidan ilm-u tarbiyani oiladan olganligi ilmlari mustahkamlash uchun olimlardan ilm olganligini va mustaqil izlanganligini ko`rib al-Hakim at-Termiziy hayotida bo`lgan imga chanqoqligi singari hozirgi yoshlarda butun dunyo mutaffiakirlarini ijodi o`rganib yangi natijalarga erishish maqsadga muvafiq bo`ladi.

Xulosa qilib aytganda, sharq mutafakkirlarining o`qituvchi-o`quvchi munosabatlariga bergan ta`limotlari maktabda oliy ta`limda yaxshi ma`naviypsixologik iqlimni yaratishda, yoshlarimizni har tomonlama barkamol inson bo`lib yetishishida bebaho manba bo`la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Холмуротова, Ш. М. (2022). АЁЛЛАР ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОРИНИНГ

ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ ДИАГНОСТИКАСИ. Science and innovation, 1(B3), 129-133.

2. Холмуротова, Ш. М. (2022). АЁЛЛАРДА ДЕВИАНТ ХУЛҚ-АТВОР

ХУСУСИЯТЛАРИ ПСИХОПРОФИЛАКТИКАСИДА ДИНИЙ БИЛИМЛАРНИ

ҚЎЛЛАШ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 286-294.

3. Холмуротова, Ш. М. (2021). ЗНАЧЕНИЕ РЕЛИГИОЗНЫХ

ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ ЗНАНИЙ ЛИЧНОСТИ В ДУХОВНОМ И

ПСИХОЛОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. European science, (3 (59)), 60-63.

4. Холмуротова, Ш. М., & Алмардонова, Г. Т. Қ. (2022). ҚИЗЛАРНИ

МУСТАҚИЛ ОИЛАВИЙ ҲАЁТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ШАКЛ, МЕТОД ВА

ВОСИТАЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies

(CARJIS), 2(11), 375-383.

5. Xolmurotova, S., & Adilova, S. (2022). ERIK BERNNING TRANZAKSION TAHLILIDAN TUZILMAVIY TAXLIL. Science and innovation, 1(B8), 391-393.

6. Холмуротова, Ш. М. (2023). МУҚАДДАС МАНБАЛАРДА АЁЛ

ЎРНИНИНГ ПСИХОЛИГИК ШАРҲИ. TA`LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI

ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(3), 85-88.

7. Xolmurotova, S., & Adilova , S. (2023). SHAXS IJTIMOIYLASHUVIDA

RATSIONAL-EMOTIV PSIXOTERAPIYANING SAMARADORLIGI.

Interpretation and Researches, 2(3). извлечено от

8. Orifjonovna, A. D. (2022). Psychological Factors of the Use of Coaching Technology in the Formation of Spiritual Emotional Intelligence in Students.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(3),

215-218.

9. Aminova, D. O. (2021). THE EFFECT OF SOCIAL PROCESSES ON

HUMAN CONSCIOUSNESS. Экономика и социум, (1-1 (80)), 30-32.

10. To`raxonova, M. (2023). BO `LAJAK O `QITUVCHILARNING KASBIY

O `ZLIGINI ANGLASHINING PSIXOLOGIK OMILLARI. Журнал Педагогики и

психологии в современном образовании, 3(3), 54-59.

11. Kizi, M. T. A. (2022). Solutions to the problem in the development of intellectual property of modern educational technologies.

12. Бозорова, М., & Турахонова, М. (2021). РОЛЬ ЭТНОПЕДАГОГИКИ В

ПРОЦЕССЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ СИСТЕМЫ

ОБРАЗОВАНИЯ. Энигма, (32), 82-86.

13. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O

`TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306-310.

14. Qobilbek Shokirovich Xushboqov (2022). O`ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (5), 385-391.

15. Djoraevich, E. B., Shokirovich, K. K., Shodievna, K. K., & Gayratovna, Y. G. A Commentary on a Poem. International Journal on Integrated Education, 4(3), 122- 125.

16. Xushboqov, Q. (2022). BIR YOZUVDAN IKKINCHI YOZUVGA O

`TISHDAN TARXIY SABOQ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(5), 306-310.

17. Xushboqov, Q. S. (2022). O `ZBEK KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI

BORASIDAGI TURLI QARASHLAR. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(5), 385-391.

18. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.

(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA`NAVIY TARBIYA HAQIDAGI

TA`LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665

19. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA`NAVIY-AXLOQIY

QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from

20. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023). 1-

4-SINF O`QUVCHILARIDA MA`NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI

SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667

21. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

22. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

23. Jumaevich, K. K., & Abdullajonovna, A. G. (2021). Technology of Cooperation in the Formation of Spiritual and Moral Education of Young People in Society and Its Qualimetry. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7062- 7068.

24. Jumaevich, K. K., & Mengliboevna, B. D. (2021). FORMATION OF

EDUCATIONAL CONCEPTS RELATED TO ENTREPRENEURSHIP AND

SAVING IN THE LABOR PROCESS OF PRIMARY SCHOOL

STUDENTS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 152-

156.

25. Jumaevich, K. K., Ergashovich, P. A., & Ismailovich, A. A. (2021). Development of Young Generation In The Spirit of National Ideas in The Process of Spiritual and Moral Education. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2173-2188.

26. Jumaevich, K. K., & Mengliboevna, B. D. (2021). Family Cooperation Technology in the Formation of the Concepts of Entrepreneurship and Savings in Primary School Students. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 7069- 7076.

27. Д. М. Бобоқулова (2021). БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИДА

ТЕЖАМКОРЛИК ВА ИҚТИСОДИЙ ТАРБИЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ

ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 204-207.

28. Jumaevich, K. K., & Mengliboevna, B. D. (2021). Problems of entrepreneurship, economy and economic education in the pedagogical heritage of eastern Thinkers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(8), 565-572.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.