ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA YOUTUBE VIDEOHOSTING PLATFORMASI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Youtube Videohosting platformasi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 8-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan “SMM - ijtimoiy media marketing” bobini o‘qitishda Youtube Videohosting platformasi imkoniyatlaridan foydalanish metodikasi yoritiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Musayeva Jamilaxon Abdujabbor Qizi

Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti, talaba

Qo‘qon, O‘zbekiston

Ilmiy rahbar: Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institute Fizika-matematika fakulteti “Informatika” kafedrasi dotsenti v.b., pedagogika

fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.M.Jo‘rayev

Annotatsiya: Ushbu maqolada Youtube Videohosting platformasi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 8-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanidan “SMM - ijtimoiy media marketing” bobini o‘qitishda Youtube Videohosting platformasi imkoniyatlaridan foydalanish metodikasi yoritiladi.

Kalit so‘zlar: zamonaviy raqamli texnologiyalar, ta’limning mazmuni va uning sifati, ta’limni axborotlashtirish, internet, Informatika va axborot texnologiyalari, YouTube, video fayllar, o‘quv jarayonida foydalanish, ko‘rgazmalilik.

Аннотация: В данной статье будет представлена информация о возможностях платформы видеохостинга YouTube и освещена методика использования возможностей платформы видеохостинга YouTube при преподавании главы “SMM-маркетинг в социальных сетях” по информатике и информационным технологиям 8 класса в общеобразовательных школах.

Ключевые слова: современные цифровые технологии, содержание образования и его качество, информатизация образования, интернет, Информатика и информационные технологии, YouTube, видеофайлы, использование в учебном процессе, наглядность.

Annotation: this article provides information about the possibilities of the Youtube Videohosting platform, and covers the methodology for using the capabilities of the Youtube Videohosting platform when teaching the chapter “SMM-social media marketing” on 8th grade Informatics and Information Technology in general secondary education schools.

Keywords: modern digital technologies, the content of education and its quality, informatization of Education, internet, Informatics and Information Technology, YouTube, video files, use in the educational process, exhibitionism.

Zamonaviy raqamli texnologiyalarning taraqqiyot darajasi birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, ya’ni ta’lim tizimining rivojlanishiga chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi kunda ta’limning mazmuni va uning sifati masalalari ta’lim tizimida ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ham ta’limni axborotlashtirishga, ya’ni ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu mamlakatlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’limning sifatini oshirishda keng qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Darhaqiqat, axborot texnologiyalari va internetdan ta’limda foydalanish ta’lim sifatini yanada yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarishga zamin yaratadi.

Jahon ta’lim tizimida fan va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi [1].

Bu borada Respublikamizda bir qator meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan, xususan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF5712-son Farmoni asosida qabul qilingan “О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” asosida ham qator reja va loyihalar ishlab chiqildi.

Xususan, umumiy о‘rta ta’lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini yaratish va bunday darsliklarni jahon standartlariga moslashtirish konsepsiyalari ishlab chiqildi. Konsepsiya asosida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini о‘qitishning quyidagi yangi asosiy vazifalari belgilab berildi: – “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini о‘qitishning zamonaviy shakl, metod va texnologiyalarini qо‘llash; – о‘quvchilar masofadan turib yangi bilimlarni egallashi, doimiy ravishda о‘z ustida ishlashi uchun tizim yaratish va uni yo‘lga qo‘yich; – ta’lim jarayonida tayanch bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni doimiy nazorat qilib turish, o‘quvchilar qobiliyatiga qarab kasbiy yо‘naltirish ishlarini olib borish.

Bugungi ta’lim tizimi eski mazmundagi о‘quv dasturlaridan voz kechib, innovatsion raqamli iqtisodiyot va axborotli jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradigan о‘qitish tizimiga о‘tmoqda. Shunga mos ravishda, ta’lim berishga yondashuvlar ham о‘zgarib, internet va axborot texnologiyalari imkoniyatlari tufayli о‘qituvchilar oddiy bilim beruvchidan, asosiy tashkilotchiga aylanmoqdalar [2].

Shulardan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirish maqsadida so‘nggi yillarda ta’limning barcha tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bunda ayniqsa internet texnologiyalarining ta‘lim jarayonida qo‘llanilishi yanada samaraliroq natijalar beradi. Shulardan YouTube haqida to‘xtalib o‘tamiz.

YouTube katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan professional videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin. YouTube sayti Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan amalga oshirilgan loyiha bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan[3].

YouTube, foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin.

YouTubedagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin. YouTube saytidan foydalanish uchun

YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

YouTube domeni 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir-birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin. YouTube butunlay Python dasturlash tilida yozilgan. Bu loyiha a'zolari Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim lar hisoblanishadi. YouTube saytini yaratishdan oldin bu insonlar Paypal da ish yuritishgan.

Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo‘ldi. Ro‘yhatdan o‘tgan YouTube foydalanuvchilarining 70 %i AQSh fuqarolaridir. Amerikaliklar saytga eng ko‘p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so‘ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko‘p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o‘rinda Yaponiya davlati turadi. 2006 yilda Google kompaniyasi YouTube ni sotib olgan. Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan.

Quyida biz “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan “SMM - ijtimoiy media marketing” bobini o‘qitishda, nazariy bilimlarni berishda ko‘rgazmalilik tamoyillarini amalga oshirish uchun Youtube Videohosting platformasi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha namuna keltirdik.

Informatika va AT o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotga joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy muammolarning innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish imkonini beradi [1].

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika va AT fani bo‘yicha o‘quv dasturida ko‘rsatilgani bo‘yicha 8-sinflarda jami haftasiga 1 soatdan jami 34 soat mashg‘ulotlar o‘tilishi rejalashtirilgan. Shundan I bob – “SMM - ijtimoiy media marketing” bobi uchun 5 soat rejalashtirilgan:

I bob. SMM – IJTIMOIY MEDIA MARKETING

SMM (Social Media Marketing – ijtimoiy media marketing) haqida. SMM imkoniyatlari: afzalliklari, kamchiliklari. Brend tushunchasi. SMMning asosiy vazifalari. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. Facebook tarmogʻi. Facebook tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Facebook tarmogʻi boʻlimlari bilan ishlash. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. YouTube sayti. YouTube saytida roʻyxatdan oʻtish va foydalanish. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. Telegram tarmogʻi. Telegram tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Telegram tarmogʻini sozlash. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. Instagram tarmogʻi. Instagram tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Instagram tarmogʻidan foydalanish. Instagram sahifalarini koʻrib chiqish va xabarlar bilan tanishish. Amaliy mashgʻulot [1].

Quyida ushbu mavzularni yoritishda ko‘rgazmalilik hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini qo‘llash maqsadida mashg‘ulotlarda YouTube saytidan foydalanish ketma-ketligini ko‘rib chiqaylik.

Bobning har bir mavzulari uchun oldindan videoroliklarimizni tayyorlab olamiz.

YouTubeda kanal ochib ularni quyidagi tartibda joylashtiramiz:

1. YouTube saytining o‘ng yuqori qismida joylashgan avatarni bosib, Your Channel, so‘ng ochilgan oynada Customize channel tanlanadi (1).

2. Аvatar ustida qatlamchani tanlab, Edit channel icon oynasida Edit tugmaсhasini bosgan holda Google+ ga o‘tib, kanalga mos rasm (shaxsiy foto, kompaniya yoki brend logotipi) o‘rnatiladi (2).

3. Add channel art yordamida kanal yuqori qismi uchun o‘zingiz yaratgan yoki YouTube galereyasidan olingan tasvirni o‘rnatish mumkin. Tasvir o‘lchami 2048 × 1152 pikselda bo‘lishi tavsiya etiladi (3).

4. Sozlash tugmachasi yordamida “Overview” sahifasi yoqib qo‘yiladi. Aynan shu sahifa yordamida: asosiy, video, pleylist, kanallar hamda kanal haqidagi menyulari ochiladi (4).

5. About bo‘limi orqali kanal haqida qisqacha ma’lumot, turli so‘rovlar uchun elektron pochta manzili, ijtimoiy tarmoqlar va sayt manzili kiritiladi (5).

Kanalga “SMM - ijtimoiy media marketing” bobi uchun tayyorlangan videolarni joylashtirish uchun Videokamera ikonkasini (6) bosib, Upload video (7) ko‘rsatmasi tanlanadi.

2 3

5 4

Mashg‘ulotlarda ko‘rgazmali videoroliklarni yuklab olib nazariy materiallarni yoritishda foydalanish mumkin. Bunday zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar ta‘lim oluvchilar bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgandir.

Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi.

Umumiy holda xulosa chiqarish mumkinki, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li - bu mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish va o‘quv jarayonida foydalanishdir.

ADABIYOTLAR

1. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi. Informatika va AT. 2021 yil.

2. Informatika va axborot texnologiyalari. 8-sinf: O‘qituvchilar uchun o‘quvmetodik qo‘llanma. M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov. – Тoshkent: Тasvir, 2020. – 112 b.

3. M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov. “Informatika va axborot texnologiyalari”: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik: - Тoshkent: “Тasvir”, 2020. - 112 b.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.