ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

GULXAYRI O`SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI

Annotatsiya

Gulxayri - Althaea armeniaca Ten. (Алтей армянский) O‘simlik tavsifi: Malvaceae oilasiga mansub ko`p yillik o`t. Poyasi tik o`suvchi, oddiy yoki kam shoxlangan, mayin yulduzsimon tukli, balandligi 70-150 sm. Gulxayri ildizi ezofagit, gastrit, oshqozon yarasi va o`n ikki barmoqli ichak yarasi, enterokolit, oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari va dizenteriya bilan birga yordamchi vosita sifatida ishlatiladi. O`tkir oshqozon-ichak kasalliklarida, ayniqsa, diareya bilan kechadigan kasalliklarda, ko`p miqdorda kraxmal saqlovchi shilimshiqli gulxayri damlamasi nafaqat davolovchi, balki oziqa vositasi sifatida ham qo`llaniladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

GULXAYRI O`SIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI

Narzullayeva Mexrangiz Azizxonovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti o’qituvchisi

Annotatsiya

Gulxayri - Althaea armeniaca Ten. (Алтей армянский) O‘simlik tavsifi: Malvaceae oilasiga mansub ko`p yillik o`t. Poyasi tik o`suvchi, oddiy yoki kam shoxlangan, mayin yulduzsimon tukli, balandligi 70-150 sm. Gulxayri ildizi ezofagit, gastrit, oshqozon yarasi va o`n ikki barmoqli ichak yarasi, enterokolit, oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari va dizenteriya bilan birga yordamchi vosita sifatida ishlatiladi. O`tkir oshqozon-ichak kasalliklarida, ayniqsa, diareya bilan kechadigan kasalliklarda, ko`p miqdorda kraxmal saqlovchi shilimshiqli gulxayri damlamasi nafaqat davolovchi, balki oziqa vositasi sifatida ham qo`llaniladi.

Kalit so’zlar: gulxayri ildizi, damlama, bronxit, pnevmoniya

Abstract

Foxglove Althaea armeniaca Ten. (Altey Armenian) Description of the plant: a perennial herb belonging to the Malvaceae family. The stem is erect, simple or sparsely branched, soft star hair, height 70-150 cm. Foxglove root is used as an adjuvant for esophagitis, gastritis, gastric ulcer and duodenal ulcer, enterocolitis, food toxicoinfections and dysentery. In acute gastro-intestinal diseases, especially in diseases accompanied by diarrhea, the mucilaginous tincture containing a large amount of starch is used not only as a medicine, but also as a food.

Key words: cauliflower root, tincture, bronchitis, pneumonia

Barglari tuxumsimon, pastki qismi odatda uchburchakyuraksimon shakliga ega, chetki qismi tartibsiz qo`ng`urali-tishsimon, ba’zida bir oz 3-5 bo`lakli, zich mayin tukli, kul rang-yashil, bandli, yuqori barglari qisqa bandli. Gullar barglar qo`ltig`ida tutam bo`lib joylashgan, juda qisqa gulbandli, zich mayin tukli. Ostki Urug`lari orqa tomonda silliq yoki juda oz burishgan, yulduzsimon-mayin tukli, chetki qismida tomtoq, soni 15-18. Iyun-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabr oylarida mevalaydi.[2,4]

Farmakologik xususiyatlari:

Gulxayri yallig`lanishga qarshi, o`rab oluvchi, balg`am ko`chiruvchi, yo`talga qarshi ta‟sirga ega. Gulxayrining shifobaxsh xususiyatlari polisaxaridlarning ko`pligi bilan bog`liq, ularni suvli damlamada shishishi kuzatiladi, hajmi oshishi va shilliq pardalar va terini ingichka qatlam bilan qoplashi mumkin. Bu qatlam shilliq pardalarni zararli omillardan (sovuq yoki quruq havo; oziq-ovqat tarkibiy qismining bezovta qiluvchi ta‟siri, qurishi) himoya qiladi. Bundan tashqari, shilliq-polisaxarid kompleksi zararlangan epiteliy hujayralari tomonidan chiqariladigan mikrob, virusli va toksik mahsulotlarni adsorbsiya qiladi, aktivligini yo`qotadi, toksinlarning shilliq qavat bilan o`zaro bog`lanishini oldini oladi. [1,5,6]

Bunday shilliq qavat ostida yallig`lanish jarayonining faolligi pasayadi, zich hujayralar va qobiqlar yumshatiladi, eroziya va yaralar tezroq bitadi. Gulxayri preparatlari mukolitik xususiyatlarga ega. Dorivor mahsulotlari: Gulxayri ildizi bu shilimshiqsimon sovuq suvda damlama shaklida, quruq ekstrakt, sirop, yo`talga qarshi to`plam sifatida ishlatiladi. Dorivor gulxayri o`simligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar aralashmasidan «Mukaltin» nomli dorivor preparat olinadi. Tibbiyotda qo‘llanilishi: Arman gulxayri ildizi tashqi ko`rinishida dorivor gulxayri ildiziga o`xshaydi, ammo siniq joylarda ko`proq tolali bo`lishi bilan ajralib turadi. Ushbu turning ildizlari dorivor gulxayri ildizidan ajratilgan biologik faol moddalarni saqlaydi. [4,7]

Gulayri nafas olish va ovqat hazm qilish organlarining kasalliklarida yallig`lanishga qarshi va o`rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi. Gulxayri suvli damlamasi ichga qabul qilinadi, nafas olish yo`llari va tomoq yallig`lanish kasalliklarida balg`amni ko`chirishda, tonzillit, traxeit, stomatit, gingivit, glossit kasalliklarida damlama bilan tomoq chayiladi. Gulxayri preparatlari yo`talni kamaytiradi, o`tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, bronxoektatit, tuberkulyoz, rentgenologik amaliyotida oshqozon-ichak trakti shilliq qavatining relefini yaxshiroq aniqlash uchun gulxayri ildizining ekstraktiga bariy kukuniga qo`shiladi. Metabolizmni normallashtirish uchun gulxayri damlamasi ekzema, psoriaz, neyrodermatit, dermatit uchun buyuriladi. Tashqi tomondan, gulxayri ildizi damlamasi dokaga shimdirilib, yumshatuvchi sifatida ishlatiladi. [9,16]

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Атлас ареалов и ресурсов лекарственных растений. – М.: ГУГК, 1983. – 340 с. Биологические особенности и распространение перспективных лекарственных растений //Под редакцией Т.А.Адылова. – Ташкент: Фан, 1981. – 158 с.

2. Гаммерман А.Ф., Кадаев Г.Н., Янценко-Хмелевич А.А. Лекарственные растения (растения-целители). – М.: Высшая школа, 1984. – 400 с.

3. Растительные лекарственные средства Абу Али ибн Сино (Авицены). Справочник // Под редакцией Ш.Б.Иргашева. – Ташкент: Абу Али ибн Сино, 2003. – 457 с.

4. Azizkhonovna N. M., Madullaevich I. O. Uses of sea buckthorn and its beneficial properties in medicine //Eurasian Medical Research Periodical. – 2023. – Т. 19. – С. 57-59.

5. Нарзуллаева М. и др. ЛЕКАРСТВЕННОЕ РАСТЕНИЕ ОБЛЕПИХА

И ЕГО ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА В МЕДИЦИНЕ //Инновационные исследования в современном мире: теория и практика. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 68-70.

6. Sobirjonovna B. N. et al. CHAKANDA O’SIMLIGIGA ZAMONAVIY

QARASHLAR //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND

EDUCATIONAL RESEARCH. – 2023. – Т. 6. – №. 2. – С. 209-211.

7. Nabieva F. S., Narzullayeva M. A., Bo’Riyev M. G. YUQUMLI

KASALLIKLARNI TASHXISLASHDA IMMUNOFERMENT TAHLILINING

AHAMIYATI //Research Focus. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 161-164.

8. The relevance of the meaning of plantain in folk medicine AS Sadriddinovna, AM Gulyamovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 49-50

9. MEDICINAL PROPERTIES OF SEA BUCKTHORN (Hippophae

Rhamnoides L.) OIL PLANT O Mavsuma Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence 2 (3), 1-3

10. SALVIA O’SIMLIGINING XUSUSIYATLARI. JF Alikovna, AA

Shukrullayevich JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND

EDUCATIONAL RESEARCH 6 (2), 217-218

11. Hypotensive properties of the plant salvia submutica AM Gulyamovna, AS Sadriddinovna Eurasian Medical Research Periodical 19, 51-52

12. Sobirjonovna B. N., Kurakbaevna T. S. Clinical dynamics of chronic nephritic syndrome in children //Eurasian Medical Research Periodical. – 2023. – Т. 19. – С. 53-56.

13. Kudratova Zebo Erkinovna, & Tuychiyeva Saboxat Kurakbayeana.

(2023). THE OPPORTUNITIES OF SIMULATION TRAINING AT THE MEDICAL

UNIVERSITY. Open Access Repository, 4(2), 98–101.

14. Куракбаевна, Т. С. (2023). ОСОБЕННОСТИ ДИАБЕТИЧЕСКОЙ

НЕФРОПАТИИ В ХРОНИЧЕСКИХ ОСЛОЖНЕНИЯХ САХАРНОГО

ДИАБЕТА. Scientific Impulse, 1(7), 87–91. Retrieved from

15. Туйчиева С. К., Бобобекова З., Эгамбердиева Х. ПРИМЕНЕНИЯ

ШИПОВНИКА КАК ПРИРОДНОГО АНТИОКСИДАНТА //JOURNAL OF

INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2023. – Т.

6. – №. 2. – С. 212-214.

16. ЗНАЧЕНИЕ ПОДДОРОЖНИКА В НАРОДНОЙ МЕДИЦИНЕ Н

Бозорова, Ш Анорбаева, Л Назарова Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2 (10), 5-6

17. Batirbekovna, Abdukadirova Nargiza, Khayatova Shoira Telmanovna, and Shadieva Khalima Nuridinovna. "Clinical and Laboratory Features of the Course of Serous Meningitis of Enterovirus Etiology in Children." The Peerian Journal 16 (2023): 19-24.

18. Abdukadirova N. B., Telmanovna X. S. Options clinical manifestations of giardiasis in children //Eurasian Research Bulletin. – 2023. – Т. 17. – С. 167-170.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.