ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

GLOBAL DUNYODA XORIJIY TILLARNI O’RGANISH ZARURMI YOKI EHTIYOJ?

Annotatsiya

Agar odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi "yo‘q" deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi tilni o‘rganish shart emas, deb o‘ylaydi. Ammo biron-bir tilni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo‘lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so‘rab ko‘ring. Axir o‘zida yo‘q narsaning ahamiyati haqida kim sizga to‘g‘ri ma'lumot bera oladi?Shu bois, chet tilida bemalol so‘zlasha oladiganlar o‘rtasida kichik tadqiqot olib bordik va olimlarning bu boradagi ayrim xulosalarini e'tiboringizga havola qilyapmiz.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

YOKI EHTIYOJ?

Qarshiboyeva Maftuna

Termiz davlat pedagogika instituti: Xorijiy til va adabiyoti mutaxassisligi: 2-

bosqich talabasi

Annotatsiya: Agar odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi "yo‘q" deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi tilni o‘rganish shart emas, deb o‘ylaydi. Ammo biron-bir tilni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo‘lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so‘rab ko‘ring. Axir o‘zida yo‘q narsaning ahamiyati haqida kim sizga to‘g‘ri ma'lumot bera oladi?Shu bois, chet tilida bemalol so‘zlasha oladiganlar o‘rtasida kichik tadqiqot olib bordik va olimlarning bu boradagi ayrim xulosalarini e'tiboringizga havola qilyapmiz.

Kalit so’zlar: Xorijiy tilda so’zlashish, innovatsion texnologiya, metodlar, til mutaxassisi.

Hammamizga ma‘lum bo‘lganidek hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarini mukammal o‘rganadigan o‘zi o‘rganayotgan xorijiy tilda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash chet tillarini o‘rganish orqali dunyo xalqlari madaniyatiga kirib borish belgilangan talabga javob beradigan kadrlarni tayyorlash yurtimizda o‘tkazilinayotgan ta‘lim islohotining maqsad va vazifalaridan biridir. Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib borayotgani va ikki tili bilish, shunchaki qizqish emas, balki zamon talabi bo'lib bormoqda.

Bugungi kun-globallashuv davridir. Bu davr insoniyatning zamon bilan hamnafas odimlashini talab etadi. Shu boisdan, turli soha mutaxassislari oʻz ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishlari va muloqot qila olishlari maqsadga muvofiq. Buning uchun xorijiy tillarni oʻrganish va oʻqitish tizimini yanada zamonaviy metodlar bilan takomillashtirish hamda chet tillarini oʻrganishga boʻlgan motivatsiyani oshirish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Chet tillarni o'rganish, boshqalar bilan qanday qilib chinakam muloqot qilish va ular bilan bog'lanishni o'rganishga qaratilgan hayotiy ko'nikma. Chet tillarini nima uchun o'rganishimiz kerak? Men hozir chet tillarini nega o'rganish kerakligi sabablarini haqida yozib chiqaman.

1. Chet tillarni o'rganish miyangizni o'stiradi. Tadqiqotlar, siz necha yoshda bo'lishingizdan qat'i nazar, boshqa tilni o'rganishning kognitiv afzalliklarini namoyish etdi. Ushbu tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ikki tilli odamlarning miyasi kattaroq, xotirasi yaxshi, ijodiy, muammolarni hal qiladigan va boshqalar. Ushbu afzalliklar nafaqat ko'proq tillarni o'rganishni, balki hamma narsani o'rganishni osonlashtiradi. Vazifalarni tezda almashtirish qobiliyati, bugungi band bo'lgan ko'p vazifali dunyoda ayniqsa muhimdir. Ikki tilli vazifalar bir tilli hamkasblariga qaraganda ancha tezroq almashinishi va bir vaqtning o'zida ko'plab boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.

2. Chet tilini o'rganganingizda sayohat arzonlashadi va osonlashadi. Albatta ko'p insonlar sayohat qilishni hush ko'rishadi. Chet davlatga borganingizda til bilish sizga juda katta foyda beradi. Oddiygina ovqatlanishga borganda o'zingiz istagan taomni bemalol tushuntira olasiz. Yo'l so'rashni ham o'zingiz atrofdagi mahalliy insonlardanso'rab, qiyinchiliklarsiz eplay olasiz. Agar siz o'zingiz bilan gid oladigan bo'lsangiz juda ham qimmatga tushardingiz.

3. Chet tilni o'rganish ish topish uchun dunyo ochadi. Hech kimga sir emaski, chet tilini o'rganish ish bilan ta'minlash istiqbollarini yaxshilashi mumkin. Har qachongidan ham ko'proq kompaniyalar dunyoning bir necha, ko'pincha o'nlab mamlakatlarida ish olib bormoqdalar, ammo ular hech bo'lmaganda bitta chet tilini tushunadigan odamlarni ishga yollamasdan buni qila olmaydilar. Hatto kichik mahalliy kompaniyalarda ham ikkinchi tilda gaplashish qobiliyati sizni boshqa ish oluvchilardan ajratib qo'yishi ehtimoli katta.

Xorijiy tilni o‘rganishdan hayiqib, «menga shu til kerak bo‘larmikan?» deb o‘ziga savol beruvchilar, shubhalaringiz bekorligiga ishonavering. Zamonaviy dunyoda xorijiy til suv bilan havodek zarur.Til o‘rganuvchilarning aksariyati 17-30 yoshni qarshilagan kishilardir. Endi ishga kelgan tajribasiz yoshlarning ko‘pchiligi to tajriba orttirguncha chet tillaridan bir nechtasini bilishi evaziga «jon saqlashadi».

Hozirgi kunda yurtimizdagi ta‘lim sohasini tubdan chet tillarga tadbiq qilish maqsadida taqdim etilayotgan darsliklar o‘quv qo‘llanmalari ham ayni shu maqsadning amaliy isbotidir. Binobarin o‘z ona tilisiga qiziqqan va uni puxta o‘rgangan o‘quvchigina boshqa tillarga mehr qo‘yib uni o‘rgana oladi. Shuningdek yurtimizda til o‘rganishga bo‘lgan e‘tibor nuqtai nazaridan ham oladigan bo‘lsak aynan yaqin 5-10 yil ichida misli ko‘rinmagan ishlar amalga oshirildi va buni siyosat darajasigacha olib chiqishdi va o‘z o’rnida xorijiy tillarni o’rganishga oid bir qator qaror va farmonlar ishlab chiqildi xuxusan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘rganish tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan videoselektr bo‘lib o’tan edi 2021- yildan chet tili o’qituvchilari ga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritilishi haqida ta’kidlangan edi. Hozirgi kun nuqtai nazaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak xorijiy tillarni o‘rganishda qilinayotgan islohotlar natijasida til o‘rganishga kirib kelayotgan yosh avlod maktabgacha ta‘limdan oliy ta‘limgacha o‘z ona tilisi va chet tilini bir paytning o‘zida solishtirgan holda o‘rganadi. Aynan tilshunoslik da bu metod o‘quvchilarni o‘zlashtirishini tezlashtirishda ijobiy va samarali natijaga erishish da eng yaxshi usullardan biri hisoblanadi. Chunki til o‘rganayotgan o‘quvchi o‘z ona tilisi ni chuqur o‘rgangan bo‘lsa bu narsa ancha qo‘l keladi va aynan ona tili bilan xorijiy tilni bir paytning o‘zida taqqoslagan holda o‘rgansa bu yillar davomida sinalgan va samarali usul hisoblanadi va shu o‘rinda aynan hozirgi zamonaviy texnologiyalar orqali xorijiy tillarni o’rganish ham anchagina samarali va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bu usul hozirgi kunda istalgan yoshdagilar uchun qo‘l kelayotgan til o‘rganish usullaridan biri biridir.

O‘zbekistonda xorijiy tillarni ta’lim tizimida tub burilish yasadi chet tillarini bilishga intilish “Til bilgan - el biladi” maqoliga ko‘ra ish tutish bizning ko‘p tilni bilgan Forobiy, bir necha tillarni qiyosiy o‘rganish darajasida bo’lgan keng mushohadali Qoshg‘ariy kabi yetuk ajdodlarimizdan merosdir. Aynan shulardan kelib chiqqan holda bugungi kun yoshlariga qo‘yilayotgan talab ham aynan chet tillarini bilish ekanligini hech birimizga sir emas. Zamonaviy texnologiyalar asosida chet tillarini o‘rganish orqali butundunyo hamjamiyatida vatanimizni O’zbekistonning alohida o’rnini ta’minlash va uni yanada kengroq tadbiq qilish uchun ham xorijiy tillarni o‘rganish dolzarb va muhim hisoblanadi. O‘zbekistonni dunyo xalqlari orasida yanada o‘z o’rniga ega bo’lishini ta’minlashda yoshlarning va ular o’rganayotgan xorijiy tillarning o‘rni beqiyos sanaladi. Buni yanada mustahkamlash uchun esa til bamisoli ko’prik vazifasini o’tab beradi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, chet tilini bilish har bir soha vakili uchun yangi imkoniyatlar kalitidir. Siz sohangizni yaxshi bilsangiz bitta eshik, chet tilini ham bilsangiz yana bir eshik ochiladi. Aynan, til bilish butun dunyo uchun eshik ocha oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. . J.Jalolov ,,Chet til o`qitish metodikasi”, Toshkent-2012

2. Abdurahmanova D., Jo'rayev R. Uzbek anecdotes in German // World literature. - 2006. No

3. Alimuhaniedov A. History of ancient literature. - T.: Teacher, 1975. Bazar I.A. Goethe's gift // World literature". - 1999. No

4. Egamova Y. Goethe's genius // World literature. - 1999. No

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.