G’allaning asosiy so’ruvchi zararkunandasi Zararli xasva (Eurygaster
integriceps Put) ga qarshi kurash choralari samaradorligi.
Qurbovnov Abdiraim Norboyevich
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti assistenti
Ahmadova Sarvina Erkin qizi
Sattarova Xolida Isroil qizi
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabalari
Kalit so’zlar. G’alla, zararkunanda, tarqalish, so’ruvchi, xosil, zarar, qarshi kurash, shira, trips.
Ключевые слова. Зерно, вредитель, распространение, лох, урожай, повреждение, борьба, тляь, трипсы.
Anotatsiya. Qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini pasaytiradigan omillardan biri zararli hasharotlardir. Shuning uchun o`simliklarni zararkunandalardan himoya qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada g’allaning asosiy zararkunandalari bo’yicha tushunchalar xaqida bayon etilgan.
Аннотация. Одним из факторов, снижающих урожайность сельскохозяйственных культур, являются вредные насекомые. Поэтому защита растений от вредителей является одним из актуальных вопросов. В данной статье рассмотрены понятия об основных вредителях зерна.
Annotation. One of the factors that reduce the productivity of agricultural crops is harmful insects. Therefore, protection of plants from pests is one of the urgent issues. This article describes the concepts of the main pests of grain.
KIRISH. Kuzgi bug'doy er yuzidagi eng keng tarqalgan asosiy oziq-ovqat ekinlaridan biridir, donasi oqsil, yog', uglevodlar va boshqalarning yuqori miqdori bilan belgilanadi. Shuning uchun o'simliklarni turli zararli organizmlardan himoya qilish muhimdir. Kleffman Group ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda dunyoda bug'doy ekiladigan umumiy maydon 218 million gektarni tashkil etdi. Ekin maydoni bo'yicha beshta yetakchi davlatlar 122 million gektar maydonni egallaydi, bu dunyodagi barcha ekinlarning yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Bug‘doy ekiladigan maydonlar bo‘yicha TOP-5 yetakchi: Hindiston - 30 million gektar; Rossiya - 27 million gektar; Evropa Ittifoqi - 26 million gektar; Xitoy - 24 million gektar; AQSh - 15 million gektar. [5]
G’allaning so’ruvchi zararkunandalari tur tarkibi va zarari.
Zararli xasva (Eurygaster integriceps Put) Scutelleridae — skutelleridlar oilasi,
Hemiptera — yarim qattiqqanotlilar turkumi. Zararli xasva Markaziy Osiyoda, Kavkazda, G‘arbiy Yevropada va Yaqin Sharqdagi barcha mamlakatlarda tarqalgan. Voyaga yetgan xasvaning bo‘yi 11—14 mm keladi. Tanasining rangi sariq yoki sarg‘ishkulrang, sirti marmarsimon naqshli bo‘ladi. Oldingi ko‘kragining keying yarmi oldingi yarmidan oqishroq. Qalqonining tubida ikkita oqish dog‘i bor. Qalqonining qorni oxiriga yetib, yaxshi rivojlanganligi zararli xasva uchun juda xosdir. Qalqonining oxirgi uchi oval shaklda, boshining oldingi tomoni to‘mtoq, boshining bo‘yi eniga teng. Zararli xasvaning xususiyatlaridan biri ularning to‘p bo‘lib yashashidir. Bug‘doy pishganda havo harorati va namlik yuqori bo‘lganda xasvalar ekinlarga katta zarar yetkazadi. Masalan, O‘zbekistonda xasvalar yer sathidan 2000 metrgacha baland bo‘lgan joylarda o‘simliklar qoldig‘ida va to‘kilgan burglar orasida qishlab chiqadi. Tog‘oldi zonalarda to‘kilgan barglar qurib, havo harorati 17°C dan oshganda, bu aprel oyining o‘rtalariga to‘g‘ri keladi, xasvalar yana bug‘doy ekilgan joylarga qaytadi.[1]
1-rasm. Termiz tumani Namuna hududida joylashgan bug’doyzorlardan
olingan zararli xasva tuxumlari va imagosi.
Zarari. Xasvalar O‘rta Osiyoda bug‘doy, arpa poyasi va boshog‘ining shirasini so‘rib katta zarar yetkazadi. Ular katta maydonlarda, bug‘doyzorlarda, ayniqsa, kuzgi bug‘doyga katta zarar yetkazadi. Masalan, 6 dona voyaga yetgan xasva 0,30 m.kv maydondagi bug‘doy yoki arpani boshoq chiqarishi davrida batamom nobud qilishi mumkin. Xasva poyani kechroq zararlasa, don puch va oqsil kam bo‘lib qoladi, bunday bug‘doy uni nonining sifati yomonlashadi. Xasva bilan zararlangan maydonlarda urug‘lik donning 55%i unib chiqmaydi. Bu xasva arpa va bug‘doydan tashqari, sholiga ham zarar yetkazadi. Ba’zi yillari u O‘zbekistonda juda ko‘payib ketadi.[3]
2022 - 2023 yillarda Termiz tumani Namuna MFY da joylashgan “SALOHIDDINJON NAMUNA” f/x o’tkazilgan xasvalarga qarshi tadqiqot natijalari 2-jadvalda keltirilgan bo‘lib, bunda sinalgan barcha kimyoviy preparatlar Oʻsimlik bitlariga qarshi kurashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. O‘tkazilgan tajribalar xulosasiga ko‘ra, turli kimyoviy guruxlarga mansub SIRAKS 25% em.k (cypermethrin 205g/l ), 0,3 kg\ga EUROPLAN-PRO n.kuk (atsetamiprid 200 gr/l + lyambdatsigalotrin 50 gr/l), 0,60-0,70 kg\ga, ENTOSPILAN (Ацетамиприд 20 %) ), 0,15 kg\ga, sarf meyyorlarida zararli xasvaga qarshi qo‘llash tavsiya etiladi. SIRAKS 25% em.k (cypermethrin 205g/l ), 0,3 kg\ga sarf meyorida sinalgan 14 kuni 75,7%, samara bergan. EUROPLAN-PRO n.kuk (atsetamiprid 200 gr/l + lyambdatsigalotrin 50 gr/l), 0,60-0,70 kg\ga, sarf meyorida sinalgan variantda 14 kuni 72%, samara bergan va ENTOSPILAN (Atsetamiprid 20 %) ), 0,15 kg\ga, sarf meyorida sinalgan variantda 14 kuni 68 % samara bergan. № Variantlar
Sarf meyyori l\ga, kg\ga 1 zararli xasvalar soni,
dona
Biologik
samaradorlik % da
Ishlov berilgungacha
Ishlov berilgandan
so´ng quyidagi
kunlar o´tgach
3 7 14 3 7 14 1 SIRAKS 25% em.k 0,3
kg\ga
20,6 15 9 5 27,1 56,3 75,7
2 EUROPLAN-PRO
n.kuk
0,3-
kg\ga
21.4 16,6 10,5 6 22,4 60 72
3 ENTOSPILAN
n.kuk
0,15
kg\ga,
18,7 17 16,6 6 0,7 11,2 68 4 Nazorat varianti 19,2 18 17,5 15 - - -
Xulosa va takliflar. G’allazorlarda tarqalgan so’ruvchi zararkunandalar o’rganildi. Dehqonlarga ushbu zararkunandalarga qarshi kurash choralari zararli xasvaning yosh lichenkalariga oltinko’z entomafagini qo’llash va kimyoviy preparatlardan (insektisid)lar qo’llash boyicha tavsiyalar berildi. Zararkunandalar tarqalgan dalalardan kiyingi tajribalar uchun hasharotlardan namunalar olindi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Xo‘jaev Sh.T. Entomologiya, qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va agrotoksikologiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2010. – 355 b.
2. Xo‘jaev.Sh.T. O‘simliklarni zararkunandalardan uyg‘unlashgan himoya qilishning zamonaviy usul va vositalari. Toshkent:<Navruz> -2015 331 b.
3. Olimjonov R.A. “Entomologiya”-Toshkent: O‘qituvchi-1977.4.
4. Murodov S.A. “Umumiy entomologiya kursi”.-Toshkent: “Mehnat” - 19865.
5. Kimsanboyev.X.X., O‘lmasbayeva R.SH., Xalilov Q.X.-“Umumiy va qishloq xo‘jalik entomologiyasi”.Toshkent: O‘qituvchi-2002
6. Norboyevich, K. A., & Fayzullayevich, G. B. (2023). RODENT PESTS
OF ALFALFA AND EFFECTIVENESS OF PESTICIDES AGAINST
THEM. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(4), 1227-1231.
7. Ahmad o‘g’li, B. S., Baxtiyor, Q., & Bahodir o‘g’li, E. J. (2023). Kuzgi tunlam va unga qarshi kimyoviy pestidsitlarning samaradorligi. Journal of ScienceInnovative Research in Uzbekistan, 1(2), 56-58.
8. Absalomovich, S. M., Sulaymanovna, X. S., Ahmad o’g’li, B. S., &
Chori o’g’li, S. S. POMIDORDA UCHRAYDIGAN KASALLIKLAR TURLARI
VA KASALLANISH DARAJASINI ANIQLASH USULLARI.
9. https://fayllar.org/
10. https://www.agropages.com
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.