QARASHLAR
Jaloliddin Ashurov
Termiz davlat universiteti jaloliddin@tersu.uz
Annotatsiya: Maqolada tizimli ahamiyatga molik banklar atamasi, mohiyati va ularning butun iqtisodiyotda tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Tizimli ahamiyatga molik banklar, moliyaviy inqiroz, barqarorlik, moliya tizimi.
“Tizimli ahamiyatga molik banklar” moliya-kredit sohasida moliyaviy tizimning barqarorligi va mustahkamligi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan banklarga nisbatan qo‘llaniladigan atamadir. Ushbu banklar shunchalik katta va muhim ahamiyatga egaki, ularda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar yoki muvaffaqiyatsizliklar butun mamlakat iqtisodiyotiga, hatto jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda tizimli ahamiyatga ega bo‘lgan banklarning mazmuni turli mezonlarni o‘z ichiga oladi, masalan, aktivlar hajmi, xalqaro moliya bozorlarga ta’siri, bankning boshqa moliya institutlari bilan aloqalari va boshqalardir.
Nazorat qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar inqirozlarning oldini olish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida banklarning kapitali, likvidligi va risklarni boshqarishga qo‘shimcha talablarni belgilash uchun tizimli ahamiyatga ega banklar ro‘yxatini shakllantirib boradi. Asosiy g‘oya shundan iboratki, bu banklar shunchalik katta va muhim ahamiyatga egaki, ularning faoliyati va holati butun moliya tizimining sog‘lomligi uchun tizimli ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ekspertlar va shu soha mutaxassilari “tizimli ahamiyatga molik banklar” ni moliyaviy tizimning barqarorligida strategik rol o‘ynaydigan asosiy moliyaviy sub’ektlar sifatida qarashadi. Ushbu banklar ko‘pincha moliyaviy infratuzilmaning “ustunlari” hisoblanadi va ularning barqarorligi iqtisodiyotning umumiy farovonligi uchun muhimdir.
Bunday banklar inqirozlarning oldini olish va moliya tizimining barqarorligini saqlash maqsadida moliyaviy tartibga soluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha tartibga solinishi va nazorat qilinadi. Bundan tashqari, ulardan kapital, likvidlik va risklarni boshqarish bo‘yicha aniq standartlarga rioya qilish talab qilinishi bugungi kunda dolzarb bo‘lib bormoqda.
Umuman olganda, tizimli ahamiyatga molik banklar moliya tizimining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlovchi asosiy tarkibiy elementlar sifatida qaraladi va ularning rolini mamlakat iqtisodiy xavfsizligining tarkibiy qismi sifatida belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tizimli ahamiyatga molik banklar faoliyatini tahlil qilish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasining Markaziy bankining 2023 yil yanvar holatiga quyidagi tijorat banklarini tizimli ahamiyatga molik banklar qatoriga kiritgan. Ularga Sberbank, VTB, Gazprombank, Alfa-bank, Rosselxozbanklardir. Albatta ushub banklar faoliyatini doimiy o‘rganib borish, ular faoliyatiga qo‘shimcha majburiy iqtisodiy me’yorlar belgilash amaliyoti bugungi kunda keng foydalanilmoqda [1].
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxati mamlakat iqtisodiy holati, banklarning moliyaviy barqarorligining asosiy ko‘rsatkichlari va uning natijalari o‘zgarishiga qarab tizimli ahamiyatga molik banklar ro‘yxati ham o‘zgarib boradi.
Tizimli ahamiyatga molik banklar moliyaviy inqirozlarining oldini olish va boshqarishda asosiy markazlardan biri bo‘lishi mumkin. Ularning yetarli darajada tartibga solinishi va nazorat qilinishi moliya tizimida ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan turli muammolarning oldini olishga ham yordam beradi.
Xulosa o‘rnida, tizimli ahamiyatga molik banklar faoliyatini doimiy o‘rganib borish, ularni aniqlash mezonlarini takomillashtirib borish, ular orqali iqtisodiyotda va bank tizimida mavjud risklarni oldini olish yoki boshqarish, shuningdek, ular faoliyatini tartibga soluvchi turli iqtisodiy me’yorlar ishlab chiqish dolzarb masalalar bo‘lib qolaveradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida qonun 2019 yil 5 noyabr OʻRQ-580-son
2. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Bank toʻgʻrisidagi qonun-2019- yil 11- oktyabr
3. Oʻzbekiston Respublikasining Bank siri toʻgʻrisidagi qonun 30.08.2023 yil 530-llson. 21.04.2021 yil
4. www.cbr.ru Rossiya banki rasmiy internet sayti ma’lumotlari.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.