MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI
Ahmedov Alisher Hasan o‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
ahmedovalisher194@gmail.com
Kalit so‘zlar: Multimedia, grafika, geometriya, idrok etish, qiziqish, motivatsiya.
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlamg‘ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun kerak bo‘ladigan multimedia vositalari haqida ma’lumot berilgan. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun juda muhum bo‘lgan multimedia vositalarining samarasi, foydalanish yo‘llari va turlari haqida ma’lumotlar keltrilgan.
ЭФФЕКТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СОВРЕМЕННЫХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ
СРЕДСТВ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Ахмедов Алишер Хасан угли Денауский институт предпринимательства и педагогики ул. Шарофа Рашидова,
360, Денов 190507 Узбекистан(ahmedovalisher194@gmail.com)
Ключевые слова: Мультимедиа, графика, геометрия, восприятие, интерес, мотивация.
Аннотация: В этой статье представлена информация о мультимедийных инструментах, необходимых для использования на уроках начальной математики. Приводятся сведения об эффективности, способах использования и видах мультимедийных средств, которые очень важны для использования на уроках математики в начальной школе.
THE EFFECT OF USING MODERN MULTIMEDIA IN PRIMARY CLASS
MATHEMATICS LESSONS
Key words: Multimedia, graphics, geometry, perception, interest, motivation.
Abstract: This article provides information about the multimedia tools needed for use in elementary mathematics classes. Information about the effectiveness, ways of use and types of multimedia tools, which are very important for use in elementary school mathematics lessons, is given.
KIRISH
Bugungi kunda boshlang’ich sinflarda matematika fanini o‘qitish haqida gap ketganda, o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini o‘quv jarayoniga jalb qilish uchun doimo innovatsion vositalar va resurslarni izlaydilar. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf matematika darslarida bolaning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dars samaradorligini yaxshilash uchun yangi, innovatsion vositalardan foydalanishga harakat qiladi. Texnologiyaning jadal rivojlanishi multimedia vositalari matematika darslarini yaxshilash va mavzuni o‘quvchilar uchun qulayroq va qiziqarli qilish uchun mashhur tanlovga aylandi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantrish, dars samaradorligini oshirish uchun juda muhum bo‘lgan zamonaviy multimedia vositalari haqida ma’lumotlar beramiz. Ushbu multimedia vositalari dars samarodorligini oshirish o‘zining kata imkoniyatlari bilan sifatlanadi. Xususan, kichik maktab yoshidagi bolalarda hisoblash tushunchalari bilan birgalikda geometrik tushunchalarni shakllantirshda ushbu vositalarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon talabiga ko‘ra o‘qituvchilar darslarni qiziqarli va o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish uchun albatta zamonoviy ta’lim vositalarini darslarda muntazam qo‘llab borishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2018 уil 5 sentуаbrdаgi “Xаlq tа’limini bоshqаrish tizimini tаkоmillаshtirish bо‘уichа qо‘shimchа chоrа-tаdbirlаr tо‘g‘risidа”gi PF-5538-sоn , 2019 уil 29 аpreldаgi “О‘zbekistоn Respublikаsi xаlq tа’limi tizimini 2030 уilgаchа rivоjlаntirish kоnsepsiуаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi PF-5712-sоn1 Fаrmоnlаrida umumta’lim tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga qaratilgan vаzifаlаrning ijrоsini tа’minlаsh yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Asosiy qism 1 https://www.lex.uz/uz/
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayoniga joriy etilgandan so‘ng multimedia vositalaridan foydalanish sezilarli darajada oshdi. Media ta’lim vositalari ta’lim muassasalari tomonidan keng qo‘llaniladi. Ushbu o‘rganish usuli keng tushunchalarni tushunishni osonlashtiradi va foydalanuvchilarga ularni an’anaviy o‘qitish usullariga qaraganda kamroq vaqt ichida o‘rganish imkonini beradi. Multimediali texnologiya bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga qodir: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimedianing eng muhim hususiyati interfaollik-axborot muhitida ishlash jarayonida foydalanuvchiga ta’sir o‘tkaza olishga qodirlik hisoblanadi.2
Multimedia o‘zi nima? Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi.3
Multimediaga berilgan yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinadiki multimedia ko‘p vositalik demakdir. Ko‘p vositalik esa bir nechta (matn, grafika, tovush , rasm video va animarsiya)vositalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini beradi. Multimedia bolaning bilim olishi uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar jamlanmasidir. Ta’lim olishda eng muhum narsa bu ma’lumotni eslab qolish va xotirada uzoq vaqt saqlanishidir.
Multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega:
Berilayotgan ma’lumot (misol, masala, geometrik tushuncha) haqida chuqurroq va tushunarliroq ma’lumot olish imkoni mavjud;
Multimedia vositalari qimatli vaqtni tejash imkonini beradi;
O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi;
O‘quvchilarda kriativlik qobiliyatlarini shakllantradi;
Olingan bilimlar o‘quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi;
Darsning samaradorkigini va unimdorligini oshiradi;
Ta’lim olishning yangi usullari bilan hamnafas qiladi.
Multimedia vositalaridan foydalanish ayniqsa matematika darslarida o‘z imkoniyatlarini yanada aniqroq ko‘rsatadi. Nimagaki, hozirgi zamon 4K modeliga asoslangan yangi darslikdagi misol va masalalar o‘quvchining kriativliligini 2 Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovich, Eraliyev Yo‘ldoshali, Qosimova Gulzoda “TA’LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI”, “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” jurnali, 2022-yil noyabr. 3 https://uz.wikipedia.org/ shakllantrishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilarga ushbu misol va masalalarni o‘quvchilarga tushuntirish bir muncha qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bunday vaziyatda albatta ta’lim vositalari hususan multimedia vositalari yordamga keladi.
Multimedia vositalari bir nechta turlsrga bo‘linadi:
Tovushni kiritish va chiqarish qurulmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, tovush kolonkalari);
Video va grafik ma’lumotlarni kiritish qurilmalari (raqamli video kamera, raqamli foto kamera, TV-tyuner, modem);
Ma’lumotlarni namoyish etish raqamli tasvir va videoaxborotlarni
foydalanuvchiga namoyish etish qurilmalari (monitor, proyektor, video karta).
Multimedia vositalari quyidagi ko‘rinishdagi ma’lumotni iste’molchiga (o‘quvchiga) yetkazadi:
Matn ko‘rinishida: Matematika darslarida eng muhum ma’lumotlardan biri bu matndir. Matn misol yoki masalani o‘quvchiga aniq qilib yetkazishdagi barhayot vositadir. O‘quvchi berilgan misol va masalani o‘qish orqali boshqalarga halal bermasdan mazmunini anglash imkonini beradi.
Garfik ko‘rinishda: Rasmlar, fotosuratlar, tasvirlar va boshqa san’at asarlari grafik deb ataladi. Garfika multimedianing ajralmas va muhum qismidir. Garfikadan ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometrik tushunchalarni shakllantrishda foydalanish juda yaxshi natija beradi. O‘quvchilarga geometrik tushunchalar (burchak, uchburchak, to‘rtburchak, piromida va h.)larni grafik ko‘rinishda taqdim qilinsa o‘quvchilar bu ma’lumotlarni yaxshi anglab oladi.
Animatsiya ko‘rinishida: Animatsiya multimedianing eng dinamik shakllaridan biridir. Animatsiya chizmalar, obektlar, odamlar va h.klarning harakatsiz tasvirlarini yozib olish orqali yaratiladi. Animatsiyadan geometriyaga oid, harakatga oid misol va masalalarni bolaga yetkazishda foydalangan ma’qul.
Audio ko‘rinishida: audio- bu nutq, musiqa va boshqa turdagi tovushlar. Ovoz elementi oddiy multimedia muhitini yaxshilash uchun ishlatiladi. Ovozli ma’lumot ham o‘quvchilarga o‘zgacha ta’sir qiladi. Yangi darsliklarda audio matn bilan ishlashga oid topshiriqlar ham anchani tashkil qiladi. Bu o‘quvchini mustaqil ravishda ishlashga undaydi.
Video ko‘rinishida: Video yozuv bilan tasvirlar ketma-ketligini ko‘rsatadi. Vidio o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni mukammal darajada yetkazishda eng asosiy vosita snaladi. Chunki vidioda ham ovoz, ham atsvir, ham animatsiya tasvirlanga bo‘lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60- son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonihttps://lex.uz/ru/dоcs/-3893445.
2. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2019 уil 29 аprel, PF-5712-sоn “О‘zbekistоn Respublikаsi xаlq tа’limi tizimini 2030 уilgаchа rivоjlаntirish kоnsуepsiуаsini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi” Fаrmоni. –T.:2019. mаnbа:
3. Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovich, Eraliyev Yo‘ldoshali, Qosimova
Gulzoda “TA’LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI”, “Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” jurnali, 2022-yil noyabr.
4. Suyarov Akram Musayevich, dotsent, PhD “Ta’lim tizimida interfaol multimedia vositalaridan foydalanishning imkonoyatlari «Новости образования: исследование в XXI веке», № 7 (100), часть 1 «Новости образования: исследование в XXI веке» февраль, 2023 г
5. Ta’limda axborot texnologiyalari o‘quv qo‘llanma / R.X. Ayupov. Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. – T.: TDPU, 2020 yil
6. https://uz.wikipedia.org/
7. https://www.lex.uz/uz/
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.