TADBIRKOR AYOL – JAMIYAT TAYANCHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligining iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni, ahamiyati va rivojlanish istiqbollari keng yoritilgan. Ayollar uchun tadbirkorlik sohasiga kirishda duch kelinadigan asosiy to‘siqlar — stereotiplar, moliyaviy resurslar yetishmovchiligi, tajriba va ishonch kamchiligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, jumladan subsidiyalar, imtiyozli kreditlar, grant dasturlari va o‘quv treninglari haqida ma’lumotlar berilgan. Maqola real hayotda muvaffaqiyat qozongan o‘zbek ayol tadbirkorlarining faoliyati asosida ilhom baxsh etuvchi misollar bilan boyitilgan.