TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH YO‘NALISHLARI
Abduzoirov Javohir Qurbonovich
Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti
magistratura bo`limi 2-bosqich talabasi
XXI asrda suv resurslari global miqyosda strategik resursga aylangan bo‘lib, uning samarali boshqaruvi va tejamli ishlatilishi xalqaro miqyosda eng dolzarb ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Shu sababli, dunyoning yetakchi ilmiy markazlari, universitetlari va xalqaro tashkilotlari tomonidan suv resurslarini tejashga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish borasida keng ko‘lamli izlanishlar olib borilmoqda.
Avvalo, BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ekspertlar guruhi (IPCC) va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) doirasida suv resurslarining barqaror boshqaruvi 2030-yilga qadar erishilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda1. Xususan, 6-maqsad ("Toza suv va sanitariya") doirasida ichimlik suvi va sug‘orish suvidan foydalanishda resursni tejashga alohida e’tibor qaratilgan .
FAO (BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda qishloq xo‘jaligida suv iste’molining 70% dan ortig‘i sug‘orish uchun sarflanadi va bu ko‘rsatkichni kamaytirish uchun tejamkor texnologiyalar – tomchilatib sug‘orish, lazerli tekislash, suv sarfini nazorat qiluvchi sensorlar, va aqlli boshqaruv tizimlari joriy etilishi zarur. FAO tomonidan o‘tkazilgan global monitoring natijalari asosida aniqlanishicha, suv tanqisligidan aziyat chekayotgan mintaqalarda ushbu texnologiyalar 1 UN Sustainable Development Goals Report (2023). Goal 6: Ensure availability and sustainable management of water and sanitation for all. United Nations. hosildorlikni 30–60% gacha oshirishga, suv sarfini esa 40% gacha kamaytirishga xizmat qilmoqda2.
Tadqiqotlar ko’rsatishicha bugungi kunda suv resurslaridan foydalanishda resursni tejovchi usullarini shartli ravishda 11 ta turga ajratish mumkin bo’lib ularning har biri alohida yoki kombinatsiyalashgan tarzda qo’llanishili mumkin (1.1-jadval).
Jadvalda suv resurslaridan foydalanishda qo‘llaniladigan asosiy resursni tejovchi usullar tizimli tarzda bayon etilgan. Har bir usulning qisqacha tavsifi orqali ularning qanday ishlashi va qaysi tamoyil asosida suvni tejashga xizmat qilishi ko‘rsatilgan. Masalan, tomchilatib sug‘orish va purkagichli tizimlar orqali suv bevosita o‘simliklarga yo‘naltiriladi, bu esa bug‘lanish va sızmani kamaytirib, suv sarfini 40–60% gacha qisqartiradi. Lazerli yer tekislash, mulchalash, kechki yoki tonggi sug‘orish kabi agrotexnik usullar esa tuproqdagi namlikni saqlab qolish va suvni to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.
1-jadval
Suv resurslaridan foydalanishda resurs tejovchi innovatsion usullar3
Usul nomi Qisqacha tavsifi Samaradorlik Tomchilatib sug‘orish
Suv bevosita o‘simlik
ildizlariga tomchilar orqali
beriladi.
Suv sarfi 40–60% gacha Purkagichli sug‘orish
Suv maxsus purkagichlar
orqali yomg‘ir shaklida
purkaladi.
Suv teng tarqaladi, sızma Lazer yordamida yer tekislash
Yer sathi lazer texnologiyasi
bilan tekislanadi.
Sug‘orishda suv
yo‘qotilishi kamayadi Tunda yoki tongda sug‘orish
Kam bug‘lanadigan vaqtda
sug‘orish amalga oshiriladi.
Suv bug‘lanish
yo‘qotilishi kamayadi Mulchalash Tuproq usti qoplanib,
bug‘lanish kamaytiriladi.
Namlik uzoq saqlanadi,
o‘simlik o‘sadi 2 FAO. (2021). The State of the World’s Land and Water Resources for Food and Agriculture. Rome: FAO Publishing. 3 Muallif tadqiqotalri asosida tuzilgan Iqlimga mos ekin tanlash
Kam suv talab qiluvchi
ekinlarni ekish.
Suv sarfi kamayadi,
hosildorlik oshadi Yomg‘ir suvini yig‘ish
Yomg‘ir suvini saqlab,
texnik maqsadda
foydalanish.
Toza suv zaxirasi tejab
qolinadi Qayta ishlangan suvdan foydalanish
Tozalangan chiqindi suvlarni
sug‘orishda qayta ishlatish.
Yangi suvdan
foydalanish kamayadi Sensorli sug‘orish
Namlik sensori va IoT
qurilmalari bilan avtomatik
sug‘orish.
Suv faqat zarur paytda
beriladi Gidrogel yoki suv saqlovchi modda
Tuproqqa suvni ushlab
turuvchi polimerlar qo‘shish.
Sug‘orish chastotasi Avtomatik klapan va boshqaruv tizimi
Sug‘orish liniyalarini
markazlashgan ravishda
boshqarish.
Isrofgarchilik oldi olinadi
Zamonaviy texnologiyalar asosidagi usullar – sensorli sug‘orish tizimlari, suvni qayta ishlash, yomg‘ir suvini yig‘ish, gidrojel ishlatish va avtomatik boshqaruv tizimlari keltirilgan. Bu usullar real vaqt monitoringi, aniq sug‘orish nazorati va tabiiy suv aylanishini tiklash orqali suv resurslarining yanada samarali ishlatilishini ta'minlaydi. Umuman olganda, jadvalda keltirilgan barcha usullar suvdan oqilona foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan.
Hozirgi davrda global miqyosda yuzaga kelayotgan iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, aholining keskin o‘sishi va qishloq xo‘jaligi sohasidagi intensivlashtirish jarayonlari suv resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan, suvni tejovchi usullarni joriy etishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasi dolzarb ilmiyamaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar orqali nafaqat mavjud suv resurslari iqtisod qilinadi, balki ularning qayta tiklanishi, taqsimoti va boshqaruvi ustidan ham samarali nazorat o‘rnatiladi. Innovatsion texnologiyalar yordamida suvdan foydalanishning an’anaviy, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yuvchi shakllaridan voz kechilib, raqamlashtirilgan, ekologik muvozanatga asoslangan, iqlimga mos va resursni tejovchi tizimlar shakllanmoqda.
Eng avvalo, raqamli texnologiyalar – ya’ni IoT (Internet of Things), GIS (geoinformatsion tizimlar), masofadan boshqaruv (remote sensing), hamda aqlli (smart) sug‘orish tizimlari suv sarfini real vaqt rejimida kuzatish, nazorat qilish va boshqarishga imkon beradi. Masalan, tuproq namligini o‘lchovchi sensorlar orqali o‘simliklar ehtiyojidan kelib chiqib suv beriladi, bu esa ortiqcha sarfning oldini oladi. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldoshlar yordamida yer-suv monitoringi olib borilib, suv taqsimotidagi yo‘qotishlar, yaroqsiz maydonlar yoki suvsizlikdan zarar ko‘rgan hududlar aniqlanadi. Bu esa resurslarni optimal taqsimlashda muhim ahamiyat kasb etadi (2-jadval).
Bundan tashqari, biotexnologiyalar va muqobil energiyaga asoslangan yechimlar ham suv tejashda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, gidrogel moddalari orqali suvning tuproqda ushlab turilishi ta’minlanadi yoki quyosh energiyasida ishlovchi nasoslar yordamida suv tejamkor nasoslash amalga oshiriladi. Yana bir muhim yo‘nalish - qayta ishlangan texnik suvdan sug‘orishda foydalanish bo‘lib, bu orqali toza ichimlik suvi zaxiralari saqlab qolinadi. Yomg‘ir suvlarini yig‘ish tizimlari esa suv yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan hududlarda mustaqil suv manbai sifatida xizmat qiladi.
Shuningdek, lazerli tekislash texnologiyasi yordamida yer sathi aniqlik bilan tekislanib, suvning notekis taqsimlanishining oldi olinadi. Natijada sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv miqdori kamayadi, unumdorlik oshadi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ya’ni dasturlashtirilgan klapanlar, suv nasoslari va taqsimot modullari orqali sug‘orish tizimi deyarli inson aralashuvisiz ishlaydi, bu esa inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytiradi.
2-jadval
Suv resurslarini tejovchi innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlari4
Yo‘nalish nomi Qisqacha tavsifi Amaliy afzalliklari Aqlli sug‘orish
IoT sensorlar, mobil ilovalar
va avtomatik boshqaruv orqali
suv sarfini real vaqt rejimida
nazorat qilish
Suvni faqat zarur paytda
berish, isrofgarchilikni
kamaytirish Dronlar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari
Yer namligi va vegetatsiya
holatini kuzatish, aniq
kartografiya yaratish
Suv taqsimotini
optimallashtirish,
samaradorlikni oshirish Sun’iy intellekt (AI) va ma’lumotlar tahlili
Sug‘orish vaqtini, miqdorini
va zonalarni prognozlash
Resurslar sarfini
minimallashtirish,
hosildorlikni oshirish Geomuhandislik va
GIS
texnologiyalari
Raqamli xaritalar asosida
relefni o‘rganish va suv
oqimlarini rejalashtirish
Tuproq eroziyasining
oldini olish, suv
yo‘qotishlarini
kamaytirish Mobil ilovalar va axborot platformalari
Fermerlar uchun interaktiv
tavsiyalar, ob-havo va suv
statistikasi bilan ta’minlash
Tezkor qaror qabul
qilish, samarali
boshqaruv Materiallar va qurilmalar innovatsiyasi
Gidrojel, mulcha, suv
saqlovchi konteynerlar va
avtomatik klapanlar joriy etish
Suvning bug‘lanishini
kamaytirish, tuproqdagi
namlikni saqlab qolish
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish nafaqat suvni tejash, balki barqaror qishloq xo‘jaligi, ekotizimlarni saqlab qolish, aholi xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlikka erishish kabi ko‘plab ustuvor maqsadlar bilan ham bog‘liq. Shu sababli, suv resurslarini boshqarishda texnologik yondashuvlar strategik ahamiyat kasb etib, mamlakat miqyosida resurslar monitoringini yo‘lga qo‘yish, ilmiy asoslangan rejalashtirish va moliyalashtirish tizimlarini shakllantirish zarurdir.
Yuqoridagi tadqiqotlar asosida xulosa qilinadigan bo‘lsa, suv resurslaridan foydalanishda resursni tejovchi usullar va ularni innovatsion texnologiyalar asosida joriy 4 Muallif tadqiqotlari asosida tuzilgan etish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Suv tanqisligi muammosi dunyo miqyosida kuchayib borayotgan bir vaqtda, ilg‘or texnologiyalar – masalan, aqlli sug‘orish tizimlari, sun’iy intellekt, sensorli monitoring, GIS va IoT vositalari – orqali suvdan tejamli va oqilona foydalanish imkoniyati kengaymoqda. Bunday yondashuv nafaqat resurslardan unumli foydalanish, balki hosildorlikni oshirish, yer degradatsiyasini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Innovatsionnaya deyatelnost v agropromishlennom komplekse Rossii. Kollektivnaya monografiya. Pod redaksiey I.G.Ushacheva, Ye.S.Ogloblina, I.S.Sandu, A.I.Trubilina. – M.: “Ekonomika i informatika”, 2006. – 374 s.
2. Rustamova I.B. Agrar sohada innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslari: diss. ... i.f.d. (Doctor of Science). Toshkent – 2020 y.
3. Suvorova A.L. Innovatsionnыy menedjment: Ucheb. posobie / A.L. Suvorova. - Yoshkar-Ola: Mar. GTU, 1999. - S. 15
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.