UDK: 632.5.01/.08
QARSHI KURASHISHNING AHAMIYATI.
S.Y. Babajanova, Ch.Sh.Ko`palova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot
faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va atrof
muhit muhofazasi” yo`nalishi 4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Qishloq xo`jalik ekinlarining zararkunanda organizmlarini oldindan bashorat qilishning ahamiyati va zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurashish usularini samaradorligi, ekologik toza mahsulot hamda yuqori va sifatli hosil olishning agrotexnik tadbirlari.
Kalit so`zlar: zazarkunanda hasharotlar, oldindan bashorat qilish, zararli hashorotlarga qarshi kimyoviy va biologik kurash,sifatli va yuqori hosil.
Абстрактный: Значение прогнозирования появления вредителей сельскохозяйственных культур и эффективность методов борьбы с вредителями, агротехнических мероприятий для получения экологически чистой продукции и высококачественных урожаев.
Ключевые слова: Вредные насекомые, прогнозирование, химические и биологические меры борьбы с вредными насекомыми, качественные и высокоурожайные сельскохозяйственные культуры.
Annotation: The importance of predicting the occurrence of pests of agricultural crops and the effectiveness of methods for combating pests, agrotechnical measures for obtaining environmentally friendly products and high and quality yields.
Keywords: pests, prediction, chemical and biological control of harmful insects, high-quality and high yields.
Respublikamizda mustaqillikka erishganimizdan keyingi paytlarda viloyatlarning deyarli barcha tumanlarida qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish bilan shug`ullanib kelinmoqda. Qishloq xo`jalik ekinlaridan ayniqsa: paxta, bug`doy, sholi va turli xil sabzavot ekinlari asosiy o`rinni egallaydi. Bularni hosildor bo`lishi uchun juda ko`p agrotexnik tadbirlar amalga oshirilishi kerak.Aks holda ulardan yuqori va sifatli hamda ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonsizdir [1].
Hozirgi kunda butun dunyoda shu jumladan O`zbekiston Respublikasida ham oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligiga bo`lgan talab kundan -kunga oshib borayotganini hisobga oladigan bo`lsak qishloq xo`jaligi ekinlari kasallik va zararkunandalar, begona o`tlarga qarshi kurashishda imkon darajasida kimyoviy kurash usullaridan kamroq foydalangan holda aksincha biologik kurash usullaridan keng miqyosda samarali tarzda foydalanish ayni muddao bo`lar edi [2]. Qishloq xo`jaligida ekologik toza,arzon, yuqori va sifatli hosil yetishtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Buning uchun esa qishloq xo`jalik ekin maydonlarida zararli hashoratlarni tarqalishini oldindan bashorat qilish,ularga qarshi o`z vaqtida kurashish muhim hisoblanadi. Qishloq xo`jalik ekinlarini zararli hashorotlariga qarshi kurashishda to`g`ri o`tkazilgan monitoring ishlari juda muhim hisoblanadi. Olib borilgan tadbirlar zararli hashorotlarni paydo bo`lishini, rivojlanishini,tarqalishini oldindan bashorat qilishni asosini tashkil etadi. To`g`ri qilingan bashorat natijasi, zararli hashoratlarga qarshi kurash ishlari,chora tadbirlari o`z vaqtida tizimli ravishda amalga oshirilishini ta`minlaydi [3].
Kuzgi bug`doy o`simlik navlarini kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilmasdan turib, ulardan sifatli va yuqori mo`l hosil olib bo`lmaydi. Kuzgi bug`doy o`simligining asosiy zararkunandalariga -zararli xasva (Eurygaster integriceps Put) Scutelleridae — skutelleridlar oilasi hamda oʻsimlik bitlari, shiralar — tengqanotli xartumli hashortlar kenja turkumi vakillarini aytish mumkin.O`simlik bitlarini mingga yaqin turi maʼlum. Masalan, 6 dona voyaga yetgan xasva 0,30 m.kv maydondagi bug‘doy yoki arpani boshoq chiqarishi davrida batamom nobud qilishi mumkin [4]. Xozirgi kunda yer yuzida ekologiya va iqlim o`zgarishi tufayli zararkunanda hasharotlarning bir qancha yangi turlari paydo bo`la boshlagan. Bundan tashqari qishda havoning keskin sovuq bo`lmaganligi tufayli yerning yuza qatlamidagi va daraxtlar po`stlog`i ostida o`rnashib qolgan zararkunandalar nobud bo`lmay erta bahordan o`simliklar va daraxt mevalariga o`rnashib oladi. Shu tufayli erta bahorda daraxtlarning pastki qismi ohak eritmasi bilan oqlanadi. Bunda daraxt po`stlog`i ostida o`rnashib qolgan zararkunanda hasharotlarning tuxumi ohak eritmasi tarkibidagi ishqor ta`sirida nobud bo`ladi [5]. Erta bahorda amalga oshirilgan bu agrotexnik tadbir daraxt mevasining sifatli va hosilining yuqori bo`lishiga zamin yaratadi.
Qishloq xo`jaligi tarmoqlarining rivojlanishi bugungi kunda insonlar hayotiga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Yangi texnika va tehnologiyalar kirib kelishi esa dehqonlar va fermerlar mushkulini osonlashtirish bilan qatorda ish sifatini yaxshilanishiga olib keldi. Qishloq xo`jaligida ko`p yillardan beri o`simliklar orasidagi begona o`t va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish asosiy muammolardan bo`lib hisoblanadi. Chunki, o`simliklardagi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashishni bir kunga kechiktirish butun ekinni nobud qilishi mumkin. Bunday holatda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda tarkibida kimyoviy zaharli modda bo`lgan turli pestitsidlardan foydalaniladi. Pestitsidlar bu o`simlik zarakunandalari va kasalliklari, begona o`tlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy moddalardan biridir. Ularni zararkunandalarga qarshi ishlatganda, albatta, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart. Chunki, ular tarkibidagi kimyoviy moddalar nafas yo`lini zaharlab, butun organizmga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Bundan tashqari bu preparatlar zararkunandalarning tabiiy dushmani, ya`ni foydali hasharotlarni ham qirib tashlaydi. Shu sababli bu pestitsidlardan faqat o`ta zararlangan xududga so`ngi chora sifatida foydalanish mumkin, aks holda o`simlik organizmiga ham salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Pestitsidlarni umumiy holda qo`llash tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari bu pestitsidlarning narxi juda qimmat, bu esa ekinning ya`ni hosilning tannarxi oshishiga olib keladi. Biroq, zararkunanda hasharotlarga qarshi chora-tadbirlar vaqtida qo`llanilmasa hosildorlik kamayishiga olib kelishi mumkin. Hozirda dunyo miqyosida “qopqon” agrotexnologiyalari ishlab chiqilayotgani bejizga emas. Bu jarayonda dalada zararkunanda hasharotlar oziqlanishi uchun ataylab maxsus hududlar barpo etilmoqda. Chunki ular o`simliklar bilan emas shu yerga yoyilgan chirindilar bilan oziqlanadilar. Shu bilan katta iqtisodiy samaraga erishiladi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurshaganimiz yangi kimyoviy usullar qo`llaganimiz sayin ular ham unga chidamli bo`lib bormoqda. Demak, biz zazarkunanda hasharotlarga qarshi kurarishning tabiiy yo`llarini izlashimiz va takomillashtirishimiz kerak. Biz bunga mavjud iqlimiy vaziyatdan kelib chiqib yondashishimiz va havoning kechasi sovib ketsihi va kunduzi juda isib ketishini inobatga olib yangi innovatsion dastur yaratishimiz lozim. Buni har bir o`simlik uchun alohida ishlashimiz va ilmiy yondashgan holda amalga oshirishimiz kerak. ajribalardan ma`lumki,kelgusi yildagi zararli hashorotlarni miqdori va kasallik tarqatuvchilarning rivojlanishi,faqatgina ularning o`tgan yilgi zahiralari miqdori bilan emas, balki o`sha zararkunandalarni yashash tarzi, fiziologik xususiyatlariga ham bog`liqdir.Shuningdek bashorat qilishda zararli organizmlarni o`tgan yildagi va kelasi yildagi yashash muhitini ham hisobga olish kerak. Shuning uchun ham zararli hashorotlarni miqdori va tarqalishini oldindan bashorat qilish uchun ularning o`tgan yil oxiridagi zaxiralarini bilibgina qolmasdan,balki ularni rivojlanish sharoitlarini ham har yili muntazam ravishda monitoring qilib borish zarur hisoblanadi.
Shundagina biz qishloq xo`jalik mahsulotlaridan ayniqsa kuzgi bug`doy navlaridan yuqori hosil olishimiz va sohaning iqtisodiy o`rnini mustahkamlashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1) Q.Sh.Tursunov va boshqalar “Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil
olishda zararli organizmlarni tarqalishini prognozlash va monitoring qilishning
ahamiyati” 2022 y tezis. 2) H.Kimsanboyev va boshqalar “Entomologiya” T.-2006. 3) X.X. Kimsanboyev,B.A.Sulaymonov va boshqalar “Entomologiya va
fitopotologiya”-T. -2017. 4) Sh.T. Xo‘jaev “Entomologiya, qishloq xo‘jalik ekinlarini himoya qilish va
agrotoksikologiya asoslari” – T. - 2010. 5) Babajanova, S. Y., Matkarimov, N. B., & Ibadullyeva, S. M. (2019). The influence
offertilizer standardson the grain quality of fresh and perspective wheat
sort. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 4(2), 110-117.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.