ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

“IKKI ESHIK ORASI”: YURAKDAN YURAKKA YETGAN FARYOD.

Annotatsiya

"Ikki eshik orasi" - atoqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub, oʻzbek adabiyotining zabardast asarlaridan biridir. Roman inson umrining tugʻilish va oʻlim oraligʻidagi ziddiyatga, qonli urush jabr - sitamlar chekkan xalq hayoti keltirilgan. Asarda oilaviy munosabatlar, jamiyatdagi illatlar, insoniylik va mehr - muhabbat kabi mavzular teran yoritilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

“IKKI ESHIK ORASI”: YURAKDAN YURAKKA YETGAN FARYOD.

Toʻylieva Sevara

Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

"Ikki eshik orasi" - atoqli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub, oʻzbek adabiyotining zabardast asarlaridan biridir. Roman inson umrining tugʻilish va oʻlim oraligʻidagi ziddiyatga, qonli urush jabr - sitamlar chekkan xalq hayoti keltirilgan. Asarda oilaviy munosabatlar, jamiyatdagi illatlar, insoniylik va mehr - muhabbat kabi mavzular teran yoritilgan. KALIT SOʻZLAR: mahoratli yozuvchi, qonli urush, xiyonat, mehr - muhabbat, mehnatkash dehon, sadoqat. Kirish:

Oʻtkir Hoshimov - yurtimiz ardoqlagan va sevgan adib, soʻz ustasi! Uning asarlarini nafaqat oʻzbek yoshlari boshqa davlat yoshlari ham sevib mutolaa qilishadi. Oʻrtkir Hoshimovning barcha asarlarini sevib mutolaa qilar ekanman bu asarlar yuragimda oʻzim anglamas his-tuygʻularni paydo qilagan. Ushbu maqolada "Ikki eshik orasi" romanniga toʻxtalib oʻtmoqchiman. Bu asarda yozuvchi inson umrining mazmuni, tugʻilish va oʻlim orasidagi hayot yoʻli, or - nomus, sabr, eʼtiqod, vafo kabi qadriyatlarni xalqona ruhda badiiy mahorat bilan tasvirlaydi. "Ikki eshik orasi" romani nafaqat bir inson taqdiri balki xalq taqdiri, millat yuragidagi savollarga javob beruvchi asardir. Adib, birinchi insonlar tinchini buzgan, farzandlarni yetim qoldirgan, ota - onani qon yigʻlatgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush har bir inson koʻngliga oʻz nayzasini sanchib oʻtganligi asarda yaqqol namoyish etilgan.

Yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Roman yetti qism qirq yetti bobdan tarkib topgan boʻlib kompozitsion qurilish jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Har bir bobdagi hikoyalar bir biriga juda ham ustalik bilan bogʻlangan. Asosiy qism:

"Ikki eshik orasi" romanida voqea Toshkent atrofidagi qishloqlardan birida, asosan ikkinchi jahon urushi yillarida boʻlib oʻtadi. Yozuvchi asarda qishloq hayotining urushdan oldingi va keyingi turmush tarzi haqida ham keltirib oʻtgan. Roman voqeasi Qora amma, Robiya, Kimsan Husanov, Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra'no, Umar Zakunchi, Olimjon Komilov kabilarning tilidan asar hikoya qilinadi. Hikoyalar mazmunan bir birini bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib bir- birini toʻldirib keladi. Asarda asosiy obrazlargina emas, Rashid Abzi, Bashor opa, Samadov singari epizodik obrazlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qora amma asarda ajralib turadi. Qora Amma: mehribon, sodda, bardoshli va jafokash ayol. Uning obrazida urush davridagi onalar siymosi tasvirlangan. U boshiga tushgan barcha qiyinchiliklarni sabr - bardosh bilan yengib oʻtdi. Ammo soʻnggi nafasigacha farzandiga boʻlgan sogʻinch hissi yuragiga bosish bir umrlik armonga aylandi. Huddi shu kabi ogʻriq bilan qiynalganlardan yana biri bu Robiya. U onasining oʻlimi, otasi Samatovning tuhmat tufayli qamalib ketishi, unga otilgan tana dashnomlar uning hayotini keskin oʻzgartirib yubordi. Robiyaning quyidagi jumlalaridan ham oʻquvchi anglab olsa boʻladi. " Toʻsatdan tushgan gʻam yosh bolani bir kunda katta odamga aylantirib qoʻyar ekan... "Hayot baland pastliklardan iborat. Hayotning bu qismati ushbu asrda aks etgan. Roman Orif oqsoqol, Husan duma, Komil tabib kabi obrazlar ham asarni yoritib bergan. Ayniqsa, Orif oqsoqol obrazi romanga koʻrk bagʻishlaydi. Uning insonparvarligi, jonkuyarligi, fidoyiligi, odamlar orasida qozongan obroʻ- e'tibori, eng ogʻir damlarda qiyinchiliklarni yengib oʻtishga oʻzida kuch va iroda topishi bilan oʻquvchi xotirasiga muhrlandi. U donishmand, tajribali, hayotning achchiq chuchugini tatib koʻrgan shaxs.

Urushning sovuq nafasi hammaning yostigʻini quritayotgan bir vaqtda nafsini jilovlay olmagan kimsalar oʻz yoriga xiyonat qiladi. Shulardan biri Ra'no, Shomurodga xiyonat qilib Umar Zakunchi bilan qochib ketadi. Yozuvchi quyidagi jumlalarni keltiradi: " Dunyo oʻtkinchi deymiz yoʻq, dunyo emas, biz oʻtkinchimiz. Bahor bir aylanib kelguncha birov tugʻiladi, birov oʻladi. Birov birovni yaxshi koʻradi. Birov birovning koʻziga choʻp soladi. Bu kabi xiyonatlar hammaning koʻnglini bexush qiladi. Qora amma oʻgʻli Kimsaning sevgilisi Robiyani ilojsizlikdan ukasi Shomurodga toʻy qilib uzatadi. Shomurod Ra'noni jonidan ortiq koʻrardi, lekin Ra'no buning qadriga yetmadi. Oʻz nafsining qurboniga aylandi. Soʻnggi nafasigacha baxtni his qilmasdan oʻtdi. Ra'nonning qilgan nomaqul ishlari uchun Robiya jabr chekdi. U sabirli, mehribon, bardoshli oʻzbek ayoli sifatida barchaga oʻrank boʻla oladi.

Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, bu urush hech bir kimsaning hayotiga xavf solmasdan qolmadi. Kimnidir otasidan, onasidan, yoridan, jigargoʻsha Farzandidan ayirdi. Oʻzi yemay barchasini jangchilar ogʻziga tutgan fidoyi dehqonlar jasorati madh qilingan. Daladan beri kelmagan ayol - qizlarimiz taqdiri ayanchli Hammalarining yuragida bitta umid tinchlik umidi bong urgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning bu asarini har bir kitobxon koʻzi yoshlanib, qalbi titrab mutolaa qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI

1.Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" Roman 2013. 2.Said Ahmad "Ikki eshik orasi" Romani haqida. 2014 ziyouz.com 3.O. Sharafiddinov " Ikki eshik orasi" romani haqida 2016 " huriyyat" gazetasi. 4.Abdulhamidov. Gʻ Yangiboyeva. Sh 2023. Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari talqini. Uzresearchers.com

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.