BOLALARDA KO‘KYO‘TAL KASALLIGI ASORATLARINI BAHOLASH
Sultonov Ravshan Komiljonovich, Odiljonov Ozodbek Odiljonovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz, O‘zbekiston Muammoning dolzarbligi: Ko‘kyo‘tal (pertussis) - bu yuqori nafas yo‘llarini zararlaydigan, asosan bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqaladigan havo-tomchi infeksion kasallikdir. Kasallikning rivojlanishining asosiy ko‘rinishi xurujsimon yo‘tal va nafas yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir kasallik bo‘lib, emlash kalendariga rioya qilmaslik butun sog‘liqni sqlash tashkiloti oldida turgan jiddiy muammolardan bir bo‘lib qolmoqda. 2022-yilda AQShda 2 388 ta ko‘kyo‘tal bilan kasallnish va 3 ta o‘lim holati qayd etilgan. 2014-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda kasallanishning pasayishiga olib keladigan omillardan biri, ayniqsa, kattalar va homilador ayollar o‘rtasida immunizatsiya darajasining oshishi hisoblanadi. Har 100 000 nafar chaqaloqning kasallanish chastotasi <6 oylik chaqaloqlar orasida eng yuqori bo‘ldi (78%) [6], >20 yoshdagi shaxslar qayd etilgan holatlarning 45,6% ni tashkil etdi. Ko‘kyo‘tal bilan xastalanganlarning asosiy qismini 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar tashkil etadi va ularning eng katta ulushi 2009-yilga to‘g‘ri keladi. Ko‘kyo‘tal infeksiyasi qayd etilgan barcha holatlarning 97,1% ni tashkil etdi. Ular orasida bolalar ko‘pchilikni tashkil etgan 7-14 yosh (41,2%); kasallikka chalingan bolalar ulushi 1 yoshgacha 20,8% ni, 3-6 yoshda esa 22,6%. Rossiyaning ayrim hududlarida ko‘krak yoshidagi bolalarning kasallanishi 100 mingga 100 ta, o‘lim holatlari esa har yili qayd etiladi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida (AQSH, Avstraliya, Niderlandiya, Kanada va boshqalar), bolalar emlash qamrovi yuqori bo‘lishiga qaramasdan ko‘kyo‘tal epidemiyasi avj olib bormoqda. Ko‘yo‘tal bilan kasallanganlarning yosh tuzilmasida ustunlik qiladi: 7-14 yoshli o‘quvchilar (37,9%), bir yoshgacha bo‘lgan bolalar 25% ni, 3-6 yoshli bolalar 18,2% ni tashkil etadi. Bemorlarning emlanganlik ko‘rsatkichi (65%) bo‘lgan. Katta yoshlik bemorlar o‘smirlar va kattalarda ko‘kyo‘tal ko‘p uchraydi va atipik shakllarda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa allergologlar, otolaringolog, terapevtlarda samarasiz davo muolajalari olib boriladi. Adabiyotlar tahlili o‘rganilganda, katta yosh guruhlarida ko‘kyo‘tal tipik tarzda o‘tishi va pnevmoniya (2%), siydik tuta olmaslik (28%), kollaps (6%), qovurg‘alar sinishi (4%) va boshqalar bilan asoratlanishi mumkin. Ko‘kyo‘tal kasalligini bolalarda va kattalarda bronx-o‘pka asoratlariga ega va ega bo‘lmagan bemorlarda solishtirma taxlilini o‘rganib, erta tashhisot va aniq yo‘nalish olishga erishiladi. Tadqiqot maqsadi: Bolalarda ko‘kyo‘tal kasalligi asoratlarini baholashdan iborat. Tekshirish usullari va materiallari: O‘tkazilgan tadqiqot ishi Surhondaryo viloyati Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Angor tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida yotib davolangan bemorlar asosida olib borildi. Yuqumli kasalliklar bo‘limida 2021-2024 yil davomida ko‘kyo‘tal kasalligi fonida bronx-o‘pka asoratlari ko‘zatilgan va bronx-o‘pka asoratlari ko‘zatilmagan 140 nafar yotib davolangan bemorlarda o‘rganildi. Barcha bemor bolalarda tekshiruv o‘tkazilish vaqtida ko‘kyo‘talni klinik manzarasi yaqqol kuzatildi. Qo‘yilgan vazifalarga mos xolda, hamma bemorlarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganildi: Asosiy guruhga 90 nafar (64%) bronx – o‘pka asoratli ko‘kyo‘tal bolalar va nazorat guruhiga 50 nafar (36%) asoratlanmagan ko‘kyo‘tal bolalar olindi. Har ikkala guruh bolalarda ko‘kyo‘tal kechishi va kasallikning klinik kechish jixatlariga ta’sir qiluvchi premorbid fon kasalliklari o‘rganildi. Bemor bolalar jinsiy tarkibi bo‘yicha o‘rganilganda asosiy guruhda o‘g‘il bolalar 48 nafarni (53%), qiz bolalar 42 nafarni (47%), nazorat guruhida esa o‘g‘il bolalar 26 nafarni (52%) va qiz bolalar 24 nafarni (48%) tashkil etdi. Jinsiy tarkibi bo‘yicha guruhlarda statistik ahamiyatli farqlar kuzatilmadi. Tadqiqot davomida jinsiy tarkibi bo‘yicha o‘rganilganda o‘g‘il bolalar 74 nafarni (53%), qiz bolalar 66 nafarni (47%) tashkil etdi. Jinsiy tarkibi bo‘yicha guruhlarda statistik ahamiyatli farqlar kuzatilmadi. Tadqiqot natijalari: Ko‘kyo‘talning asoratlari, odatda, kasallikning og‘ir shakllari bilan kasallangan bolalarda rivojlandi. Kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishi, to‘g‘ri davolash, bemorning yoshi, kasallikning og‘irlik darajasi va yondosh kasalliklarning mavjudligi ko‘kyo‘tal kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kasallikdan so‘ng bir umrlik turg‘un immunitet shakllanadi. Ko‘kyo‘tal butun dunyoda ko‘krak yoshidagi bolalar ichida monoinfeksiya sifatida 10,5% holatlarda letal oqibat sababi hisoblanadi 1- jadval Guruxlarda bemor bolalarning yoshi haqida ma’lumot. Yoshi
Asosiy guruh
Nazorat guruh
N=50
Jami N=140
M % M % M %
0-3 yosh 17 19 5 10 22 15,7 3-7 yosh 36 40 18 36 54 38,6 7-14 yosh 37 41 27 54 64 45,7 Kuzatuvga olgan bemorlarimizda ko‘kyo‘tal kasalligi bolalarda mavjud kalendar bo‘yicha ko‘kyo‘talga qarshi emlanganlik darajasini o‘rgangamizda, 2-jadval Bemorlarda bronx- o‘pka asoratlari bilan asoratlangan ko‘kyo‘talli bolalarda emlanganlik darajasi bo‘yicha taqsimlanishi
Asosiy gurux
Nazorat guruxi
N=50
Abs. % Abs. % Emlanmagan 40 44 14 28
AKDS-1 27 30 18 36
AKDS-2 17 19 10 20
AKDS-3 6 7 8 16
Emlash oraliqlarining buzilishi bo‘lganlar
29 32 12 24 Kuzatuvimizda bo‘lgan asosiy guruh bolalarda bronx-o‘pka asoratlari o‘z navbatida onasining so‘zidan bemor shikoyatlari, kasallik klinik belgilari, obektiv va instrumental tekshiruv natijalari asosida kichik guruxlarga bo‘lindi va quyidagicha o‘rganildi: bronxopnevmoniya 34 nafar (38%) bemorlarda, o‘tkir bronxit 29 nafar (32%) bemorlarda, laringit 11 nafar (12%) va bronxit+laringit 16 nafar (18%); Nazorat guruh bolalarda esa bronx-o‘pka asoratlari kichik guruxlarga bo‘lib o‘rganilganda quyidagicha: bronxopnevmoniya 6 nafar (12%) bemorlarda, o‘tkir bronxit 16 nafar (32%) bemorlarda, laringit 15 nafar (30%) va bronxit+laringit 13 nafar (26%) bemorlarda kuzatildi. 3- jadval Bolalarda ko‘kyo‘talning bronx-o‘pka asoratlari Asosiy guruh kesimida
0-3 yosh
N=17
3-7 yosh
N=36
7-14 yosh
N=37
Jami
Abs. % Abs. % Abs. % Abs. % Bronxopnevmoniya 8 47 15 41,6 11 30 34 38 O‘tkir bronxit 4 23 10 27,7 15 40 29 32 Laringit 2 12 5 14 4 11 11 12 Bronxit+laringit 3 18 6 16,6 7 19 16 18 Xulosa: Ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bolalarda bronx-o‘pka asoratlaridan, bronxopnevmoniya asosiy guruhda 38% va Nazorat guruhdagi bolalarda esa o‘tkir bronxit 32% tekshiruvdagi bemorlarning 44% umuman emlanmagan, shulardan 10% emlash yoshiga yetmaganligi aniqlandi. Asosan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘kyo‘talga qarshi emlash to‘liq tugallanmaganligi sababli ko‘kyo‘tal kasalligi og‘ir kechadi, ularga aloxida terapevtik yondoshish talab etiladi.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.