YETISHTIRISH
b.f.n. dots: Sattarov Abdumurod Sattarovich
magistr: Eshpo’latov Sunnatullo Erkin o’g’li
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi mutaxassisligi
eshpulatov_sunnatullo@mail.ru Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining iqlim-sharoitlari va mahalliy ekotizim xususiyatlarini inobatga olgan holda Plantago major (Zubturum L.) o‘simligini in vitro sharoitida intensiv ko‘paytirish protokoli ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: Surxondaryo, Plantago major, zubturum, in vitro, mikroko‘paytirish, sterilizatsiya, adaptatsiya. Аннотация. В данной статье разработан протокол интенсивного размножения подорожника большого (зубтурум L.) in vitro с учётом климатических условий Сурхандарьинской области и особенностей местной экосистемы. Ключевые слова: Сурхандарья, подорожник большой, зубтурум, in vitro, микроразмножение, стерилизация, адаптация. Abstract. This article develops a protocol for intensive in vitro propagation of plantain (Denthurium L.), taking into account the climatic conditions of the Surkhandarya region and the characteristics of the local ecosystem. Keywords: Surkhandarya, plantain, Denthurium, in vitro, micropropagation, sterilization, adaptation.
So‘ngi yillarda dunyo miqyosida kasaliklar turi va kasallanish sonining ortishi dori darmonga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlar dunyoning rivojlangan mamlakatlari ko‘plab laboratoriyalarida olib borilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ham farmatsevtik ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy xom ashyolar asosida dori preparatlarining texnologiyasini ishlab chiqish, hamda bu ishlarni amaliyotga tatbiq qilish ayni damda bu soha vakillarining muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Zubturumning dorivorlik xususiyatlari asosan uning bargi, urug‘i va ildizidagi bioaktiv moddalar — flavonoidlar, saponinlar, taninlar, polisaxaridlar, A, C va K vitaminlari, shuningdek, antibakterial fermentlar bilan bog‘liq. Ushbu moddalar yallig‘lanishga qarshi, mikrobga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, qon to‘xtatuvchi va yaralarni bitkazuvchi xususiyatlarga ega [1]. Xalq tabobatida zubturumdan quyidagi hollarda foydalaniladi: 1. Ochilmagan yaralar va kuyishlar uchun kompress sifatida; 2. Yo‘tal, bronxit, shamollashda damlama ko‘rinishida; 3. Oshqozon-ichak kasalliklarida me’da faoliyatini yaxshilovchi vosita sifatida. Farmatsevtika sanoatida esa zubturum asosida sirop, damlama, maz va tabletkalar ishlab chiqarilmoqda . Shu bilan birga, u biologik faol qo‘shimcha (BFQ) sifatida ham keng qo‘llaniladi. Zubturum o‘simligi ekologik jihatdan ham juda chidamli bo‘lib, turli tuproq sharoitlarida o‘sishga moslashgan. Ayniqsa, u tuproqdagi og‘ir metallarni o‘zlashtirib, bioremediatsiya (tabiiy tozalash) jarayonlarida foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, zubturum changga, pestitsidlarga va atrof-muhitdagi zararlovchi omillarga nisbatan yuqori darajada qarshilik ko‘rsatadi, bu esa uni ekologik toza hududlar bilan bir qatorda sanoat zonalarida ham o‘stirish imkonini beradi. Tibbiyotda ushbu o‘simlikdan yaratilgan preparatlar ayniqsa pediatriya, dermatologiya va gastroenterologiya sohalarida qo‘llanilmoqda. Misol uchun, bolalarda bo‘ladigan yengil nafas yo‘llari yallig‘lanishlari va yo‘talga qarshi zubturum siropi samarali hisoblanadi. Zubturum urug‘i esa hozirgi kunda parhezda qo‘llanilib, ovqat hazm qilishni yaxshilovchi tabiiy vosita sifatida tan olinmoqda. Zubturumning xalq tabobatidagi qadimiy qo‘llanilishi ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlanib, bugungi kunda biologik faol moddalarning laboratoriya sharoitida aniqlanishi va dorilar shaklida ishlab chiqilishi orqali tibbiyotda yangi imkoniyatlar ochmoqda. Shu bois ushbu o‘simlikni chuqur o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va undan samarali foydalanish istiqbollari juda keng.
Zubturum, bargizub (Plantago major L.) o'simligining kimyoviy tarkibi (%).
1-jadval
Moddalar nomi Qaysi organda ko’p
miqdorda bo’lishi
% miqdori
Efir moylar Yer ustki qismida 0.1
C va K vitamin Yer ustki qismida 3
karotin, flavonoidlar Yer ustki qismida 4.5-32.91
Yo gʻ saponinlar Urug'da 22
Shilliq Urugʻda 44 Mikroklonal ko‘paytirish – o‘simliklarni hujayra va to‘qimalari orqali jinsiy ko‘paytirish usuli bo‘lib, undan xuddi ona o‘simlik bilan har jihatdan o‘xshash organizmni hosil bo‘lishidir. Mazkur texnologiya haqida gap ketar ekan, o‘z o‘rnida uning samaradorligini ham ta’kidlash lozim. Masalan: 1. Tez ko‘paytirish: In-vitro usuli orqali o‘simliklarni ko‘paytirish jarayoni an'anaviy usullarga nisbatan ancha tez va samarali. Bu usul orqali bir yil davomida millionlab ko‘chatlar olish mumkin. 2. Genetik barqarorlik: Ushbu texnologiya o‘simliklarning genetik barqarorligini saqlab qoladi, ya'ni bir xil sifatdagi ko‘chatlar olinadi. 3. Yuqori hosildorlik: In vitro texnologiyasi orqali ko‘paytirilgan o‘simliklar yuqori hosildorlik va kasalliklarga chidamlilik ko‘rsatadi. In-vitro uslubining foydali tomonlaridan biri shuki, ushbu ko‘paytirish usullari ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lib, tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi. Shuningdek, an'anaviy ko‘paytirish usullariga nisbatan bu texnologiya orqali xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Va albatta, in-vitro texnologiyasi ilm-fan, qishloq xo‘jaligi sohalarida ko‘plab innovatsiyalarga imkoniyat yaratadi, bu esa qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. In-vitro texnologiyalari qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning samaradorligi, afzalligi va ko‘plab foydali tomonlari tufayli bu usul keng tarqalmoqda. Ushbu texnologiyalar yordamida yuqori hosildorlik, sog‘lom ko‘chatlar va ekologik barqarorlikni ta'minlash mumkin. Bu esa qishloq xo‘jaligining samaradorligini oshirish va yangi innovatsion yutuqlarga erishish imkoniyatlarini ochib beradi. Surxondaryo Viloyati O‘zbekistonning eng issiq hududi bo‘lib, dorivor o‘simliklar xilmaxilligi bilan ajralib turadi.
MATERIALLAR VA METODLAR
Namunalar Surxondaryoning Quyoshli, Termiz tumani atroflaridan yig‘iladi Sterilizatsiya ketma-ketligi: - 70% etanol – 40 soniya - 2.5% NaOCl – 10 daqiqa
NATIJALAR
Ko‘payish samaradorligi: - MS + 1 mg/l BAP + 0.1 mg/l NAA – 5–7 baravar ko‘payish. - IBA bilan ildizlanish – 88–92%.
MUHOKAMA
Surxondaryo populyatsiyasi stressga chidamliligi sababli in vitro ko‘payish koeffitsiyenti yuqori bo‘ldi.
XULOSA
— Eng yaxshi ko‘paytirish muhiti: MS + BAP 1 mg/l + NAA 0.1 mg/l — Sterilizatsiyaning optimal rejimi: 70% etanol + 2.5% NaOCl — IBA bilan ildiz hosil bo‘lish: 90% gacha Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki odatiy o‘simlik ko‘chatlaridan ko‘ra in-vitro laboratoriyalarida yetishtirilgan nihollarning ham bir necha afzalliklari mavjud. Sog‘lom ko‘chatlar: Laboratoriya sharoitida ko‘paytirilgan o‘simliklar viruslardan xoli, sog‘lom va kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Turli xil o‘simliklarni ko‘paytirish: In-vitro texnologiyasi orqali ko‘paytirish jarayoni murakkab bo‘lgan hamda noyob o‘simliklarni ham ko‘paytirish mumkin. Yangi navlarni o‘stirish: Genetik modifikatsiya va seleksiya usullari yordamida yangi navlarni yaratish, ularni keng ko‘lamda sinab ko‘rish imkoniyati mavjud. Yana qo’shimcha qilib shuni aytish mumkinki Zubturum (Plantago major) oʻsimligi oʻzining boy kimyoviy tarkibi va keng dorivorlik xususiyatlari bilan qadimdan xalq tabobatida muhim oʻrin egallab kelmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni koʻrsatadiki, ushbu oʻsimlik tarkibidagi bioaktiv moddalar turli kasalliklarni davolashda samarali boʻlib, ayniqsa yalligʻlanishga qarshi, mikrobga qarshi va yaralarni bitkazuvchi taʼsir ko‘rsatadi. Zubturum oson yetishtiriladigan, ekologik barqaror va arzon manba bo‘lib, undan nafaqat an’anaviy tibbiyotda, balki zamonaviy farmatsevtika sanoatida ham keng foydalanish mumkin. Shu bois, kelgusida zubturumning farmakologik imkoniyatlarini chuqurroq oʻrganish va undan dori vositalarini ishlab chiqarishda foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR
1. Murashige T., Skoog F. (1962) 2. George E.F., Hall M.A., De Klerk G.-J. (2008) 3. WHO Monographs on Selected Medicinal Plants 4. Surxondaryo ekologik atlas ma’lumotlari 5. Rahimov A., Karimova S. (2021) 6. Xoliqov K., Oʻzbekiston janubidagi dorivor oʻsimliklar, 2017 yil 7. Butenko R.G. Biologiya kletok vыsshix rasteniy in vitro i biotexnologii na ix osnove.
– M.: FBK-PRESS, 1999. – 160 s
8. Babikova A.V., Gorpenchenko T.Y., Juravlev Yu.I. Rastenie kak obyekt biotexnologii // Komarovskie chteniya. – Vыp. LV. – 2007. –S. 184-211 9. Karimov, A.X., & Xabibullayeva, M. (2019). Dorivor oʻsimliklar va ularning xalq tabobatidagi oʻrni. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 10. Xolmatova, G.T. (2021). “Zubturum oʻsimligining biologik xususiyatlari va farmakologik ahamiyati”, Biologiya va tibbiyot muammolari jurnali, 3(5), 44–49.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.