ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

SURUNKALI B GEPATITIDA NOANIQ FAZA: QHBSAG VA KLINIK TAHLILLAR ASOSIDA BAHOLASH

Annotatsiya

HBeAg manfiy va HBV DNK aniqlanmagan surunkali B gepatiti bilan og‘rigan bemorlarda kasallik klinik jihatdan sokin kechayotgandek tuyulishi mumkin. Biroq, ularda jigarda fibroz yoki saraton (GSK) rivojlanishi xavfi saqlanib qoladi. Ushbu holatda qHBsAg va pgRNA kabi virus markerlarini baholash orqali bemorning haqiqiy holatini aniqlash va o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rish muhim hisoblanadi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

KLINIK TAHLILLAR ASOSIDA BAHOLASH

Raxmanova A.M., Kasimova R.I., Musabayev E.I

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va

parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-

tadqiqot instituti Dolzarbligi: HBeAg manfiy va HBV DNK aniqlanmagan surunkali B gepatiti bilan og‘rigan bemorlarda kasallik klinik jihatdan sokin kechayotgandek tuyulishi mumkin. Biroq, ularda jigarda fibroz yoki saraton (GSK) rivojlanishi xavfi saqlanib qoladi. Ushbu holatda qHBsAg va pgRNA kabi virus markerlarini baholash orqali bemorning haqiqiy holatini aniqlash va o‘z vaqtida davolash choralarini ko‘rish muhim hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi: Ushbu tadqiqotda HBsAg musbat, HBeAg manfiy va HBV DNK aniqlanmagan surunkali B gepatiti bilan xastalangan bemorlarda kasallikning noaniq fazasini baholash, faol infeksiya xavfini aniqlash hamda kuzatuv zarurligini asoslash maqsad qilindi. Materiali va usullar: Tadqiqotga 127 nafar surunkali HBV infeksiyali bemor jalb qilindi. Barcha bemorlar HBsAg musbat, HBeAg manfiy, virusga qarshi davo olmagan va HDV infeksiyasiz holatda bo‘lgan. Zardobdagi qHBsAg darajasi, HBV DNK miqdori, ALT, AST, hamda fibroskan ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Noaniq fazaga mansub bemorlar alohida guruh sifatida ajratildi. Natijalar: Tahlil natijasiga ko‘ra 53 (41,7%) bemor noaniq fazaga kiritildi. Ularda:

 qHBsAg darajasi: 12 - 100 000 XB/ml,

 HBV DNK: 0 - 660 000 XB/ml,

 Fibroskan: 3,5 - 26,7 kPa,

 ALT: 20 - 327 Birlik/L,

 AST: 14 - 278 Birlik/L oralig‘ida bo‘ldi.

Barcha bemorlar avval virusga qarshi davo olmagan. Qiziqarli jihati

shundaki, ba’zi bemorlarda ALT darajasi me’yorda bo‘lsa-da, jigarda fibroz

darajasi yuqori ekani aniqlandi, bu esa noaniq fazada ham xavfli o‘zgarishlar

bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Xulosa: HBeAg manfiy, HBV DNK aniqlanmagan bemorlarda ham kasallik faolligi va jigar shikastlanishi davom etishi mumkin. Ushbu bemorlarning holatini baholashda qHBsAg va klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlar muhim ahamiyat kasb etadi. Noaniq fazadagi bemorlar yuqori xavf guruhiga kiradi va ular doimiy dinamik kuzatuv hamda individual yondashuvni talab etadi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.