TERMIZ 2025
“TIBBIYOTNING DOLZARB MUAMMOLARIGA INNOVATSION
YONDASHUVLAR” TALABALAR VA YOSH OLIMLAR 1-ILMIY-AMALIY
KONFERENSIYASI
SINDROMIDA UYQU BUZILISHLARINING XUSUSIYATLARI
Shoyzoqova Dildora Akbar qizi
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
Bolalar nevralogiyasi yo'nalishi 1-kurs magistri
Saidxodjayeva Saida Nabiyevna
Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari
va tibbiy genetika kafedrasi dotsenti, t.f.d. Kirish. Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (DYGS)-eng keng tarqalgan psixonevrologik buzilish hisoblanadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha 3 % dan 7 % gacha bolalar bu patologiyadan aziyat chekadi. Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi diqqatni jamlay olmaslik, giperaktivlik va impulsivlik simptomlari bilan tavsiflanadi. Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi klinikasining muhim simptomlaridan biri bu-uyqu buzilishi bemorlarda uyquga ketishning qiyinligi, uyqu vaqtining qisqarishi ko’rinishida kuzatiladi. Tadqiqot maqsadi. Bolalarda diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromida uyqu buzilishlarining klinik xususiyatlarini va neyrofiziologiyasini o‘rganish. Materiallar va usullar. Tadqiqot Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti klinik bazasida 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan 20 nafar har ikki jinsdagi diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi tashxisi qo’yilgan bolalarda olib borildi. Tadqiqot davomida bolalarning klinik-nevrologik statusi, uyquga ketish vaqti, uyqu davomiyligi va uyqu sifati o’rganildi. Tadqiqot natijalari. Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi bilan og‘rigan bolalarning 75%ida turli shakldagi uyqu buzilishlari kuzatildi. Jumladan, 40% bolalarda uyquga ketishda qiyinchilik, 40%ida kechasi tez-tez uyg‘onish va 20%ida uyqu davomiyligi qisqa ekanligi qayd etildi. Uyqu buzilishlarining og‘irligi Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi simptomlarining zo‘rayshiga, ayniqsa diqqat jamlashdagi muammolar va hissiy barqarorlikning buzilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekani aniqlandi. Xulosa. Diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi bilan og’rigan bolalarda uyqu buzilishlari keng tarqalgan bo‘lib, sindromning umumiy og‘irligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa bolalarning kognitiv faoliyatini, diqqatini va xulq-atvorini yanada og’irlashtiradi. Uyqu holatining tahlili ushbu bolalarda kompleks yondashuvni talab qiladi. Vaqtida tashxis qo’yish va tuzatish choralari simptomlarni yengillashtirishda muhim ahamiyatga ega
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.