AHAMIYATI
Lutfullayeva durdona
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
klinik laborator diagnostikasi va
dktf klinik laborator diagnostikasi kursi bilan
kafedrasi magistri
KIRISH
O‘pka saratoni – nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan onkologik kasallikdir. Ko‘pchilik hollarda bu kasallik simptomlar bilan namoyon bo‘lmasligi sababli, kechikkan holda aniqlanadi. Shu bois, o‘pka saratonining erta diagnostikasi ahamiyatli bo‘lib, bunda invaziv bo‘lmagan, tezkor va nisbatan arzon usullarni joriy etish zarur hisoblanadi. Balg‘am va plevral suyuqlik sitologiyasi shunday metodlardan biri bo‘lib, o‘simtali hujayralarni bevosita mikroskop ostida aniqlash imkonini beradi. O‘pka saratoni butun dunyo bo‘yicha o‘limga olib keluvchi onkologik kasalliklar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Kasallikning dastlabki bosqichlarida aniqlanishi davolash samaradorligini oshiradi va bemorning yashash muddatini sezilarli darajada uzaytiradi. O‘pka saratoni tashxisida sitologik tahlillar muhim o‘rin tutadi. Balg‘am va plevral suyuqlik namunalarining mikroskopik o‘rganilishi o‘simtali hujayralarni erta aniqlash imkonini beradi. Ushbu tadqiqotda balg‘am hamda plevral suyuqlik sitologiyasining o‘pka saratonini erta aniqlashdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi: O‘pka saratoniga shubha qilingan bemorlarda balg‘am va plevral suyuqlikdagi sitologik o‘zgarishlarni aniqlash orqali va ushbu usullarning diagnostik sezuvchanligi va spesifikligini baholash. Tadqiqot materiallar va usullar:Tadqiqot Respublika onkologiya markazi Samarqand viloyati felialidagi shifoxonada olib borildi. Ushbu jarayon 40 nafar o‘pka saratoniga shubha qilingan bemor ishtirokida olib borildi. Shubxa ostidagilarning ko’pi 35-70 yosh oralig’dagi bemorlarni tashkil etadi. Har bir bemordan ertalabki soatlarda balg‘am namunalari yig’ildi va plevral effuziya mavjud bo’lganlarda torakotsentez yo‘li orqali plevral suyuqlik namunalari olindi. Sitologik tahlil uchun namunalar Ramonovskiy-Gimza va Pappengeim usullari bilan bo‘yalib, sitologik jihatdan mikroskop ostida tahlil qilindi. O’zgargan hujayralar aniqlangan namunalar biopsiya,KT va bronxoskopiya orqali tasdiqlandi hamda o’zaro taqqoslandi. Tadqiqot natijalari: Balg‘am sitologiyasi natijasida 15 nafar bemorda patologik hujayralar aniqlandi. Plevral suyuqlik sitologiyasida esa 18 nafar bemorda atipik hujayralar aniqlanib, ularning 16 tasida keyinchalik biopsiya orqali o‘pka saratoni tasdiqlandi. Balg‘am sitologiyasining sezuvchanligi 65%, plevral suyuqlik sitologiyasining sezuvchanligi esa 80% deb baholandi. Xulosa: O‘pka saratoniga shubha qilingan holatlarda balg‘am va plevral suyuqlikni sitologik tekshirish erta diagnostikada katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, invaziv biopsiyadan oldin bu usullar yordamida malign jarayon haqida dastlabki ma’lumot olish mumkin. Ular tashxis qo‘yishda qo‘shimcha, arzon va tezkor usul sifatida tavsiya etiladi.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.