ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

VAGINAL CANDIDANING ZAMONAVIY MIKROBIOLOGIK DIAGNOSTIKASI

Annotatsiya

Ayollarning vaginal mikrobiomasida uchrash ko‘rsatkichi yuqori va tur jihatidan eng faol bo‘lgan Candida albicans zamburug‘ining zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullari tahlil qilindi. Laborotoriya tekshiruv natijalariga asoslanib olib borilgan diagnostik tadqiqotlarda kultura, PCR, IFA usullarini amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi. Zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullarining samaradorligini tasdiqlovchi amaliy misollar keltiriladi. Bundan tashqari ayollar salomatligini yaxshilash va vaginal kasalliklarning oldini olish uchun mikrobiologik laborotoriya diagnostikaning integratsiyasiga urg‘u berildi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

DIAGNOSTIKASI

Mamasoliyeva Mushtariybonu Azizbek qizi

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent, O‘zbekiston

Ilmiiy rahbar – kafedra katta o‘qituvchisi.,

assisent G. B. Shohtursunovna Dolzarbligi. Ayollarning vaginal mikrobiomasida uchrash ko‘rsatkichi yuqori va tur jihatidan eng faol bo‘lgan Candida albicans zamburug‘ining zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullari tahlil qilindi. Laborotoriya tekshiruv natijalariga asoslanib olib borilgan diagnostik tadqiqotlarda kultura, PCR, IFA usullarini amaliyotda qo‘llanilishi o‘rganildi. Zamonaviy mikrobiologik diagnostika usullarining samaradorligini tasdiqlovchi amaliy misollar keltiriladi. Bundan tashqari ayollar salomatligini yaxshilash va vaginal kasalliklarning oldini olish uchun mikrobiologik laborotoriya diagnostikaning integratsiyasiga urg‘u berildi. Ushbu tezisda ginekologiya va mikrobiologiya sohalari integratsiya asosida vaginal Candida albicans ning mikrobiologik diagnostikasi usullari o‘rganildi va yoritib berildi. Dunyo bo‘ylab olib borilgan klinik tadqiqotlarga ko‘ra, ayollarning 50-75 % i hayotlarida kamida bir marotaba vaginal kandidoz bilan kasallanganligi qayd etilgan. 40 - 45 % ayollar infeksiya qaytalanishini boshdan kechiradi. JSST va AQSH kasalliklarini nazorat qilish va oldini olish (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, vaginal kandidoz infeksiyasiga hayot davomida deyarli 3 ayoldan 2tasi kasallika chalinadi. Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, Candida albicansning ayollar sog‘ligiga ta’sirini o‘rganish va tez, aniq, samarali natija, mos davolash va diagnostik usullarini qo‘llash zaruriyligini ko‘rsatadi. Hozirgi zamonaviy mikrobiologik tibbiyotda ayollar salomatligi uchun yangi davr: PZR usuli orqali ko‘zlangan natijalarni qayd etmoqda. An’anaviy (kultura) usuli bilan qo‘zg‘atuvchi organizmni to‘g’ri aniqlamaslik takroriy muvaffaqiyatsiz davolanish xavfiga olib keladi. QTOWER3 PZR test orqali bir nechta organizmlar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan infektsiyalarni tekshirish uchun ko‘proq foydalanilmoqda. Tadqiqot maqsadi: O‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun qo‘llaniladigan labaratoriya metodlarining amaliyotdagi tahlil va natijalari o‘rganib chiqildi. Vaginal kandidoz qo‘zg‘atuvchisi Candida albicansni PZR usulida aniqlash, ajratilgan dnk namunalarini spektrofotometr yordamida tozalik darajasini baholash, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish. Material va usullar: 2024 – yil oktabr oyi davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bakteriologik labaratoriyasida vaginal candida albicansning ayollarda uchrash darajasi va infeksiyaning antibiotiklarga sezgirligi tahlil qilindi. Candida albicansni aniqlashda tadqiqot davomida kultura usuli, PCR (polimeraza zanjiri reaktsiyasi), IFA (immuna ferment analiz) usullari o‘rganildi. Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidagi bakteriologik labaratoriya bo‘limiga murojaat qilgan ayollardan biologik namunalar olinib, dastavval, kultura usulida tekshirildi va buyurtma asosida Sanitariya – epidemiologik qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining Chilonzor tumani bo‘limida Candida albicans infeksiyasini molekulyar darajada aniqlash maqsadida qTower3 qurilmasida PZR usuli qo‘llanildi. PZR tahlilidan so‘ng, ajratib olingan DNK namunalarining konsentratsiyasi, sifati va tozalik darajasi spektrofotometrik usulida baholandi. Olingan molekulyar natijalar an’anaviy labaratoriya usullari bilan taqqoslab, tahlil qilindi. Natija. Oktyabr oyida jami 26 nafar bemor ishtirokida tahlil o‘tkazildi.Vaginal kandidoz belgilari bo‘lgan ayollarni yoshi va oldingi davolanishidan qat’iy nazar kiritildi.Candida albicans infeksiyasi bo'yicha tashxis qo'yish jarayonida, bemorning vagina, uretra , uterus cervix qismlaridan tampon namunalari olindi. To‘plangan tamponlar uchun tahlil statistik usul ma’lumotlariga ko‘ra: 6 nafar 10³(23,0%), 7 nafar 10⁵(27,0%), 13 nafar 10⁴(50,0%) bemorlar ko‘rsatkichlari aniqlandi. Candida albicansning uchrash darajasi bilan birgalikda quyidagi antibiotiklarga sezgirligi ham aniqlandi: dermazol, nistatin, flyukanazol, klotrimazol, futsis, mikoflyu, biflurin, siksan; Antibiotiklarga chidamlilik darajasini aniqlashda jami 56 nafar bemorlardan analiz tahlil natijalari olindi. Flyukanazol 5(8,9%) Mikoflyu 2(3,57%) Futsis 6(10,71%), Biflurin 8(14,28%) kabi antibiotiklar yuqori sezgirlikni ko‘rsatdi, bu esa ularni samarali davolash vositalari sifatida tavsiya etishga asos bo‘ladi.Antibiotiklarga sezgirlig ko‘rsatkichi past bo‘lgan antibiotiklar: Dermazol 12(21,42%), Nistatin 8(14,3%), Klotrimazol 5(8,92%),Siksan 10(17,85%) tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari klinik amaliyotda samarali davolash rejasini shakllantirishda, yuqori sezgirlikka ega antibiotiklarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. Xulosa. Candida albicans bilan kasallangan bemorlardan olingan analiz (tampon orqali) natijalar tahlil qilindi.Bir oy davom etgan tadqiqot amaliyoti davomida candida albicansning antibiotiklarga sezgirligi quyidagi tartibda o’rganildi: 21 (37,46 %) nafar ayollarda ijobiy natijani qayd etildi. Uchrash darajasi bòyicha tahlillar shuni ko‘rsatadiki, amaliyotda 10⁵dan yuqori natijalar yuqori konsetratsiyali infeksiyalar mavjud emasligi aniqlangan. Bu esa bemorlarning holatini yanada o‘rganishni talab qiladi va ularning davolash strategiyalarini optimallashtirishga yordam beradi. Qtower3 PZR kultura usuliga qaraganda vaginal Candida albicans va uning turlarini aniqlash ehtimoli ko‘proq. Eng ko‘p uchraydigan turlari candida albicans, candida tropicalis, candida glabratalari edi. An’anaviy usul orqali vaginal oqindi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa patogenlarni aniqlash imkoni bo‘lsada, Qtower3 afzalligi shundaki, bitta namunada bir vaqtning o‘zida bir nechta patogen turlarini aniqlash imkoniyatidir.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.