ASORATLARINING KLINIK-NEVROLOGIK XUSUSIYATLARI.
Safarova R.Sh., Bolalar nevrologiyasi 1-kurs
Ilmiy rahbar: t.f.d. Dotsent Azimova N.M
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti,
Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasi
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar Annotatsiya:Tug‘ma yurak nuqsonlari (TYN) yurak tuzilmasining embrional rivojlanish davridagi anomaliyasi bo‘lib, u pubertat davriga kelib murakkab kliniknevrologik buzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu bosqichda organizmning gormonal va psixofiziologik tuzilishi avvaldan mavjud bo'lgan yurak nuqsonlari fonida nevrologik asoratlarning kuchayishiga olib keladi. Tadqiqotimizda aynan ushbu yosh guruhida TYNga chalingan bemorlarda uchraydigan asab tizimi buzilishlarining xususiyatlari o‘rganildi. Maqsad:Pubertat davridagi bolalarda uchraydigan tug‘ma yurak nuqsonlari fonida yuzaga keladigan klinik-nevrologik buzilishlarning turini aniqlash va ularning patogeneziga baho berish. Materiallar va usullar:ToshPTI Asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va tibbiy genetika kafedrasida 2024–2025-yillarda statsionar va ambulator kuzatuvda bo‘lgan, TYN tashxisi qo‘yilgan 10–18 yoshli 48 nafar bemor klinik-nevrologik jihatdan tahlil qilindi. Ularda yurakning ECHOKG, EKG natijalari, MRT va nevrologik statuslar baholandi. Shu bilan birga, psixoemotsional holat Beck shkalasi asosida aniqlandi. Natijalar:Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pubertat yoshdagi TYNga ega bo‘lgan bemorlarning 64,6%ida vegetativ-distonik sindrom, 41,7%ida bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, 29,2%ida yengil darajadagi depressiv holatlar, 22,9%ida esa surunkali charchoq sindromi aniqlandi. Neyro-gemodinamik o‘zgarishlar qon aylanishining yetarli bo‘lmaganligi bilan izohlandi. Shuningdek, gipoksik holatlar fonida subklinik ensefalopatiya belgilari kuzatildi. Xulosa:Pubertat davrida TYN fonida kuzatiladigan klinik-nevrologik buzilishlar yurak qon-tomir yetishmovchiligi, gipoksiya va Vegetativ buzilishlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu yosh davrida bemorlar chuqur kardiologik va nevrologik kuzatuv ostida bo‘lishi, shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.