XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
PATOLOGIK MEXANIZMLARGA QARSHI TUTGAN O’RNI
Abdullayeva Samira Dilshodovna, Saydaliyeva Feruza Avazxanovna
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti, tibbiyot fakulteti, Toshkent, O‘zbekiston. Dolzarbligi: Zanjabil – o’ziga xos immunomodulyator, antioksidant, antigipertenziv, antigiperlipidemik, antibakterial va sitotoksik xususiyatlarga ega o’simlik bo’lib, tarkibidagi murakkab kimyoviy kombinatsiya - uning biologik va farmokologik faolligini ta'minlaydi. Qizil zanjabilning tarkibini bilish va farmakokinetik mexanizmlarini tushunish, jigarga toksik ta'siri yuqori bòlgan ba'zi dorilarning òrniga, tabiiy va xavfsiz alternativ sifatida foydalana olish imkonini beradi. Maqsad: Zanjabilning kimyoviy tarkibi va ularning organizmga ta’sir mexanizmini tahlil qilish. Material va usullar: Pubmed maqolalar bazasi va boshqa bir nechta adabiyotlardan foydalangan holda, 2020-2025 yillar oralig'idagi ilmiy ishlarni òrganib chiqish orqali - ma'lumotlarni tahlil asosida tizimlashtirishdan iborat. Natija: Zingiber officinale rubrum (qizil zanjabil) – asosan, Osiyoda keng tarqalgan o’simlik bo’lib, yetti xil turni o’z ichiga oladi. Ushbu o’simlikning biologik va farmakologik faolligi keng bo’lib, ular yuqoridagi birikmalarning sinergetik ta’siriga bog’liqdir. Qizil zanjabildan - artrit, revmatizm, tomoq og’rig’i, qusish, yuqumli kasalliklar hamda gelmintozlarni davolashda foydalanilgan. Uning infeksiya va yallig’lanish bilan kechuvchi patologiyalarga qarshi xususiyatlari ham qadimdan ma’lum. Xususan, tarkibidagi - geranial va geranil atsetat moddalari: NMDA retseptorlarini hosil qiluvchi NR2B oqsili va GAMK (gamma-aminomoy kislotasi) ishini susaytirish orqali, analgeziyaga sabab bo’ladi. Gingerol hamda shogaol birikmalari esa organizmdagi prostaglandin, leykotriyen, siklo oksigenaza-1, siklo oksigenaza-2 fermentlariga ta'sir qilib, yallig'lanishga qarshi yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, erkin radikallarga elektron berish yoki vodorod atomlarini o’tkazish orqali, antioksidant ta'sir ko'rsatadi. Angiogenez va metastazga qarshi ishlab, rak hujayralari rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Qonda anti-aterogen omilning faolligini oshirish va aterogen omil faoliyatini susaytirish orqali, antigiperlipidemik effekt beradi. Tadqiqotlarga ko’ra, qizil zanjabil - saxaridlarni gidrolizlovchi fermentlarni ingibirlab, 2-toifa diabet bilan og'rigan bemorlarda giperglikemiyani nazorat qilishi aniqlangan. Davolash uchun kuniga 3 g dozada qizil zanjabilning suvli ekstraktlari tavsiya etilgan. Xulosa: Ilmiy dalillar tahlili shuni ko'rsatadiki, qizil zanjabil o’z tarkibida murakkab moddalar guruhini saqlab, bir vaqtning o’zida: antiaginal, antioksidant, antikonserogen, antigiperlipidemik va yallig’lanishga qarshi ta’sirlarni o’z ichiga oladi. Ushbu biologik faolliklar uning terapevtik afzalliklarining asosiy sabablari hisoblanadi.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.