ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDAGI RAHBAR XODIMLARINING RAHBARLIK VAZIFALARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari toʻgʻrisida fikrlar bildirilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 65 ⊰⊰--

VAZIFALARI

Ibragimova Ruxsora Suratovna

Toshkent shahar 53-son DMTT direktori

Annatatsiya: Ushbu maqolada Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish va rejalashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan sanaladi. Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari toʻgʻrisida fikrlar bildirilgan.

Kalit soʻzlar: Rahbar, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, boshqaruv, taʼlim tizimi, metodik boshqarish,innovatsion faoliyat, pedagogik jarayon.

Rahbar — bu, avvalo, odamlarga xizmat qilish masʼuliyati ekanini barcha toʻgʻri tushunib olmogʻi zarur boʻlgan shaxs. Rahbar degani hammadan koʻproq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib yuguradigan fidoiy inson boʻlishi kerak. Shuningdek, rahbarning teran tafakkuri va keng dunyoqarashi, zamon talabiga javob beradigan, pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va xislatlarga, iymon-eʼtiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi va tadbirkorligi u boshqarayotgan taʼlim tashkilotining kelgusidagi samarali faoliyatini

Maktabgacha taʼlim vazifalari -Maktabgacha taʼlim oʻz navbatida quyidagi vazifalarni koʻzda tutgan holda ish olib boradi: bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash; bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish; bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini taʼminlash; bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish; bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlash.

Respublika taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini taʼminlash maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan direktorlarning maʼnaviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bogʻliqdir. Hozirga qadar maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining kasbiy faoliyati pedagog va psixologlarning tadqiqot predmeti boʻlib qolmoqda. Tadqiqotlar natijalari maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi-pedagogining oʻziga xosliklari, yaratuvchanlik, insonparvarlik, ijodiylik, jamoada ishlay olishi kabilarda yorqin namoyon boʻlishini koʻrsatadi. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani direktorning qoʻyilgan talablarga qanchalik darajada javob bera olishi belgilaydi. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori, eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak masʼuliyatni toʻla anglab yetishi lozim. Faqatgina maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishini muhim qadriyat ekanligini tushunibgina qolmasdan, balki bolaning rivojlanish qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallab borishi lozim. Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojlanishining uni oʻrab turgan atrof-muhit bilan bogʻliqligidir.

Boshqaruvning uch xil vositalari boʻlib,

➢ Birinchisi- tashkilot, boshqaruv iearxiyasidir, Bu yerda asosiy vosita — bu odamga yuqoridan taʼsir qilish (faoliyatni ragʻbatlantirish, rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek taqsimlashning asosiy funksiyalaridan foydalanish) boylik va boshqalar.).

➢ Ikkinchisi — boshqaruv madaniyati, bularga jamiyat, tashkilot, odamlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan va tan olingan qadriyatlar, ijtimoiy normalar, munosabatlar, xatti harakatlar majmui.

--⊱⊱ 66 ⊰⊰--

➢ Uchinchisi esa – bozor, bozor munosabatlari, bular. mahsulot va xizmatlarni sotish va sotib olishga, sotuvchi va xaridor manfaatlari balansiga asoslangan boshqaruvdir.

Har bir rahbar quyidagilarga amal qilishi kerak:

Maktabgacha taʼlim esa oʻz navbatida quyidagi vazifalarni koʻzda tutgan holda ish olib boradi:

Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash;

Bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;

Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini taʼminlash;

Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;

Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;

Bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlash.

Hozirgi sharoitda maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari, mutaxassislarining samarali faoliyat yuritishlari uchun boshqaruvni va ushbu idoralar xodimlari mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslarini bilish gʻoyat muhimdir.

Shu oʻrinda yana bir karra rahbarlik masʼuliyati haqida toʻxtalib oʻtishga toʻgʻri keladi. Chunki bugun islohotning qay darajada amalga oshishi rahbarlarning dunyoqarashiga, halol va pok, tadbirkor va tashabbuskor boʻlishiga bogʻliqdir.

Taʼlim tashkilotlari direktorlarining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi bu ularning ilmiy-nazariy, psixologik-pedagogik, ilmiy-metodik tayyorgarligi, gʻoyaviy-siyosiy va maʼnaviy-axloqiy yetukligidan iborat. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari bir-birini toʻldiradi, oʻzaro uzviy ravishda shakllanib, rivojlanadi, rahbarning mazkur tarkibiy qismlar boʻyicha egallagan bilim, koʻnikma va malakalari pedagogik faoliyatda qoʻllaniladi. Shu sababli MTT direktorlarining ilmiymetodik tayyorgarligi kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning tarkibiy qismlari ichida asosiy oʻrinni egallaydi. Amaldagi meʼyoriy hujjatlarda belgilangan taʼlim sohasidagi davlat siyosatining tamoyillaridan kelib chiqqan holda taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi tez oʻzgarayotgan bir davrda MTT boshqaruv kadrlari har tomonlama intellektual salohiyatli, oʻz faoliyatiga jiddiy qaraydigan, har bir bajarayotgan vazifasiga ijodiy yondashadigan rahbar sifatida faoliyat olib borishini davrning oʻzi taqozo etmoqda. Chunki, rahbarning teran tafakkuri va keng dunyoqarashi, zamon talabiga javob beradigan, pedagogika, psixologiya, boshqaruv ilmidan xabardorligi, ijodiy fazilat va xislatlarga, iymon-eʼtiqodga, muomala madaniyatiga ega, ijtimoiy faol, tashkilotchi va tadbirkorligi u boshqarayotgan taʼlim tashkilotining kelgusidagi samarali faoliyatini

Rahbarlik sifatlari-Hozirgi sharoitda maktabgacha taʼlim tizimi rahbarlari, mutaxassislarining samarali faoliyat yuritishlari uchun boshqaruvni va ushbu idoralar xodimlari mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslarini bilish gʻoyat muhimdir. Bugun islohotning qay darajada amalga oshishi rahbarlarning dunyoqarashiga, halol va pok, tadbirkor va tashabbuskor boʻlishiga bogʻliqdir. Rahbarlik – lavozim, mansab emas, avvalo, odamlarga xizmat qilish masʼuliyat ekanini barcha toʻgʻri tushunib olmogʻi zarur. Rahbar degani hammadan koʻproq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib yuguradigan fidoiy inson boʻlishi kerak.

Maktabgacha taʼlimning asosiy vazifalarini bajarish-Har bir rahbar bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlashga amal qilishi kerak. Shuningdek, bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish, bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini taʼminlash, bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish,

--⊱⊱ 67 ⊰⊰-- bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolalarni maktabda oʻqishga tayyorlash kabi vazifalarni bajaradi.

Pedagogik adabiyotlarda taʼlim tashkilotlarini boshqarish ancha toʻliq va aniq belgilab berilgan va tavsiflangan. Maktabgacha taʼlimga kelsak, biz uni bir qismi deb hisoblaymiz mumkin. Demak, boshqaruv fanining barcha asosiy qoidalari, pedagogik menejment jumladan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish uchun ham qoʻllaniladi. Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tizimining rivojlanish tarixining xususiyatlari va koʻp qirraliligi, ichki fazilatlari va xususiyatlarini ham maksimal darajada hisobga olish muhimdir. “Natijaga asoslangan boshqaruv” tushunchasining oʻzi tashkilotning barcha aʼzolari tomonidan belgilangan va kelishilgan natijalarga erishadigan boshqaruv va rivojlanish tizimi sifatida belgilanishi mumkin. Har bir rahbar oʻz maktabgacha taʼlim tashkilotini rivojlantirishning asosiy maqsadlarini belgilab, pedagogik jamoa bilan birgalikda butun pedagogik jarayonni tashkil qiladi, yaʼni u doimiy ravishda olingan natijalarni rejalashtirilgan natijalar bilan taqqoslaydi. Bu vaziyat boʻyicha aniq natijalar uchun tezkor qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Natijaga asoslangan boshqaruv, dastlab jamoaga maqsadga erishish uchun barcha resurslar bilan taʼminlangan haqiqiy berilgan deb taxmin qilinadi. Bunday resurslarga odamlar, vaqt, moliya, moddiy-texnika bazasi, texnologiyalar, usullar va boshqalar kiradi.

Xulosa qilib aytganda, boshqaruvchi va boshqariluvchi oʻrtasidagi oʻzaro hurmat, samimiy munosabatlar taʼlim samaradorligini oshirishda muhim oʻrin egallaydi. Islohotlarning muvaffaqiyati rahbarlarning maʼnaviy qiyofasi, kasbiy mahorati, dunyoqarashi, halolligi, tadbirkorligi va tashabbuskorligiga bogʻliq. Rahbarlik lavozim emas, balki odamlarga xizmat qilish masʼuliyatidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-son qarori. 2. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Kayumova, M.N.Aʼzamova Maktabgacha pedagogika T-“Maʼnaviyat” 2018y. 3. Tretyakov P.I. "Maktabgacha taʼlim muassasasi: natijalarga koʻra pedagogik jarayonni boshqarish", M., UTs "Perspektiva", 2010y. 4. Raxmatullaeva, P. M., & Mahkamova, M. A. (2022). Yoshlar taʼlim sifatini oshirishda motivatsiyaning oʻrni yoxud ulkan maqsadlar sari dastlabki qadam. Central Asian Research Journal 5. Karimova N.Q “Maktabgacha taʼlim muassasalari boshqaruvining dolzarb muammolari”3- 4B(2021) 6. Valiyeva F.R., Sharipova G.N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations//International Journal of Early Childhood Special Education

(INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

7. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771- 2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548 8. Abdullayeva N.Sh. Improving the preschool education system on the basis of cluster technologies// Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation, B. 36872-36886 2021 y

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.