--⊱⊱ 220 ⊰⊰--
MEXANIZM SIFATIDA
Rahmonberdiyev Sirojiddin Abdulla oʻgʻli
Maktabgacha va vaktab taʼlimi vazirligining
bosh mutaxassisi, Toshkent shahridagi
Puchon universitetining 2-bosqich magistratura talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning takomillashtirilayotgan davlat standartini joriy etish jarayonida pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, uslubiy xizmatni takomillashtirish hamda pedagoglar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, ushbu mexanizmning tamoyillari, shart-sharoitlari, bosqichlari va baholash tizimi tahlil qilinadi. Maqolada nazariy va amaliy yondashuvlar asosida mazkur mexanizmni joriy etishning dolzarbligi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, kasbiy malaka, uslubiy xizmat, pedagogik hamkorlik, davlat standarti, mexanizm, monitoring, metodik ta’minot.
Аннотatsiя: В данной статье раскрывается сущность разработанного механизма повышения профессиональной квалификatsiи педагогов, совершенствования методической службы и налаживания эффективного сотрудничества между педагогами в процессе внедрения совершенствуемого государственного стандарта дошкольного образования и воспитания в Республике Узбекистан. Также анализируются принципы, условия, этапы и система оценки данного механизма. В статье на основе теоретических и практических подходов обоснована актуальность внедрения данного механизма.
Ключевые слова: дошкольное образование, профессиональная квалификatsiя, методическая служба, педагогическое сотрудничество, государственный стандарт, механизм, мониторинг, методическое обеспечение.
Abstract: This article reveals the essence of the mechanism developed for improving the professional qualifications of teachers, improving methodological services, and establishing effective cooperation between teachers in the process of implementing the improved state standard of preschool education and upbringing in the Republic of Uzbekistan. The principles, conditions, stages, and assessment system of this mechanism are also analyzed. The article substantiates the relevance of implementing this mechanism based on theoretical and practical approaches.
Keywords: preschool education, professional qualifications, methodological service, pedagogical cooperation, state standard, mechanism, monitoring, methodological support.
Maktabgacha ta’lim shaxs kamolotining boshlang‘ich poydevorini tashkil etadi va bu tizimda faoliyat yurituvchi pedagoglarning kasbiy malakasi ta’lim sifati hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishida hal qiluvchi omil sanaladi. So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar pedagoglarni zamonaviy metodikalar asosida tayyorlash, ularni qo‘llabquvvatlash va muntazam ravishda metodik hamkorlikni rivojlantirishni talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, uslubiy xizmatning pedagoglar kasbiy malakasiga ta’siri, uning amaliy mexanizmlari va samaradorligi maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
--⊱⊱ 221 ⊰⊰--
Mazkur tadqiqot aynan uslubiy xizmatning mazkur jarayondagi rolini tahlil qilish va samarali metodik qo‘llab-quvvatlash modellarini aniqlashga qaratilgan.
Uslubiy xizmatning mazmuni va pedagogik jarayondagi o‘rni ko‘plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan turlicha izohlangan bo‘lib, ularning yondashuvlari mazkur tizimning ko‘p qirrali mohiyatini ochib beradi. A.I. Vasilyeva uslubiy ishni murakkab, ijodiy va amaliyotga yo‘naltirilgan jarayon sifatida talqin qilib, pedagoglarning bolalar bilan ishlash usullarini chuqur o‘zlashtirishini uning asosiy vazifasi deb ko‘rsatadi[4]. K.Y. Belaya esa uslubiy faoliyatni fan yutuqlari hamda ilg‘or pedagogik tajribaga asoslangan, pedagogning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan kompleks tizim sifatida tavsiflaydi[5].
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim metodikasi bo‘yicha yetakchi olimlardan biri bo‘lgan F.R. Qodirova direktor o‘rinbosarlari faoliyatida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar muhimligini ta’kidlab, uslubiy xizmatning sifatli ishlashi pedagogning o‘quv-metodik jarayonda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini oshirishga xizmat qilishini qayd etadi[6].
Maktabgacha ta’limda davlat standartini samarali joriy etish pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, uslubiy xizmat faoliyatini takomillashtirish va hamkorlikni rivojlantirishni talab etadi[3]. Ushbu maqsadda ishlab chiqilgan mexanizm (1-rasm) ta’lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlarini yagona tizimda birlashtiradi. Mexanizm pedagoglarni metodik qo‘llab-quvvatlash, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, monitoring va tahlilni yo‘lga qo‘yish hamda professional hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. 1-rasm O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini joriy
etishda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, uslubiy xizmat va pedagoglar oʻrtasidagi
hamkorlik mexanizmi
--⊱⊱ 222 ⊰⊰--
Mazkur tadqiqotda uslubiy xizmat va pedagogik hamkorlik mexanizmini joriy etishning nazariy asoslari bilan bir qatorda, uning amaliy samaradorligini baholash usullari ishlab chiqildi. Tadqiqot uch bosqichda amalga oshirildi: tahliliy bosqichda pedagoglarning kasbiy malakasi va mavjud uslubiy xizmat tizimi kuzatuv hamda so‘rovnomalar orqali o‘rganildi. Tajriba-sinov bosqichida “Metodik mahorat kuni”, “Metodik mahorat soati”[2], seminar-treninglar va mahorat darslari asosida mexanizm amaliyotga tatbiq etildi. Monitoring bosqichida esa so‘rovnoma, portfoliolar va kuzatuv varaqalari orqali pedagoglarning kasbiy o‘sish dinamikasi baholandi. Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va refleksiv yondashuvlar qo‘llanildi.
Tadqiqot ob’ekti maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy rivojlantirish jarayoni bo‘lib, predmeti uslubiy xizmat va hamkorlik mexanizmining pedagoglar malakasiga ta’siridir. Natija sifatida ehtiyojlarni aniqlash, metodik tadbirlarni rejalashtirish, kasbiy rivojlanishni tashkil etish, baholash va monitoringni qamrab oluvchi amaliy model ishlab chiqildi. Olingan ma’lumotlar uslubiy xizmat faoliyatining samaradorligini belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi. Xususan, davlat ta’lim standartlarini joriy etishda pedagoglarning ehtiyojlarini hisobga olish, metodik yordamni individuallashtirish va hamkorlik muhitini rivojlantirish zarurligi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari uslubiy xizmatning tizimli tashkil etilishi pedagoglarning kasbiy o‘sishini ta’minlab, maktabgacha ta’limda davlat standarti talablarini samarali joriy etishning muhim mexanizmi ekanini ko‘rsatdi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, uslubiy xizmat tizimi pedagoglarning pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlarini kengaytirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar va qo‘llanmalar pedagogik jarayonlarning uzviyligini ta’minlab, samaradorlikni oshiradi. Monitoring, baholash, refleksiya va o‘zaro tahlil pedagoglarning kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Uslubiy xizmat va pedagoglar o‘rtasidagi tizimli hamkorlik esa innovatsion yondashuvlarni joriy etish, tajriba almashish va ijodkorlik muhitini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini barqaror oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan, uslubiy xizmat maktabgacha ta’limda kasbiy malakani oshirishning asosiy vositasi sifatida muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” qonuni // 2019- yil 16-dekabr OʻRQ-595-son // www.lex.uz
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF–152- son farmoni // www.lex.uz
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori // www.lex.uz
4. Muslimov N.A. va boshkalar. Kasb taʼlimi oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. / Monografiya. – Toshkent., Fan va texnologiya nashriyoti, 2013-yil.
5. Belaya K.Y. Maktabgacha taʼlim muassasalarida uslubiy ishlar. Tahlil, rejalashtirish, shakl va usullar. – M.: Sfera, 2007-yil.
6. Qodirova F.R. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika // – Toshkent., Tafakkur, 2019-yil.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.