ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ZARURATI

Annotatsiya

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa ta’limini tashkil etishning pedagogik zarurati yoritilgan. Musiqa bolalar rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, estetik didni shakllantirishdagi roli, emotsional va intellektual rivojlanishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Ta’lim jarayonida musiqa mashg‘ulotlarini ilmiy-pedagogik asosda tashkil etish metodikasi, pedagoglarning kasbiy mahorati va bolalarning yosh xususiyatlariga mos yondashuv muhimligi ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, musiqa vositasida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiylashuvini ta’minlash va ular orasida estetik munosabatlarni shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 280 ⊰⊰--

ETISHNING PEDAGOGIK ZARURATI

Baxodirova Yulduzxon Baxtiyor qizi

Xalqaro Nordik universiteti magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa ta’limini tashkil etishning pedagogik zarurati yoritilgan. Musiqa bolalar rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri, estetik didni shakllantirishdagi roli, emotsional va intellektual rivojlanishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Ta’lim jarayonida musiqa mashg‘ulotlarini ilmiy-pedagogik asosda tashkil etish metodikasi, pedagoglarning kasbiy mahorati va bolalarning yosh xususiyatlariga mos yondashuv muhimligi ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, musiqa vositasida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiylashuvini ta’minlash va ular orasida estetik munosabatlarni shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, musiqa ta’limi, pedagogik zarurat, estetik tarbiya, bolalar rivojlanishi, metodika, ijodiy qobiliyat, emotsional rivojlanish.

Abstract: This article highlights the pedagogical need for organizing music education in preschool educational organizations. The positive impact of music on the development of children, its role in the formation of aesthetic taste, and its importance in emotional and intellectual development are substantiated. The methodology for organizing music lessons on a scientific and pedagogical basis in the educational process, the professional skills of teachers, and the importance of an approach appropriate to the age characteristics of children are emphasized. The article also considers the issues of developing children's creative abilities through music, ensuring their socialization, and forming aesthetic relationships among them.

Keywords: preschool education, music education, pedagogical need, aesthetic education, child development, methodology, creative abilities, emotional development.

Mustaqil Oʻzbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash bizga, endi yetishib chiqayotgan kadrlar zimmasiga masʼuliyatli va sharafli ishni, yaʼni bola tarbiyasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish yuklatildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagi, davlatimizni buyukligini tasavvur etganining natijasiga koʻra taʼlim toʻgʻrisidagi qonun va yangicha dunyoqarash talab etilar edi. 1997 yil ,,Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonun” hamda ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosiy omil boʻlib xizmat qildi. Taʼlim sohasida, jumladan, uning birinchi pogʻonasi boʻlgan maktabgacha taʼlim bosqichida ham katta oʻzgarishlar qilish ehtiyoji tugʻildi. Buning uchun pishiq — puxta oʻylangan, maʼlum maqsad va vazifalarni oʻzida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar talab etar edi.[1]

Unda uzluksiz davom etadigan bir butun taʼlim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi ,,maktabgacha taʼlim” deb ataldi. Birgina shu yondashuvning oʻziyoq tarbiyaga mehribonlik va adolat bilan qarashni talab etadi. Negaki, bugunki yosh avlod zimmasida XXI asrda kuchga toʻlib, sogʻlom, bilimli, aqlli boʻlib jamiyatimizning faol aʼzolariga aylantirishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular siz-u bizga, yaʼni kattalarga ishonadilar. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-qudratni, bilimdonlikni va vatanparvarlik bilan uygʻunlashtira olsak, bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish uchun ,,Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi va oʻquv

--⊱⊱ 281 ⊰⊰-- qoʻllanma asosida amalga oshiriladi, Bundan tashqari koʻpgina oʻquv va metodik qoʻllanmalar mavjud. Bularning asosiy maqsadlari bir yoʻlga qaratilgan, yaʼni komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishdir.

Zamonaviy taʼlim tizimida bolalarning har tomonlama rivojlanishini taʼminlash muhim vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik did, hissiy sezgirlik, ijodkorlik va madaniy ongni shakllantirishda musiqa taʼlimi muhim oʻrin tutadi. Musiqa bolalarning emotsional dunyosini boyitadi, ularni ijtimoiylashuvga, goʻzallikni anglashga, oʻz fikr va his-tuygʻularini ifoda etishga oʻrgatadi. Shu boisdan maktabgacha taʼlim muassasalarida musiqa mashgʻulotlarini ilmiypedagogik asosda tashkil etish dolzarb masalalardan biridir.

Musiqa taʼlimining maqsadi va vazifalari. Musiqa taʼlimi orqali quyidagi pedagogik vazifalar amalga oshiriladi:

bolalarning eshitish qobiliyatini rivojlantirish;

ritm va musiqiy ohangni anglashga oʻrgatish;

qoʻshiq aytish, musiqa tinglash, raqs elementlari orqali estetik zavqni shakllantirish;

ijodiy fikrlash va emotsional ifoda imkoniyatlarini kengaytirish.

Bu jarayonda har bir bola oʻz qobiliyatini namoyon eta oladi va mustaqil musiqiy faoliyatga jalb qilinadi.

Pedagogik yondashuv va metodik usullar. Maktabgacha taʼlimdagi musiqa mashgʻulotlari bolaning yosh va psixologik xususiyatlariga mos tarzda tashkil etilishi lozim. Dars jarayonida quyidagi usullardan foydalaniladi:

oʻyini metodlar – musiqa bilan bogʻliq oʻyinlar orqali bilim berish;

vizual va eshituv materiallar – musiqiy asboblar, audio yozuvlar, qoʻshiq matnlari;

faol ishtirok – bolalarni qoʻshiq aytishga, harakatlarga, oddiy cholgʻularni chalishga jalb etish.

Shuningdek, pedagogning nutqi, ifodasi, kayfiyati ham bolaning musiqiy taassurotlariga kuchli taʼsir koʻrsatadi.

Musiqa orqali ijtimoiy va axloqiy tarbiya. Musiqa bolalar orasida hamjihatlik, oʻzaro hurmat, madaniyat va dunyoni estetik idrok etish kabi fazilatlarni shakllantiradi. Jamoa bilan qoʻshiq aytish yoki raqs qilish, birgalikda tinglab baham koʻrish kabi faoliyatlar orqali bolalarda ijtimoiy koʻnikmalar shakllanadi. Bu esa ularning maktab hayotiga tayyorlanishida muhim poydevor hisoblanadi.

Bolalarda yoshlik chogʻidan idrok etish, his etish, turmush va sanʼatdagi goʻzallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi goʻzallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga boʻlgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yoʻlida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmogʻi kerak, Ayniqsa, bolalar bilan musiqiy ish olib borish katta ahamiyat kasb etadi. Omma orasida musiqiy targʻibot olib bormay turib, toʻlaqonli natijalarga erishib boʻlmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda erta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional histuygʻu uygʻotadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki oʻsib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay ularning musiqaga mehr-muhabbatini yetarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, maʼnaviy boy shaxsni shakllantirib va boshqa ijobiy sifatlarini tarbiyalab boʻlmaydi. Musiqaga yoshlikdan uygʻongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Musiqa mashgʻulotlari bolalarning umumiy madaniyatiga ham taʼsir qilmay qolmaydi. Har xil faoliyatlar bilan shugʻullanish (musiqa tinglash, qoʻshiq aytish, musiqiyritimk harakatlar bajarish, bolalar musiqiy cholgʻularida ijro-etish) bolalardan diqqatni, uyushqoqlik, irodaviylikni, zukkolikni talab qiladi. Bu faoliyatlar davomida bolalarda irodaviylik shakllanib,

--⊱⊱ 282 ⊰⊰-- tortinchoqlik yoʻqola boradi. Shu tarzda musiqiy faoliyatlar bolalar shaxsining maʼnaviy-madaniy sifatlarini shakllantirish uchun kerakli boʻlgan shart-sharoitlari taʼminlaydi va ularning umumiy madaniy saviyasiga asos soladi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida musiqa taʼlimini tashkil etish – bolalar shaxsini har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismi boʻlib, u pedagogik jihatdan zarur va asosli jarayondir. Musiqa bolalarda nafaqat estetik tarbiyani, balki axloqiy, emotsional va intellektual oʻsishni ham taʼminlaydi. Shu sababli, har bir maktabgacha taʼlim muassasasi musiqa darslarini sifatli, tizimli va maqsadli tashkil etishga alohida eʼtibor qaratishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Dildora Soipova, Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi, O’quv qo’llanma, Toshkent-2009, 3-5-b.

2. Abdullin E. O nachalnom etape muzikainogo obucheniya v obsheobrazovatelnix shkolax Yaponii // Muzikalnoe vospitanie v shkole, vip.9. M., 1984.

3. Voprosy metodiki muzikainogo vospitaniya detey. M.: «Muzika», 1985.

4. Goncharenko N.V. Geniy v iskusstve i v nauke. M., 1991.

5. Ibn Sina (Avisenna). Izbranno‘e filosofskie proizvedeniya. M., 1980.

6. Yo‘ldosheva S.². O‘zbekiston musiqa tarbiyasi va ta’limining rivojlanishi. T., 1985.

7. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya: Darslik, I, II – kitob. T., 2002.

8. Umumiy psixologiya: Darslik G‘ A.V.Petrovskiy va boshq. T., 1992.

9. Valiyeva Feruza Rashidovna, Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna, Zakirov Alisher Akbarovich. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.

10. Abdullayeva N.Sh. Leader competency and its specific characteristics in managing the school education system// American Journal Of Social Sciences And Humanity Research eISSN:2771-2141Pages:152-158|Crossref DOI:https://doi.org/10.37547/ajsshr/Volume04Issue02-23 Published Date: 2024-02-29http://theusajournals.com/index.php/ajsshr/article/view/2548

11. Abdullayeva N.Sh. Мактабгача таълимда самарали бошқарув: таълим сифати ва кўрсаткичи омили сифатида// Maktabgacha talimда сифат ва самарадорлик: rivojlanиш истиқболлари: amaliyot va xorijiy tajriba" mavzusida МТТДМҚТМОИ xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallar to‘plami 4-5 декабрь 2024 йил Б 39-40

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.