--⊱⊱ 136 ⊰⊰--
MEZONI.
Samarqand pedagogika instituti
,,Boshlangʻich va maktabgacha taʼlim metodikasiʼʼkafedrasi
Ilmiy rahbar:dots Fayzullayeva Gulchexra Sharipboyevna
II-bosqich magistranti
Egamova Madina Qobil qizi
Annotatsiya: Maskur maqolada maktabgacha taʼlim tizimida bola huquqlarini taʼminlashning mazmuni, ahamiyati va zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Maktabgacha yosh davri bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim bosqichlardan biri boʻlib, ushbu jarayonda bola huquqlarining toʻliq amalga oshirilishi ustuvor qadriyat sifatida qaralishi zarurligi asoslab beriladi. Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning tenglik, xavfsizlik, rivojlanish, fikr bildirish, sifatli taʼlim olish huquqlari yoritilgan.
Annotation: This article analyzes the essence, significance, and modern approaches to ensuring childrenʼs rights in the preschool education system. The preschool period is one of the most important stages in a childʼs personal development, and it is substantiated that the full realization of childrenʼs rights must be considered a priority value in this process. Based on the Convention on the Rights of the Child, the Law “On Preschool Education and Upbringing” of the Republic of Uzbekistan, and other regulatory–legal documents, the article highlights the rights of children to equality, safety, development, expression of opinions, and access to quality education in preschool institutions.
Аннотация: В данной статье проанализированы сущность, значение и современные подходы к обеспечению прав ребёнка в системе дошкольного образования. Дошкольный возраст является одним из важнейших этапов формирования личности ребёнка, и обосновано, что полное обеспечение прав детей должно рассматриваться как приоритетная ценность в этом процессе. На основе Конвенции о правах ребёнка, Закона Республики Узбекистан «О дошкольном образовании и воспитании» и других нормативно-правовых документов раскрываются права детей на равенство, безопасность, развитие, выражение собственного мнения и получение качественного образования в дошкольных учреждениях.
Kalit soʻzlar: bola, huquq,Konvensiya, maktabgacha, Qonun,tenglik, qadriyat,yosh,davr, taʼlim, tizim.
Keywords: child, rights, Convention, preschool, Law, equality, value, age, period, education, system.
Ключевые слова: ребёнок, право, Конвенция, дошкольное образование, Закон, равенство, ценность, возраст, период, образование, система.
Har bir mamalakat oʻz farzandlarini maʼsuliyatni his etadigan munosib fuqarolar boʻlib oʻsishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga oʻz ulushlarini qoʻshishlariga katta umid bogʻlagan. Har bir bola oʻzini shaxs sifatida toʻliq anglash, odob –axloq meʼyorlariga rioya qilish, oʻz haq-huquqlarini bilish va hatti harakatlarini toʻgʻri baholay olish,oʻz qadr- qimmatini bilish, oʻz maʼdaniy anʼanalari va milliy qadriyatlariga nisbatan gʻurur,hurmat , qiziqish tuygʻularini tarbiyalash vazifalarini aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab berilgan qonun ustuvorligini
--⊱⊱ 137 ⊰⊰-- taʼminlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga boʻysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi 8. Maktabgacha taʼlim tizimi jamiyat taraqqiyoti va kelajak avlodni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Mazkur tizimda bola shaxsini tan olish, uning tabiiy ehtiyojlari va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olish, eng avvalo, bola huquqlarining toʻliq taʼminlanishini talab qiladi. Chunki aynan maktabgacha yoshda bolaning shaxsiyati shakllanadi, atrof-muhitni idrok etishga boʻlgan munosabati tarkib topadi va kelgusidagi taʼlimga tayanch boʻladigan asosiy koʻnikmalar rivojlanadi. Shunday ekan, bola huquqlarini himoya qilish va taʼlim jarayonida ustuvor qadriyat darajasiga koʻtarish davlat siyosati hamda pedagogik jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Bola huquqlari universal koʻrinishga ega boʻlganligi sababli uning ahvolini yaxshilash yoʻlidagi harakatlar, choralar butun jahon hamjamiyati darajasida, har bir alohida davlatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham amalga oshirilmoqda.9 Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonun, ,, Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidaʼʼ gi Qonun shuningdek, qator davlat dasturlari, strategiyalar va normativ hujjatlar asosiy manba vazifasini oʻtab kelmoqda. Ushbu meʼyoriy hujjatlar maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti, sogʻligʻi va rivojlanishini taʼminlash, ularning shaʼni, qadr-qimmati va erkinliklarini hurmat qilish boʻyicha aniq talablarga ega. Shu bilan birga, har bir bola taʼlim olish, fikrlash, oʻyin faoliyati, muloqotga kirishish, xavfsiz muhit va sifatli pedagogik yordam olish huquqlariga egaligi qayd etilgan.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bola huquqlarini taʼminlashning eng muhim shartlaridan biri — bolaning individual rivojlanish surʼati va qiziqishlarini hisobga olishdir. Har bir bola alohida shaxs sifatida eʼtirof etilishi kerak. Taʼlim jarayonida barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratish, diskriminatsiya va kamsitishning har qanday koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik — ustuvor tamoyillardan biridir.Bola shaxsi sogʻlom va har tomonlama uygʻunlashgan holda tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozim10. Pedagogik faoliyatda bolalar oʻrtasidagi tenglikka rioya qilish, ularni ragʻbatlantirish, ruhiy qoʻllab-quvvatlash, oʻz fikrini erkin ifoda etish imkoniyatlarini yaratish orqali bola huquqlarining amalda taʼminlanishiga erishish mumkin. Bundan tashqari, bolaga qulay psixologik-pedagogik muhit yaratish ham huquqlarni taʼminlashning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda xavfsizlik hissi, mehr-muhabbat, ishonch va emotsional barqarorlikni shakllantirish zarur. Tarbiyachi va bolalar oʻrtasidagi sogʻlom muloqot, hurmatga asoslangan munosabat, qoʻpollik va psixologik bosimning istalgan koʻrinishidan xoli boʻlishi taʼlim jarayonini samarali qiladi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik, ular bilan doimiy muloqot va bolalarning ehtiyojlarini birgalikda kuzatib borish taʼlim sifatini yanada oshiradi.
Bola huquqlarini himoya qilish faqat pedagoglarning vazifasi boʻlib qolmay, balki butun jamiyatning burchi ekanini alohida taʼkidlash lozim. Maktabgacha taʼlim muassasasidagi boshqaruv jarayonlarida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati bola manfaatlarining ustuvorligini taʼminlashga xizmat qiladi. 8 Maktabgacha pedagogika. Darslik.F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo’latova, N.M.A’zmova, M.N.A’zamov Toshkent-2019 9 Bola huquqlari. Darslik.Mo‘minov A.R. va Tillabayev M.A Toshkent-2014
10 Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya BMT bosh assambleyasi 1989.
--⊱⊱ 138 ⊰⊰--
Muassasalarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, sifatli ovqatlanish, xavfsiz oʻyin maydonchalari, zamonaviy oʻquv-uslubiy resurslar mavjudligi bola huquqlariga toʻla mos kelishi lozim. Bu esa, oʻz navbatida, davlat va nodavlat sektorlarning hamkorligini, budjet va grant dasturlari orqali qoʻllab-quvvatlashni, pedagoglar malakasini uzluksiz oshirishni talab etadi. Bolaning xohishi va uning qiziqishini hisobga olish hozirgi kunda tarbiyachilar oldidagi muhim vazifalardan biridir.Bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart 11. Bundan tashqari bolaning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik,bolaning shaʼni qadr qimmatini himoya qilish lozim12.
Pedagogning kasbiy kompetensiyasi bola huquqlarini taʼminlashda hal qiluvchi omillardan biridir. Tarbiyachilar psixologiya, pedagogika, bolalar psixofiziologiyasi va huquqiy madaniyatga oid bilimlarga ega boʻlishi, zamonaviy interfaol metodlardan foydalana olishi zarur. Bola bilan ishlashda individual yondashuv, empatiya, pedagogik odob va tolerantlik tamoyillari ustuvor boʻlishi kerak. Pedagogning har bir soʻzi, har bir harakati bola shaxsining rivojlanishiga bevosita taʼsir qiladi. Maktabgacha taʼlim tizimida bola huquqlarini taʼminlash — nafaqat pedagogik jarayonning asosiy talabi, balki,davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi, jamiyat taraqqiyotining garovi hisoblanadi. Bola huquqlarini hurmat qilgan holda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish orqali biz sogʻlom, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol va maʼnaviy yetuk avlodni voyaga yetkazamiz. Maktabgacha taʼlim muassasalarida yaratilayotgan imkoniyatlar, pedagoglarning mahorati va davlat tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor bola manfaatlarini himoya qiluvchi mustahkam tizimni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Bola huquqlarini taʼminlash har doim eng oliy qadriyat sifatida baholanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati
1. Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiya BMT bosh assambleyasi 1989.
2. Bola huquqlari. Darslik.Moʻminov A.R. va Tillabayev M.A Toshkent-2014
3. Maktabgacha pedagogika. Darslik.F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpoʻlatova, N.M.Aʼzmova, M.N.Aʼzamov Toshkent-2019
4. Oʻzbekiston Respublikasi,, Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidaʼʼgi Qonun OʻRQ561 16-dekabr. Toshkent -2019.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Bola huqularining kafolatlari toʻgʻrisidaʼʼ Toshkent-
11 O‘zbekiston Respublikasi,, Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida’’gi Qonun O’RQ-561 16-dekabr. Toshkent
-2019.
12 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Bola huqularining kafolatlari to‘g‘risida’’ Toshkent-2008
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.