ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARI RAHBARLARINING BOSHQARUV VA STRATEGIK LIDERLIK QOBILIYATLARI

Annotatsiya

Ushbu maqola maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv va strategik liderlik qobiliyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada direktorlarning boshqaruv qobiliyatlari muassasaning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish va jamoa ishini ragʻbatlantirishda qanday rol oʻynashi tahlil qilinadi. Shuningdek, strategik liderlik qobiliyatlari MTTning uzoq muddatli maqsadlarini belgilash, pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish va oila hamda mahalliy jamoa bilan samarali hamkorlikni taʻminlashdagi ahamiyati yoritilgan


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 369 ⊰⊰--

STRATEGIK LIDERLIK QOBILIYATLARI

Mingbayeva Gulbahor Odilovna

Andijon viloyati Baliqchi tumani 29–

DMTT direktori

Annotatsiya

Ushbu maqola maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv va strategik liderlik qobiliyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada direktorlarning boshqaruv qobiliyatlari muassasaning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish va jamoa ishini ragʻbatlantirishda qanday rol oʻynashi tahlil qilinadi. Shuningdek, strategik liderlik qobiliyatlari MTTning uzoq muddatli maqsadlarini belgilash, pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish va oila hamda mahalliy jamoa bilan samarali hamkorlikni taʻminlashdagi ahamiyati yoritilgan

Kalit soʻzlar: maktabgacha taʻlim, direktor, boshqaruv qobiliyatlari, strategik liderlik, pedagogik innovatsiyalar

Abstract

This article is dedicated to studying the management and strategic leadership competencies of preschool education institution directors. It analyzes how management skills enable directors to organize the daily activities of the institution efficiently, utilize resources effectively, and motivate staff. Furthermore, it highlights the importance of strategic leadership competencies in setting longterm goals, implementing pedagogical innovations, and ensuring effective collaboration with families and the local community.

Keywords: preschool education, director, management competencies, strategic leadership, pedagogical innovations

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning maʼnaviy, ijtimoiy va intellektual rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻlgan taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga, ularning samarali faoliyati asosan rahbarlar – direktorlar rahbarlik va boshqaruv qobiliyatlariga bogʻliq. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimi soʻnggi yillarda davlat siyosatida ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilanib, zamonaviy taʼlim standartlari va innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Direktorlarning strategik liderlik va boshqaruv qobiliyatlari tashkilotning barqaror rivojlanishi, taʼlim sifatining oshirilishi va jamoa samaradorligini taʼminlashda asosiy omil hisoblanadi. Bu qobiliyatlar rahbarga tashkilotning maqsad va vazifalarini uzoq muddatli rejalashtirish, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy muhitda tez moslashish imkonini beradi. Shuningdek, strategik liderlikdirektorga pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish, xodimlarni ragʻbatlantirish va ota-onalar hamda mahalliy jamoa bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv qobiliyatlari tashkilotning samarali faoliyatida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu qobiliyatlar rahbarga tashkilotning ichki va tashqi muhitini tahlil qilish, resurslardan samarali foydalanish, xodimlarni boshqarish va vazifalarni maqsadli taqsimlash imkonini beradi. Shu bilan birga, boshqaruv qobiliyatlari taʼlim

--⊱⊱ 370 ⊰⊰-- sifatini taʼminlash, bolalarning rivojlanishini monitoring qilish va tashkilot barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlari koʻpincha davlat byudjeti asosida faoliyat yuritadi. Bu esa direktorning moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni toʻgʻri rejalashtirish hamda tashkilotning iqtisodiy barqarorligini taʼminlash qobiliyatini alohida muhim qiladi.

Strategik liderlik – rahbarning tashkilotning uzoq muddatli maqsadlariga erishish uchun qarashlarini aniqlay olish va ularni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatidir. Strategik liderlik direktorga tashkilotning missiya va maqsadlarini aniq belgilash, qaror qabul qilish jarayonida tizimli va obyektiv baholash asosida harakat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu qobiliyatlar rahbarning tashkilotni yangi pedagogik standartlar va davlat talablariga muvofiq rivojlantirishini ham taʼminlaydi.

Boshqaruv qobiliyatlari va strategik liderlik oʻzaro bir-biriga bogʻliq jihatlar hisoblanadi. Boshqaruv qobiliyatlari tashkilotning kundalik faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan boʻlsa, strategik liderlik uzoq muddatli maqsadlar va innovatsion rivojlanishga qaratilgan. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari uchun bu ikki qobiliyatning uygʻunligi tashkilotning barqarorligi, pedagogik jarayonlarning sifatli amalga oshirilishi va xodimlar motivatsiyasini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimi davlat dasturlari va xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilinmoqda. Bu esa direktorlarning strategik boshqaruv va liderlik qobiliyatlarini muntazam rivojlantirishni talab qiladi. Dolzarb masalalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

- hodimlarning malakasini oshirish va pedagogik innovatsiyalarni joriy etish;

- resurslardan samarali foydalanish va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash;

- jamoa ishini samarali tashkil etish va konfliktlarni boshqarish;

- pedagogik jarayonlarning sifatini baholash va monitoring qilish.

Shu tarzda, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari uchun strategik liderlik va boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish tashkilotning barqaror rivojlanishi, taʼlim sifatining yaxshilanishi va jamoa samaradorligini taʼminlashda asosiy ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlarining boshqaruv va strategik liderlik qobiliyatlari muassasaning samarali faoliyati va barqaror rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Boshqaruv qobiliyatlari rahbarga muassasaning kundalik faoliyatini samarali tashkil etish, resurslardan oqilona foydalanish, xodimlar va pedagogik jamoa ishini ragʻbatlantirish imkonini beradi.

Strategik liderlik esa direktorga muassasaning uzoq muddatli maqsadlarini belgilash, pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish va jamoa hamda mahalliy jamoa bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkonini taqdim etadi. Ushbu qobiliyatlar Oʻzbekiston sharoitida maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, xodimlarning kasbiy rivojlanishi va muassasaning ijtimoiyiqtisodiy barqarorligini taʼminlashda asosiy omil hisoblanadi.

Shu bois, maktabgacha taʼlim muassasalari rahbarlarining boshqaruv va strategik liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi mamlakatda taʼlim tizimini takomillashtirish va pedagogik innovatsiyalarni samarali joriy qilishda dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

--⊱⊱ 371 ⊰⊰--

1. Abduraxmonov B. Maktabgacha taʻlim muassasalarida pedagogik rahbarlik va boshqaruv. Toshkent: Oʻzbekiston pedagogika universiteti nashriyoti, 2020. 184 b.

2. Axmedov Sh., Karimova L. Strategik liderlik va boshqaruv qobiliyatlari maktabgacha taʻlimda // Pedagogika va taʻlim nazariyasi. 2019. №4(2). B. 45-52.

3. Bobokulov O. Maktabgacha taʻlim tizimida innovatsion yondashuvlar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. 162 b.

4. Shin A.V. Perspektivы razvitiya sistemы doshkolnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. //Maktabgacha taʼlim metodikasi va nazariyasi – Toshkent., – 2020. – № 2. –C.2-6.

5. Henderson, A. T., & Mapp, K. L. (2002). A New Wave of Evidence: The Impact of School, Family, and Community Connections on Student Achievement. National Center for Family & Community Connections with Schools.

6. Valiyeva. F.R. Teoreticheskiye osnovы i evolyutsiya sistemы kpi v upravleniya chelovecheskimi resursami. “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar toʻplami 1-qismi (2024- yil 23-24-may) – T.: Science and Innovation, 2024.

7. Valiyeva F.R., Sharipova G. N. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/intjecse/v14i5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022

8. Abdullayeva N.Sh. Significance of health-saving technologies in a Preschool educational organization// Abstracts of V International Scientific and Practical Conference,Osaka, Japan 29-31 January 2020, 14-16 bet

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.