BOSHLANG‘ICH TA’LIM DARSLARINI TASHKIL ETISHDA SUN’IY INTELLEKT
VA TA’LIM PLATFORMALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Axmedov Asliddin Baxriddin o‘g‘li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: S.Q.Eshboyeva
Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi dotsenti
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarining samaradorligini oshirishda zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt (SI) va elektron ta’lim platformalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda adaptiv o‘qitish tizimlarining ahamiyati, vizuallashgan interfaol topshiriqlar va o‘yinli texnologiyalardan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarini atroflicha ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini individual tahlil qilish va ta’lim mazmunini shaxsqa yo‘naltirilgan holda tashkil etish imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Bunday metodlar o‘quvchilarga nafaqat yakka tartibda balki guruh bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Sun’iy intelekt (SI), ChatGPT, elektron platformalar, Kahoot, Wordwall, onlayn saytlar, raqamlashtirish.
Annotation: This article discusses the role and importance of modern digital technologies, in particular artificial intelligence (AI) and electronic learning platforms, in increasing the effectiveness of primary school mathematics lessons. The article examines in detail the importance of adaptive learning systems in developing the logical thinking skills of younger schoolchildren, the goals and objectives of using visual interactive tasks and game technologies. Also, the possibilities of individual analysis of students' mastery level and organization of educational content in a person-oriented manner using artificial intelligence are scientifically and theoretically substantiated. Such methods serve to form students' skills not only individually, but also in groups.
Keywords: artificial intelligence (AI), ChatGPT, electronic platforms, Kahoot, Wordwall, online sites, digitization.
Аннотация: В данной статье рассматривается роль и значение современных цифровых технологий, в частности искусственного интеллекта (ИИ) и электронных обучающих платформ, в повышении эффективности уроков математики в начальной школе. В статье подробно исследуется важность адаптивных обучающих систем в развитии навыков логического мышления у младших школьников, цели и задачи использования визуальных интерактивных заданий и игровых технологий. Также научно и теоретически обоснованы возможности индивидуального анализа уровня освоения материала учащимися и организации учебного контента в личностно-ориентированном ключе с использованием искусственного интеллекта. Такие методы служат для формирования навыков учащихся не только индивидуально, но и в группах.
Ключевые слова: искусственный интеллект (ИИ), ChatGPT, электронные платформы, Kahoot, Wordwall, онлайн-сайты, цифровизация,
KIRISH
XXI asr bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli davrda ta’lim tizimi, xususan, boshlang‘ich ta’lim mazmuni tubdan isloh qilinmoqda. Bunga misol qilib yurtimizga kirib kelatotgan rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini oladigan bo‘lsak. Bundan ko‘zlangan maqsadimiz kelajak avlodni yetuk, barkamol va raqobatbardosh kadrlar sifatida yetishtirish asosiy masala sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda zamon shunchalik rivojlanib borayabdi-ki zamonaviy kasblar, zamonaviy texnologiyalar barcha sohalarni qamrab olayabdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tasavvurlarni shakllantirish nafaqat an’anaviy hisob-kitoblarni o‘rgatish, balki ularda mantiqiy tafakkur va kreativlikni uyg‘otishni ham talab etadi. Zamonaviy pedagogika fani oldida turgan asosiy vazifalardan biri — dars jarayoniga sun’iy intellekt (SI) va ilg‘or elektron platformalarni samarali tatbiq etish orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishdir. Sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish, dars jarayonlarini tashkil etishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.
Matematika darslarini tashkil etishda o‘qituvchiga eng yaqin ko‘makchi bo‘ladigan texnologiyalar orasida ChatGPT, Wordwall va Kahoot kabi vositalar alohida o‘rin tutadi: Bu kabi dasturlarning asosiy maqsadi ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
ChatGPT (Sun’iy intellekt): - bu Open AI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, sun'iy intellektga asoslangan yirik til modeli (Large Language Model). U nafaqat savollarga javob beradi, balki matnlar yaratadi, kod yozadi va murakkab masalalarni tushuntirib beradi. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimiga nazar tashlasak deyarli barcha davlatlar raqamli texnologiyalar onlaynplatformalardan foydalanmoqdalar. Bizlar ham ularning ta’lim tizimlaridan andoza olib ular kabi rivojlangan davlatlar qatoriga asta- sekinlik bilan ko’tarilmoqdamiz.
ChatGPT nima degani?
Chat: Muloqot shaklida ishlashini bildiradi.
GPT (Generative Pre-trained Transformer):
o Generative: Yangi kontent (matn) yarata oladigan.
o Pre-trained: Katta hajmdagi ma'lumotlar bazasida oldindan o'qitilgan.
o Transformer: Matndagi so'zlar orasidagi bog'liqlikni tushunishga yordam beruvchi neyron tarmoq arxitekturasi.
Bu texnologiya o‘qituvchi uchun individual yordamchi vazifasini o‘taydi. ChatGPT yordamida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirilgan (darajalangan) misol va masalalar generatorini yaratish, matematik tushunchalarni bolalar tilida sodda va qiziqarli ertaklar shaklida tushuntirish mumkin. Shuningdek, u dars ishlanmalarini kreativ g‘oyalar bilan boyitishda va murakkab masalalarning turli xil yechim usullarini taqdim etishda beqiyos imkoniyatlarga ega.
Wordwall platformasi: Matematik tushunchalarni vizuallashtirish va o‘yinlashtirish (gamification) uchun eng qulay vositadir.
Wordwallda topshiriq yaratishning 5 ta asosiy qadami:
1. Ro‘yxatdan o‘tish
Dastlab wordwall.net saytiga kirasiz. Agar profilingiz bo‘lmasa, "Sign up" tugmasi orqali Google akkauntingiz bilan soniyalarda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.Agarda google akkauntni eslolmagan holda boshqa akkaunt ochish imkoniyati ham mavjud.
2. Shablon tanlash
Tizimga kirgach, yuqoridagi "Create Activity" tugmasini bosing. Shunda sizga 18 tadan ortiq bepul shablonlar (va pullik tariflarda yanada ko‘proq) taklif etiladi.
Mashhur shablonlar: Quiz (test), Match up (moslashtirish), Anjumble (so‘zlarni tartiblash), Random wheel (tasodifiy g‘ildirak).
3. Mazmunni kiritish
Tanlangan shablon ichiga o‘z savollaringiz va topshiriqlaringizni yozasiz:
Sarlavha: Mashg‘ulotga nom berasiz.
Savollar: Matnli savollar yoki rasmlar qo‘shishingiz mumkin.
Javoblar: To‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni belgilaysiz. Topshiriq tayyor bo‘lgach, "Done" tugmasini bosasiz.
4. Vizual uslub va sozlamalar
O‘yin yaratilgandan so‘ng, uni tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishingiz mumkin:
Themes: O‘yin interfeysini "Kosmos", "O'rmon" yoki "Klassik" uslubga o'tkazish.
Timer: Vaqt chegarasini belgilash.
Leaderboard: Talabalar o‘rtasida reyting jadvalini yoqish.
5. Ulashish va Natijalarni ko‘rish
Tayyor o‘yinni o‘quvchilarga yuborish uchun:
1. "Share" tugmasini bosing.
2. "Set Assignment" (Vazifa qilib belgilash) orqali o‘quvchilar ismini kiritadigan qilsangiz bo‘ladi.
3. Berilgan havolani (link) nusxalab, Telegram yoki Google Classroom orqali yuborasiz.
4. O‘quvchilar o‘ynab bo‘lgach, "My Results" bo‘limida kim nechanchi o‘rinni egallagani va qaysi savolda adashganini ko‘rishingiz mumkin. Bu platforma orqali ishlash jarayonida o‘tilgan darslar juda qiziqarli va samarali o‘tgan.
Ushbu platforma orqali "G‘ildirakli o‘yin", "Moslikni topish", "Interaktiv viktorina" kabi 30 dan ortiq formatda matematik o‘yinlar yaratish mumkin. Bu, ayniqsa, kichik yoshdagi o‘quvchilarda sonlar ustida amallar bajarish, geometrik shakllarni farqlash va ko‘paytirish jadvalini yod olish jarayonini zerikarli mashg‘ulotdan qiziqarli sarguzashtga aylantiradi. Bu platformada ishlash jarayonida ustoz yoki o‘quvchilarda ma’lum darajada e’tibor talab etiladi.
Kahoot platformasi - 2012-yilda Norvegiyada yaratilgan, o‘yinga asoslangan ta’lim platformasi. U o‘qituvchilarga bir necha daqiqa ichida viktorinalar (quiz), so‘rovnomalar va muhokamalar yaratish imkonini beradi. O‘quvchilar esa ushbu o‘yinlarga o‘z smartfonlari, planshetlari yoki kompyuterlari orqali ulanadilar.
Darsning mustahkamlash yoki bilimni nazorat qilish qismida o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Real vaqt rejimida o‘tkaziladigan matematik turnirlar o‘quvchilarning tezkor fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Kahoot orqali o‘qituvchi har bir o‘quvchining qaysi mavzuda oqsayotganini bir necha soniya ichida tahliliy ma’lumotlar (statistika) ko‘rinishida olish imkoniga ega bo‘ladi.
Kahoot platformasida ishlash ketma ketligi:
1. Ro‘yxatdan o‘tish va Kirish
kahoot.com saytiga kiring.
"Sign up" tugmasini bosib, o‘zingizga mos rolni tanlang.
Google yoki Microsoft akkauntingiz orqali tezda ro‘yxatdan o‘ting.
2. Kahoot (Test) yaratish
Asosiy sahifadagi "Create" (yaratish) tugmasini bosib, "Kahoot"ni tanlang.
"Question" qismiga savolni yozing.
"Add answers" qismiga 4 ta javob variantini kiriting va to‘g‘ri javobning yonidagi
O‘ng tomondagi panelda vaqtni (Time limit) va ballarni (Points) sozlang.
Yangi savol qo‘shish uchun "Add question" tugmasini bosing.
Tugatganingizdan so‘ng, yuqori o‘ng burchakdagi "Save" tugmasini bosing va testga nom bering.
3. O‘yinni ishga tushirish (Host)
Yaratilgan testni tanlang va "Start" (yoki Live) tugmasini bosing.
"Classic mode" (yakka tartibda) yoki "Team mode" (jamoaviy) rejimini tanlang.
Ekranda maxsus Game PIN (raqamli kod) paydo bo'ladi.
Platformaning ishlash ketma-ketligi
1. Yaratish (Create): O‘qituvchi platformada savollar va javob variantlarini kiritadi.
2. Namoyish (Host): Tayyor o‘yin katta ekranda (proyektorda) ishga tushiriladi.
3. Ulanish (Join): O‘quvchilar kahoot.it saytiga kirib, ekrandagi maxsus PIN-kodni kiritadilar.
4. O'yin (Play): Savol ekranda chiqadi, o‘quvchilar esa o‘z qurilmalarida rangli shakllar (uchburchak, romb va h.k.) orqali javob berishadi.
5. G'oliblik (Podium): Eng tez va to‘g‘ri javob berganlar virtual shohsupaga ko‘tariladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak: ushbu texnologiyalardan matematika darslarida to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Biroq, bu vositalar o‘qituvchining o‘rnini bosuvchi emas, balki uning pedagogik mahoratini kuchaytiruvchi, darsni zamon talablariga moslashtiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi lozim. Ushbu maqolada mazkur platformalarni boshlang‘ich sinf matematika darslariga integratsiya qilishning eng samarali usullari ulardan foydalanish ketma-ketligi ular haqida turli xil ma’lumotlar tahlil qilinadi. Ularning afzallik tomonlari ko’rib chiqildi va ro‘xatdan o‘tish bosqichlarini ham aytib o‘tdik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xodjayev B. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2014.
2. Sharipov Sh. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. // “Xalq ta’limi” jurnali, 2020, 3-son.
3. Furkatovna, A. S. (2025). Boshlang'ich ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar asosida matematika darsini tashkil etish. Fan va Tadqiqot Samaralari, 2(3), 67-74.
4. Jumayev M.E. Boshlang‘ich sinf matematika darslari metodikasi. - Toshkent: “O‘qituvchi”, 2017.
5. To‘xtayev U. Matematika o‘qitish metodikasi. - Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015.
6. Boltayev B., Jumayev M. Matematika o‘qitishning zamonaviy usullari. - Toshkent: “Noshir”, 2019.
7. Maxmudov M. Pedagogik texnologiyalar - ta’lim samaradorligi omili. - Toshkent: “Fan”, 2010.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.