ResearcherUz LogoResearcherUz

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KOGNITIV MOSLASHUVCHANLIGINI PEDAGOGIK FENOMEN SIFATIDAGI MAZMUNI.

Annotatsiya

KIRISH: zamonaviy ta’lim islohotlari maktabgacha yoshdagi bolalarda mustaqil va kreativ fikrlash hamda muammolarni hal qilish ko‘nikmalari shakllantirishni ustuvor vazifa qilib qo‘ymoqda. Maktabgacha yosh davri bilish jarayonlari, tafakkur va ijtimoiy tajriba jadal rivojlanadigan ontogenetik bosqich bo‘lib, unda faqat bilimlarni o‘zlashtirish emas, balki o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish qobiliyati ham muhim pedagogik natija hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, bolalarning kognitiv moslashuvchanligini pedagogik fenomen sifatida tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. MAQSAD: maqolaning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv moslashuvchanligini pedagogik fenomen sifatidagi mazmuni, strukturaviy tuzilishi, tarkibiy qismlari hamda uni rivojlantirish jarayonlarining pedagogik xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan ochib berishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida Sharq mutafakkirlari (Abu Nasr Forobiy) va g‘arb psixologlari (J.Piaje) qarashlari, mahalliy olimlarning ilmiy ishlari va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi tahlil qilindi. Metodologik asos sifatida kognitiv, amaliy, loyihaviy (STEAM), muammoli va Montessori ta’lim metodlari hamda pedagogik kuzatuv va uslubiy tahlil usullaridan majmuaviy foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijasida kognitiv moslashuvchanlik kognitiv, operatsion, motivatsion, emotsional-regulyativ, refleksiv, ijodiy va ijtimoiy-kommunikativ kabi tarkibiy qismlardan iborat ko‘p komponentli tuzilma ekani isbotlandi. Uning rivojlanishida bola, pedagog, rivojlantiruvchi muhit va faoliyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muhim o‘rin tutishi hamda fasilitativ pedagogik ko‘mak orqali bolani yangi yechimlarni izlashga yo‘naltirish samara berishi ko‘rsatildi. XULOSA: maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv moslashuvchanligi — bu yangi vaziyatlarni anglash, kognitiv tajribani qayta tashkil etish, faoliyat strategiyalarini o‘zgartirish va muqobil yechimlarni izlash qobiliyatini ifodalovchi integrativ shaxsiy sifatdir. Ushbu sifatni rivojlantirishda ijodiy erkinlik va fasilitativ pedagogik boshqaruvning maqbul mutanosibligini ta’minlash ta’limiy muhitning samaradorligini oshiradi.


INTRODUCTION: educational reforms place significant emphasis on developing independent, creative thinking and problem-solving skills in preschool children. As the preschool age represents a critical ontogenetic stage of intensive cognitive, speech, and social development, the ability to adapt to changing environments is recognized as an essential pedagogical outcome. Consequently, analyzing cognitive flexibility as a pedagogical phenomenon is of high scientific and practical relevance. AIM: the main objective of this study is to examine the content, structure, components, and developmental processes of preschool children's cognitive flexibility as a pedagogical phenomenon. MATERIALS AND METHODS: the study synthesizes the philosophical heritage of Farabi, J. Piaget's cognitive theory, national educational standards ("Ilk Qadam"), and contemporary pedagogical frameworks. Methodological approaches include literature analysis, project-based learning (STEAM), problem-based learning, the Montessori method, and communicative-reflexive analysis. DISCUSSION AND RESULTS: the findings establish that cognitive flexibility is a multi-component structure consisting of cognitive, operational, motivational, emotional-regulatory, reflexive, creative, and social-communicative dimensions. The process of its development relies heavily on the dynamic interaction within the "child – educator – developmental environment – activity" system, where facilitative pedagogical support plays a decisive role. CONCLUSION: cognitive flexibility in preschool children is an integrative personal quality that enables them to reorganize cognitive experience, alter operational strategies, and seek alternative solutions in dynamic learning contexts. Fostering this capability requires an optimal balance between the child's creative autonomy and guided facilitative pedagogy.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

TA’LIM JARAYONIDA DIQQAT VA IJRO FUNKSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NEYROPEDAGOGIK MEXANIZMLARI.
Psixologiya fanlariNeyropedagogikaDiqqatIjro funksiyalari

Izzatullayeva Zohidaxon Sunatdullayevna

K mexanizmlari uchta ilmiy manbaning qiyosiy tahlili asosida yoritiladi. Diqqatni boshqaruvchi neyron tarmoqlar, ish xotirasi, tormozlovchi nazorat va kognitiv moslashuvchanlikning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Diqqat mashqlari, qoidali o‘yinlar va kognitiv murakkabligi bosqichma-bosqich oshiriladigan topshiriql…

Inter Education & Global Study21.10.202600
BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
O‘ZBEK AN’ANAVIY DOIRA IJROCHILIGIDA USULLAR VA ULARNING BADIIY- ESTETIK XUSUSIYATLARI.
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik

To‘rayev Qahramon Fayzullayevich

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600
IJODKORLIK KO‘NIKMALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARKIBI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog

Madiyev Otamurod Bobomurodovich

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…

Inter Education & Global Study21.10.202600