MaqolaOpen AccessOAK

ABDURAHMON TAMKIN BUXORIY IJODIDA LIRIK JANRLAR TALQINI VA BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLAR

Inter Education & Global Study· Tom 4, 4-son· 2026-yilda nashr etilganDOI: 10.5281/zenodo.19697650

Annotatsiya

KIRISH: ushbu tadqiqot ishida XIX asr Buxoro adabiy muhitida faoliyat yuritgan Abdurahmon Tamkin Buxoriyning lirik merosi tahlil qilinadi. Unda shoir ijodida yetakchi o‘rin tutgan g‘azal, ruboiy, fard va muammo janrlarining badiiy-estetik xususiyatlari, mazmun-mohiyati hamda ularning tasavvufiy-falsafiy talqini yoritilgan. MAQSAD: Tamkin ruboiylarida ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalar, fardlaridagi didaktik mazmun va muammo janrining o‘ziga xos badiiy talqini ilmiy asosda ochib beriladi. Maqolada shoir ijodining an’ana va yangilik uyg‘unligidagi o‘rni hamda uning bugungi ma’naviy-ma’rifiy tarbiyadagi ahamiyati asoslab berishga harakat qilinadi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot mavzusini yoritishda biografik, tavsiflash, tarixiy-qiyosiy, kontekstual, analitik tahlil usullaridan hamda falsafiy va madaniy adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tahliliy yondashuv, tizimli umumlashtirish hamda madaniyatlararo tahlil metodlaridan foydalanildi foydalanildi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi qo‘lyozmalar fondiga murojaat qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: ko‘p asrlardan buyon an’anaga aylanib qolgan zullisonaynlik hodisasining Buxoroda sobiq sho‘ro hukumati davrida tanazzulga yuz tutishi xalqning o‘z tarixiy me’rosidan bebahra qolishiga olib keldi. Natijada, sharq she’riyati ayniqsa, fors-tojik adabiyoting eng ko‘p tarqalgan lirik turlari: g‘azal, ruboiy, masnaviy kabilarning o‘z egalariga yetib bormaslik holatlari yuzaga keldi. Bu–ikki tilda ijod qilgan Abdurahmon Tamkin ijodi uchun ham xos bo‘ldi. Biz bugun shoirning go‘zal ijodini, ibratli g‘oyalarini xalqimizga yetkazib berishdek ishni amalga oshirishga jazm etdik. Zero, mamlakatimiz ravnaqi uchun nafaqat shaklan balki, ruhan, qalban, fikran sog‘lom avlodni tarbiyalashdek ulug‘vor ishda Abdurahmon Tamkin ijodiyoti munosib o‘rin tuta oladi. Faqat uni o‘quvchiga yetkaza bilishimiz kerak. XULOSA: Abdurahmon Tamkin o‘tmishdan qolgan madaniy meros zamonaviy muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynashini o‘z davridayoq chuqur idrok eta olgan ijodkorlardan biri edi. U o‘tmishning ulug‘ shoirlari ta’limoti va an’analari asosida inson qudrati va qadriyatini tushunishga da’vat qildi va o‘z davri hokimu hoziqlarini shunga chaqirdi. Shoir mumtoz adabiyotimiz an’analarini muvaffaqiyatli davom ettirdi. Zamondosh shoirlardan farqli ravishda ayrim lirik janlarda ham barakali ijod qildi. Jumladan, ko‘plab chuqur ma’noli ruboiylar yozganligi fikrimizning dalilidir.


INTRODUCTION: this article analyzes the lyrical heritage of Abdurahmon Tamkin Bukhari, who was active in the literary environment of Bukhara in the 19th century. It highlights the artistic and aesthetic features, content, and essence of such genres as ghazal, rubai, fard, and muammo, which occupy a central place in the poet’s творчество, as well as their Sufi-philosophical interpretation. OBJECTIVE: to provide a scientific interpretation of the universal ideas expressed in Tamkin’s rubai, the didactic content of his fards, and the unique artistic interpretation of the muammo genre. The article also seeks to define the role of the poet’s творчество in the harmony of tradition and innovation, and to substantiate its significance in modern spiritual and moral education. MATERIALS AND METHODS: the study employs biographical, descriptive, historical-comparative, contextual, and analytical methods, along with the analysis of philosophical and cultural literature, a comparative-analytical approach, systematic generalization, and intercultural analysis. Manuscripts from the collection of the Abu Rayhan Beruni Institute of Oriental Studies were also consulted. DISCUSSION AND RESULTS: the phenomenon of bilingualism, which had long been a tradition, declined in Bukhara during the former Soviet period, leading to a disconnection of the people from their historical heritage. As a result, many widely распространённые lyrical genres of Eastern poetry—especially in Persian-Tajik literature, such as ghazal, rubai, and masnavi—failed to reach their audience. This was also characteristic of the творчество of Abdurahmon Tamkin, who wrote in two languages. Today, we aim to bring the poet’s rich творческое наследие and instructive ideas to the public. Indeed, his works can play a significant role in educating a spiritually, morally, and intellectually mature generation. The key task is to effectively present them to the reader. CONCLUSION: Abdurahmon Tamkin was one of the thinkers who deeply realized the importance of cultural heritage in addressing contemporary issues. Based on the teachings and traditions of great classical poets, he called for an understanding of human dignity and potential, addressing both rulers and society of his time. The poet successfully continued the traditions of classical literature and, unlike many of his contemporaries, плодотворно contributed to several lyrical genres. In particular, his numerous profound rubai serve as clear evidence of this.

Kalit so'zlar

Qanday iqtibos keltirish

Choriyeva Mehriniso Qiyomiddinovna. (2026). ABDURAHMON TAMKIN BUXORIY IJODIDA LIRIK JANRLAR TALQINI VA BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLAR. Inter Education & Global Study, 4(4), 319-325. https://researcher.uz/uz/article/abdurahmon-tamkin-buxoriy-ijodida-lirik-janrlar-talqini-va-badiiy-falsafiy-xususiyatlar-584378 https://doi.org/10.5281/zenodo.19697650

Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Pedagogika fanlari

RAQAMLI TA’LIMDA TANQIDIY VA IJODIY FIKRLASHNI QO‘LLAB-QUVVATLOVCHI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK OMILLAR.

Yusupov Muxtorbek Roximovich

Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik-psixologik omillar tizimlashtirilgan. Ichki motivatsiya, fikr bildirish erkinligi, muammoli topshiriqlar, axborotni tekshirishga yo‘naltirilgan ko‘mak, moslashuvchan yordam va rivojlantiruvchi bahol… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

raqamli ta’limtanqidiy fikrlashijodiy fikrlashichki motivatsiyapsixologik xavfsizlikmoslashuvchan ko‘mak

Inter Education & Global Study06.11.202682
Pahlavon Mahmud ma’naviy merosining manbaviy asoslari va o‘rganilish tarixining pedagogik talqini

Raxmanova Ikboloy Atanazarovna

Maqolada Pahlavon Mahmud ma’naviy merosining manbaviy asoslari va uning o‘rganilish tarixi pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mutafakkirning ruboiylari, “Kanz ul-haqoyiq” masnaviysi, manoqib va tazkiralar, futuvvatnomalar, sayohatnomalar, maqbara kitobalari hamda xalq og‘zaki ijodiga oid ma’lumotlar manbashunos… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

Pahlavon Mahmudma’naviy merosruboiy“Kanz ul-haqoyiq”manbashunosliktasavvuf

Inter Education & Global Study03.11.202610

Pedagogika fanlari

XITOY VA O‘ZBEKISTON MUZEYLARINING FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: QIYOSIY TAHLIL.

Omonova Mohinur Bahodir qizi

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida muzeylar faoliyatini huquqiy tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Muzeylar faoliyatini tashkil etish, muzey fondlarini shakllantirish va boshqarish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, muzey ashyo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

muzeymuzey faoliyatihuquqiy tartibga solishnormativ-huquqiy hujjatlarmadaniy merosmuzey fondi

Inter Education & Global Study25.10.202693

Pedagogika fanlari

O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘QITISHDA TARIXIY MANBALAR VA INTERFAOL METODLAR ORQALI TALABALARNING TAHLILIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH.

Maxkamova Nadira Ulfatdjanovna

Maqolada texnik oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘qitish jarayonida tarixiy manbalar va interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tarixiy hujjatlar, davriy matbuot materiallari, statistik ma’lumotlar va vizual manbalar bilan ishlash orqali talabalarda dalillarni taqqo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

tarixni o‘qitish metodikasitarixiy manbalarinterfaol metodlartahliliy tafakkurtexnik oliy ta’limmanbalar tanqidi

Inter Education & Global Study24.10.2026134

Pedagogika fanlari

SAMARALI LOGISTIKANI AMALGA OSHIRISHDA MATEMATIK METODLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI.

Musayeva Ziyoda Allayarovna

Inson faoliyatining barcha sohalarida matematika faninning erishgan yutuqlaridan foydalanish katta samara berib kelmoqda. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot sohasining barcha jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli korxona va tashkilotlar o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishganda ular o‘rtas… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

logistikaoptimal logistikasonli usullaritransport masalasimatematik model

Inter Education & Global Study23.10.202693
Inter Education & Global Study — Jurnal muqovasi
0
Ko'rishlar
0
Yuklab olishlar

Muhim sanalar

Maqola qabuli muddati
25-noyabr, 2026
Nashr sanasi
30-noyabr, 2026