ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

AKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL VA PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIDA NOANʼAVIY TAʼLIMNING OʻRNI

Annotatsiya

Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional va psixologik rivojlanishida noanʼanaviy taʼlimning oʻrni yoritilgan. Noanʼanaviy taʼlim texnologiyalari orqali bolalarda empatiya, emotsional intellekt, mustaqil fikrlash va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish imkoniyatlari koʻrsatib berilgan. Oʻyin, loyiha va STEAM texnologiyalarining samarali ahamiyati asoslab berilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 191 ⊰⊰--

PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIDA NOANʼAVIY TAʼLIMNING OʻRNI

Xasanova Nargiza Omonqulovna

Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani

16-sonli DMTT direktori

Annotatsiya

Ushbu tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-emotsional va psixologik rivojlanishida noanʼanaviy taʼlimning oʻrni yoritilgan. Noanʼanaviy taʼlim texnologiyalari orqali bolalarda empatiya, emotsional intellekt, mustaqil fikrlash va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish imkoniyatlari koʻrsatib berilgan. Oʻyin, loyiha va STEAM texnologiyalarining samarali ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit soʻzlar: ijtimoiy-emotsional rivojlanish, psixologik rivojlanish, noanʼanaviy taʼlim, innovatsion pedagogik texnologiyalar, empatiya, emotsional intellekt.

Аннотация

В тезисе рассматривается роль нетрадиционного обучения в социально-эмоциональном и психологическом развитии детей дошкольного возраста. Подчёркивается эффективность игровых, проектных и STEAM-технологий в формировании эмоционального интеллекта, эмпатии, самостоятельного мышления и коммуникативных навыков. Обоснована значимость внедрения инновационных методов в дошкольных образовательных организациях. Ключевые слова: социально-эмоциональное развитие, психологическое развитие, нетрадиционное обучение, инновационные педагогические технологии, эмоциональный интеллект, эмпатия. Abstract

The thesis examines the role of non-traditional education in the social-emotional and psychological development of preschool children. It highlights the effectiveness of game-based, project-based, and STEAM approaches in developing emotional intelligence, empathy, independent thinking, and communication skills. The importance of implementing innovative teaching methods in preschool education is emphasized.

Keywords: social-emotional development, psychological development, non-traditional education, innovative pedagogical technologies, emotional intelligence, empathy.

Biz globallashuv davrida, tobora rivojlanib borayotgan, raqamlashtirilayotgan bir davrda yashar ekanmiz, pedagog sifatida aholining katta qismini tashkil etadigan yoshlar va bolalarni tarbiyasiga katta eʼtibor qaratishimiz juda muhim. Ushbu maqolada bolalarning ilk bolalik davrida ijtimoiy-hissiy va psixologik rivojlanishi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yaratiladigan noanʼanaviy muhit haqida fikr yuritiladi.

Zamonaviy maktabgacha taʼlim tizimi bolalarning jamiyatda qiynalmasdan oʻz oʻrnini topishiga, barcha sohalarda mukammal rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, nafaqat aqliy, balki ijtimoiy-emotsional va psixologik rivojlanishiga, sogʻlom jism va sogʻlom fikrga ega shaxs boʻlib yetishib ulgʻayishiga qaratilgan.

Soʻnggi yillarda pedagogik amaliyotda anʼanaviy oʻqitish bilan birga noanʼanaviy taʼlim texnologiyalaridan ham keng qoʻllanilmoqda. Bu texnologiyalar bolalarda faollikni oshirish, mustaqil

--⊱⊱ 192 ⊰⊰-- fikrlashni va emotsional barqarorligini shakllantirish, jamoada erkin muloqot qilish kabi koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

Maktabgacha yosh inson hayotida uning shaxs boʻlib yetishishiga asos soladigan davrdir. Bu davr bolaga tushunish, his qilish, oʻz-oʻzini boshqarish, muloqot qilish kabi koʻnikmalarni rivojlantirishga asos solinadigan davrdir. Noanʼanaviy taʼlim esa bolaning ushbu rivojlanish jarayonini qoʻllab-quvvatlovchi, uning qiziqishlariga mos holda, samarali metodlar yordamida amalga oshiradigan taʼlimdir.

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning ijtimoiy-emotsional va psixologik rivojlanishida noanʼanaviy taʼlimning oʻrni va ahamiyati, shuningdek amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari haqida soʻz boradi

Maktabgacha yoshda bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, ularning kelgusidagi mukkamal shaxs boʻlib shakllanishiga asos boʻladi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishining asosiy komponentlaridan biri erkin muloqotga kirishish qobiliyatidir. Bolalar kattalar va tengdoshlar bilan oʻzaro munosabatga kirishar ekan, j atrof-muhitni anglagan holda, oʻz fikrini bayon qila olishni, jamoada oʻzini munosib tutishni oʻrganadilar. Shu bilan birga bolalar oʻzgalar fikrini tinlay bilish va hurmat qilish, hamkorlikda ishlash, birgalikda muammolarga yechim topish koʻnikmalariga ham ega boʻladilar.

Bolaning emotsional rivojlanishining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:

- Empatiya va his-tuygʻularni anglash

- Bola hissiyotlarini tanishi va boshqara olishi koʻnikmasi

- Oʻzgalar fikrini hurmat qilish

- Tengdoshlari yutugiga quvonish, xursandchiligiga sherik boʻlish

- His-tuygularini erkin koʻrsatish va boshqalar

Emotsional rivojlanishning ahamiyati shundan iboratki, bunda bola boshqalarning hislarini tushunish va hurmat bilan munosabatda boʻlishi bolada emotsional intellektni shakllantiradi. Emotsional barqarorlik bolaning oʻziga boʻlgan ishonchiga, motivatsiyasi va muloqot qobiliyatiga ijobiy taʼsir qiladi. Bolada emotsional kompetentlikning toʻgri rivojlanmasligi, yaʼni nosogʻlom muhitda oʻsishi, bolalarda qoʻrquv, ishonchsizlik, agressiya, tortinchoqlik kabi holatlarni keltirib chiqaradi.

Bolada psixologik rivojlanishnig asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:

- Ijodiy tafakkur va fantaziyaning oʻsishi

- Muammodan qoʻrqmaslik, balki uni yechish, mustaqil fikrlash

- Qiziqishlar va shaxsiy motivatsiyaning shakllanishi

- Oʻzini anglash va oʻz-oʻzini nazorat qilish va boshqalar

Biz, kattalar, bolalarning ilk bolalik davrida ijtimoiy-hissiy va psixologik rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib, ularda yuqorida keltirib oʻtilgan kompetentlarni rivojlantirar ekanmiz, bolalarni kelajakda mustaqil fikrlovchi va erkin etuvchi, muammolarga tik boquvchi va hal qiluvchi, stressga chidamli, har bir ishga ijodkorlik bilan yondashuvchi mukammal shaxs etishishida ulkan hissa qoʻshgan boʻlamiz.

Bu oʻrinda noanʼanaviy taʼlimning mohiyati va asosiy turlariga toʻxtalish joiz.

Noanʼanaviy taʼlim — bu bolaning faolligi va qiziqishlariga asoslangan pedagogik jarayondir. Noanʼanaviy taʼlim quyidagi afzalliklarga ega:

- Bolaning faol ishtirokini taʼminlaydi

- Emotsional rang-baranglikni oshiradi

- Ijodkorlik va mustaqillikni rivojlantiradi

--⊱⊱ 193 ⊰⊰--

- Muammoli vaziyatlarda oʻzini tuta olishni oʻrgatadi

- Oʻzaro hamkorlikni kuchaytiradi

- Jamoaviy koʻnikmalarni rivojlantiradi

Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida noanʼanaviy taʼlimning quyidagi asosiy turlaridan foydalaniladi:

- Oʻyin texnologiyalar: rollli, harakatli va mantiqiy oʻyinlar orqali bolalar ijtimoiy-emotsional jihatdan rivojlanadi.

- Loyiha metodi: bolani kuzatishga, izlanishga va hamkorlikka undaydi.

- STEAM texnologiyalari: fan, texnologiya, muhandislik, sanʼat va matematikaning uygʻunligi tafakkurni rivojlantiradi.

- Kichik guruhlarda ishlash: markazlarda ishlash orqali bolalarda ijtimoiy koʻnikmalar rivojlanadi. Bu oʻqitishning interfaol metodi boʻlib, u qisqa vaqt ichida barcha ishtirokchilarni jalb qilgan holda koʻp vazifani bajarishga va shu yoʻl bilan samaradorlikni oshirishga imkon beradi.

Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning ijtimoiy-emotsional va psixologik rivojlanishida noanʼanaviy taʼlim muhim oʻrin tutadi. Ushbu metodlar bolaning tabiiy qiziqishlariga mos keladi, faol ishtirokni taʼminlaydi, ijtimoiy koʻnikmalarni mustahkamlaydi, emotsional barqarorlik va ijodkorlikni rivojlantiradi. Shu bois maktabgacha taʼlim tashkilotlarida noanʼanaviy metodlardan muntazam foydalanish, pedagoglarni zamonaviy texnologiyalarga oʻrgatish dolzarb vazifalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi. “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi. (takomillashtirilgan 2-nashr)– Toshkent, 2022.

2. Karimova D.X., Ismailova N.Sh. Maktabgacha taʼlimda innovatsion va noanʼanaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va taʼlim, 2021. – 156 b.

3. Abduqodirova R.Q. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanish masalalari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2020. – 120 b.

4. Vigotskiy L.S. Psixik rivojlanish nazariyasi va bolaning ijtimoiy muhitdagi shakllanishi. – M.: Pedagogika, 2019.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.