KIRISH: zamonaviy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tayyorgarlikni ham talab etadi. Globallashuv sharoitida talabalarning kasbiy faoliyatga moslashishi va professional ko‘nikmalarini shakllantirishda malakaviy amaliyot eng muhim pedagogik vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. MAQSAD: maqolaning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarning professional ko‘nikmalarini rivojlantirishda malakaviy amaliyotning tutgan o‘rnini tahlil qilish, ushbu jarayonning samaradorligini oshiruvchi omillarni aniqlash va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda D. Kolbning tajribaviy o‘rganish, D. Shyonning reflektiv amaliyot hamda J. Erpenbek va V. Heysening kompetensiyaviy yondashuv nazariyalari metodologik asos qilib olindi. Shuningdek, ilmiy adabiyotlar tahlili, tizimli yondashuv va pedagogik kuzatuv metodlaridan foydalanildi. MUHOKOMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, amaliyot davomida talabalarda kasbiy tafakkur, muloqot madaniyati va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari integratsiyalashgan holda rivojlanadi. Malakaviy amaliyot nazariya va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlab, talabaning kasbiy identifikatsiyasini shakllantirishi aniqlandi. HULOSA: malakaviy amaliyot bo‘lajak mutaxassislarni mehnat bozoriga tayyorlashning strategik bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning samaradorligini oshirish uchun ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish hamda amaliyot dasturlariga innovatsion yondashuvlarni joriy etish zarur.
INTRODUCTION: in the modern education system, training competitive specialists requires not only theoretical knowledge but also practical readiness. In the context of globalization, internship serves as one of the most important pedagogical tools for developing professional skills and adapting students to professional activities. AIM: the objective of the article is to analyze the role of professional internship in developing the professional skills of future specialists, identify factors that ensure its effectiveness, and develop scientifically grounded conclusions for improving this process. MATERIALS AND METHODS: the research is based on D. Kolb's experiential learning theory, D. Schön's reflective practice concept, and the competency-based approach of J. Erpenbeck and V. Heyse. Methods of scientific literature analysis, systematic approach, and pedagogical observation were utilized. RESULTS AND DISCUSSION: the results indicate that during the internship, students develop professional thinking, communication culture, and problem-solving skills in an integrated manner. It was found that internship ensures the continuity between theory and industry, facilitating the student's professional identification. CONCLUSION: professional internship is a strategic link in preparing future specialists for the labor market. To increase its effectiveness, it is essential to strengthen the partnership between education and industry and to implement innovative pedagogical approaches in internship programs.
Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv … Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Mazkur maqolada xorijiy til yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni ta’lim dizayniga tayyorlashda dizayn va metodika fanlarini o‘zaro integratsiyalashning nazariy asoslari yoritilgan. Ta’lim jarayonini samarali loyihalashtirish, o‘quv materiallarini talabalarning ehtiyojlariga moslashtirish, zamonaviy pedagogik texno… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
xorijiy til ta’limita’lim dizaynipedagogik dizaynmetodikafanlararo integratsiyakasbiy kompetensiya
Maqolada talabalarning kasbiy xavfsizligini ta’minlash metodikasini takomillashtirishning pedagogik, tashkiliy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida talabalarda kasbiy xavflarni aniqlash, xatarlarni baholash, xavfsiz ish usullarini tanlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qi… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
kasbiy xavfsizlikmehnatni muhofaza qilishtalabalarkasbiy kompetensiyaxatarlarni baholashxavfsiz mehnat
Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik-psixologik omillar tizimlashtirilgan. Ichki motivatsiya, fikr bildirish erkinligi, muammoli topshiriqlar, axborotni tekshirishga yo‘naltirilgan ko‘mak, moslashuvchan yordam va rivojlantiruvchi bahol… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
raqamli ta’limtanqidiy fikrlashijodiy fikrlashichki motivatsiyapsixologik xavfsizlikmoslashuvchan ko‘mak
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida muzeylar faoliyatini huquqiy tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Muzeylar faoliyatini tashkil etish, muzey fondlarini shakllantirish va boshqarish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, muzey ashyo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
muzeymuzey faoliyatihuquqiy tartibga solishnormativ-huquqiy hujjatlarmadaniy merosmuzey fondi