ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida pedagogik liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yilayotgan kasbiy talablarning mazmunan kengayib borishi uning nafaqat o‘z faniga oid bilim va ko‘nikmalarga, balki ta’lim jarayonini boshqarish, o‘quvchilarni umumiy maqsad sari yo‘naltirish, samarali pedagogik muloqotni tashkil etish, jamoaviy faoliyatni muvofiqlashtirish, ijodiy tashabbuslarni qo‘llab- quvvatlash va pedagogik vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlariga ega bo‘lishini taqozo etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, pedagogik liderlik kompetensiyasi bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarligining muhim integrativ tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Tadqiqotda pedagogik liderlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi kasbiy faoliyatidagi o‘rni, kompetensiyaning tarkibiy tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Pedagogik liderlik kompetensiyasini rivojlantirishning tizimli, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan, refleksiv va aksiologik yondashuvlari o‘zaro bog‘liqlikda yoritilgan. Shuningdek, musiqa ta’limining ijodiy, kommunikativ va jamoaviy xususiyatlari bo‘lajak pedagoglarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning muhim pedagogik imkoniyati sifatida asoslangan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida pedagogik liderlik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik model, texnologiya va metodik ta’minotni ishlab chiqish uchun nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
в статье анализируются теоретико-методологические основы развития компетенции педагогического лидерства у будущих учителей музыки. Раскрываются сущность и содержание педагогического лидерства, его структурные компоненты и значение в профессиональной подготовке будущих учителей музыки. Обосновываются возможности системного, компетентностного, личностно ориентированного, деятельностного, рефлексивного и аксиологического подходов в процессе развития компетенции педагогического лидерства. Особое внимание уделяется творческому и коллективному характеру музыкального образования как важной педагогической среде для формирования лидерских качеств будущего специалиста. В результате теоретического анализа обосновано, что компетенция педагогического лидерства включает мотивационно-аксиологический, когнитивный, коммуникативный, эмоционально-волевой и деятельностно-рефлексивный компоненты. Установлено, что интеграция данных подходов способствует развитию педагогической инициативности, коммуникативной активности, организаторских способностей, творческого потенциала, способности принимать педагогические решения и осуществлять профессиональную рефлексию. Выделенные теоретико- методологические положения могут служить научной основой для разработки педагогической модели, технологий, критериев диагностики и механизмов развития компетенции педагогического лидерства будущих учителей музыки.
Pedagogika fanlariMuhandislik ta’limiKompyuter grafikasiBo‘lajak muhandis
Isanov Abdumajit Parmanovich
Mazkur maqolada “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Fanni o‘qitishda amaliy topshiriqlar, grafik modellashtirish, raqamli texnologiyalar va zamonaviy grafik dasturlardan foydalanishnin…
Pedagogika fanlariDual taʼlimMaktabgacha taʼlimOliy taʼlim tashkiloti
Samiyeva Zulayho Uktamovna
Maqolada maktabgacha taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarni dual taʼlim asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va tashkiliy-pedagogik asoslari yoritilgan. Oliy taʼlim tashkiloti bilan maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlikni maqsadli, mazmuniy, jarayonli, mentorlik, baholash-monitoring …
Zamonaviy raqamlashuv va yoshlarning musiqiy-estetik ehtiyojlari o‘zgarib borayotgan bir sharoitda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa ta’limi mazmunini takomillashtirish hamda uning metodologik bazasini zamon talablariga moslashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Pedagogika fanlariBo‘lajak logopedKorreksion jarayonTizimli tahlil
Toshturdiyeva Zoyira Dusmurod qizi
Maqolada bo‘lajak logopedlarni korreksion jarayonlarni tizimli tahlil etishga o‘rgatishning pedagogik modeli yoritilgan. Modelning maqsadli, mazmuniy, tashkiliy- texnologik va diagnostik-natijaviy komponentlari asoslangan. Tizimli tahlil kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari, o‘qitish metodlar…
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish orqali ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Sun’iy intellekt asosidagi interaktiv vositalarning tahliliy, tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikrlashni shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinad…