KIRISH: maqolada ortogonal proyeksiyalash orqali fazodagi jismlarni tekislikda aniq tasvirlash, buyumlarning shakli va o‘lchamlarini ifodalash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Chizmaning 2D yoyilma chizmasiga “epyur” deb ta’rif berish ilgari surilgan. Plita va ustidagi teshikli qutidan iborat jismning chapdan (W), oldidan (V) va ustidan (H) ko‘rinishlari rangli chiziqlar va sirkul yordamida yasalishi tushuntirilgan. MAQSAD: ortogonal proyeksiyalash usulining nazariy asoslarini ochib berish, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va grafik savodxonlikni shakllantirish, yon tomondan (W) ko‘rinishni topishdagi qiyinchiliklarni rangli chiziqlar yordamida yengillashtirish metodikasini taklif etish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda Gaspar Monj tomonidan tizimlashtirilgan ortogonal proyeksiyalash usuli, proyeksiya tekisliklari (frontal, gorizontal, profil) va epyur tushunchasi asos qilib olingan. Plita va teshikli quti modelidan foydalanib, rangli yordamchi chiziqlar yordamida W ko‘rinishini yasash algoritmi ko‘rsatilgan. Adabiyotlar tahlili va amaliy chizma misollari qo‘llanilgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR: ortogonal proyeksiyalash texnik chizmalarni bajarishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul ekanligi tasdiqlandi. Uchta asosiy proyeksiya (V, H, W) yordamida buyumning haqiqiy shakli va o‘lchamlari aniqlanadi. O‘quvchilar yon tomondan ko‘rinishni topishda qiynalishadi; rangli chiziqlarni kesishtirish usuli bu qiyinchilikni sezilarli darajada kamaytiradi. Har bir chiziqning rangi uning qaysi detaldan kelganini ko‘rsatadi, shuning uchun kesishgan joyda yangi chiziq qaysi ikki chiziqdan hosil bo‘lganini darhol ko‘rish mumkin. XULOSA: chizmachilik fani zamonaviy texnika va arxitekturaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ortogonal proyeksiyalash usuli fazodagi jismlarni tekislikda aniq va tushunarli tasvirlash imkonini beradi. Bu usul yordamida turli buyumlar, binolar va mexanizmlarning mukammal chizmalari yaratiladi. Rangli yordamchi chiziqlar metodikasi o‘quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantiradi va chizmachilik o‘qitish samaradorligini oshiradi.
INTRODUCTION: the article examines the possibilities of accurately depicting spatial objects on a plane through orthogonal projection and expressing the shape and dimensions of objects. The definition of a drawing’s 2D developed view as an “epure” is put forward. The construction of the left (W), front (V) and top (H) views of a solid consisting of a plate and a box with a hole above it is explained using colored lines and a compass. AIM: to reveal the theoretical foundations of the orthogonal projection method, to form spatial imagination and graphic literacy in students, and to propose a methodology for facilitating the finding of the side (W) view with the help of colored lines. MATERIALS AND METHODS: the study is based on the orthogonal projection method systematized by Gaspard Monge, the concepts of projection planes (frontal, horizontal, profile) and the epure. An algorithm for constructing the W view using colored auxiliary lines is demonstrated on a model of a plate and a box with a hole. Literature analysis and practical drawing examples are used. DISCUSSION AND RESULTS: it has been confirmed that orthogonal projection is the most widely used method in technical drawing. The true shape and dimensions of an object are determined with the help of three main projections (V, H, W). Students have difficulty finding the side view; the method of intersecting colored lines significantly reduces this difficulty. The color of each line indicates which detail it comes from, so at the intersection one can immediately see from which two lines the new line is formed. CONCLUSION: the science of drawing is of great importance in the development of modern technology and architecture. The orthogonal projection method makes it possible to accurately and clearly depict spatial objects on a plane. Using this method, perfect drawings of various objects, buildings and mechanisms are created. The colored auxiliary lines methodology develops students’ spatial imagination and increases the effectiveness of teaching drawing.
T.R. Sobirov, M.B. Ibragimova. (2026). CHIZMACHILIK FANI VA ORTOGONAL PROYEKSIYALASH. Inter Education & Global Study, 4(11), 701-706. https://researcher.uz/uz/article/chizmachilik-fani-va-ortogonal-proyeksiyalash https://doi.org/10.5281/zenodo.24478288
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
KIRISH: ta’lim jarayonida elektron ta’lim resurslarini qo‘llashga qiziqish kuchayib bormoqda, chunki zamonaviy texnologiyalar talabalarni tayyor bilimlarni yodlash emas, balki bilimlarni mustaqil izlash, tahlil qilish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Elektron ta’lim resurslari talabalarning mustaqil ta’limini tashkil e… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
elektron resurs tushunchasielektron ta’lim resursimustaqil ta’lim
ВВЕДЕНИЕ: методика преподавания русского языка студентам-медикам с применением STEAM-подхода объединяет изучение языковых норм и медицинской терминологии с естественными науками, технологиями, инженерией, искусством и математикой. Такой подход переводит язык из абстрактного предмета в инструмент решения реальных клинич… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
KIRISH: mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirishda raqamli-didaktik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida boshqaruv kadrlariga qo‘… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
boshqaruv kadrlarikasbiy kompetensiyaraqamli-didaktik texnologiyalarraqamli kompetensiyaraqamli ta’lim muhitielektron ta’lim
KIRISH: O‘zbekistonning qadimiy madaniy hududlaridan biri bo‘lgan Surxondaryo vohasi xalq og‘zaki ijodi, an’anaviy musiqa va dostonchilik maktablari bilan alohida ajralib turadi. Bu hududda avlodlar davomida shakllangan baxshichilik san’ati xalqning tarixiy xotirasi, turmush tarzi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlari… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Surxondaryobaxshichilik san’atidostonchilikxalq og‘zaki ijodimusiqa madaniyatimilliy meros
ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается трансформация нематериального культурного наследия (НКН) в структурированные цифровые нематериальные активы (НМА) в условиях постиндустриальной экономики знаний и цифровизации. На примере элементов культурного наследия Узбекистана анализируются правовые, технологические и экономически… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →