KIRISH: O‘zbekistonning qadimiy madaniy hududlaridan biri bo‘lgan Surxondaryo vohasi xalq og‘zaki ijodi, an’anaviy musiqa va dostonchilik maktablari bilan alohida ajralib turadi. Bu hududda avlodlar davomida shakllangan baxshichilik san’ati xalqning tarixiy xotirasi, turmush tarzi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan. Hozirgi davrda milliy madaniy merosni asrash va yoshlar ongiga singdirish masalasi ta’limtarbiya tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, baxshichilik an’analarini faqat folklor yoki ijrochilik hodisasi sifatida emas, balki tarbiyaviy mazmun va pedagogik imkoniyatlarga ega madaniy meros sifatida o‘rganish zarur. Ayniqsa, Surxondaryo baxshichilik maktabining o‘ziga xos ijro uslublari va dostonlaridagi axloqiy g‘oyalarni musiqa ta’limi mazmuni bilan bog‘lash dolzarb ahamiyat kasb etadi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi Surxondaryo baxshichilik san’atining milliy musiqa madaniyatidagi o‘rnini ochib berish, xalq dostonlarida aks etgan tarbiyaviy g‘oyalarni tahlil qilish hamda mazkur san’atning yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy fazilatlar va musiqiy-estetik didni shakllantirishdagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot materiallari sifatida Surxondaryo baxshichilik maktabiga mansub ijrochilik namunalari, xalq dostonlari, baxshilar repertuari, folklorshunoslik va musiqashunoslikka oid ilmiy adabiyotlar hamda an’anaviy ijrochilik tajribasiga doir ma’lumotlardan foydalanildi.Shuningdek, xorijiy tajriba, innovatsion pedagogik texnologiyalar, musiqa psixologiyasi va ijodiy tafakkur nazariyasi bo‘yicha adabiyotlar o‘rganildi. Kuzatuv, kontent tahlil, suxbat, tajriba va solishtirma metodlar asosiy tadqiqot usullarini tashkil etdi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: Surxondaryo baxshichilik san’ati voha musiqiy madaniyatining tarixiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Uning shakllanishi va rivojlanishida xalqning og‘zaki ijodga bo‘lgan ehtiyoji, musiqiy an’analari hamda ustozshogird munosabatlari katta ahamiyat kasb etgan. Baxshi ijrochiligi do‘mbira jo‘rligi, o‘ziga xos ohanglar, epik bayon va badiiy talqin uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bunday ijro uslubi xalqning musiqiy didi va estetik qarashlarini aks ettiruvchi muhim madaniy hodisadir. Baxshichilik san’atining tarbiyaviy ahamiyati, avvalo, xalq dostonlarida ifodalangan hayotiy va axloqiy qarashlar bilan belgilanadi. Doston qahramonlarining el-yurt himoyasi yo‘lidagi jasorati, do‘stlikka sodiqligi, va’daga vafo qilishi, ota-onaga hurmat ko‘rsatishi hamda adolat uchun kurashi yoshlar uchun ma’naviy namuna bo‘la oladi. Bunda tarbiyaviy g‘oyalar bevosita nasihat shaklida emas, balki badiiy voqealar va qahramonlar taqdiri orqali ifodalanadi.An’anaviy yondashuvlarda ko‘proq ijro mahoratiga urg‘u berilgan bo‘lsa, zamonaviy ta’limda ijodiy yondashuv, eksperiment, shuningdek, talabaning musiqiy fikrini shakllantirishga yo‘naltirilgan metodlar muhim rol o‘ynay boshlagan. XULOSA: Surxondaryo baxshichilik san’ati xalqning ko‘p asrlik musiqiy tajribasi, tarixiy xotirasi va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan muhim madaniy merosdir. Uning tarbiyaviy imkoniyatlari xalq dostonlarida aks etgan mardlik, vatanparvarlik, sadoqat, adolat, insonparvarlik va mehr-oqibat kabi fazilatlar bilan belgilanadi. Baxshi ijrosidagi musiqiy ohang, badiiy so‘z va epik mazmunning uyg‘unligi yoshlarning estetik dunyoqarashini boyitish, milliy musiqaga qiziqishini kuchaytirish va badiiy tafakkurini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi. Ustoz-shogird an’anasi esa ijrochilik tajribasi va milliy musiqiy qadriyatlarning avlodlar o‘rtasida davom etishini ta’minlaydigan muhim omildir.
INTRODUCTION: The Surkhandarya oasis, one of the ancient cultural regions of Uzbekistan, is distinguished by its rich oral folk traditions, traditional music, and epic performance schools. Bakhshi art, which has developed over generations, embodies the historical memory, way of life, worldview, and spiritual values of the people. Through the tradition of performing epic works, the people's historical past, heroic events, noble aspirations, and moral views have been transmitted to subsequent generations in an artistic form. Today, preserving national cultural heritage and introducing it to young people are among the important priorities of the education and upbringing system. From this perspective, Bakhshi art should be studied not merely as a form of folklore or performance, but also as a cultural heritage with considerable educational value and pedagogical potential. In particular, integrating the distinctive performance traditions of the Surkhandarya Bakhshi school and the moral ideas reflected in its epics into music education has become increasingly relevant. AIM: The main aim of this study is to identify the place of Surkhandarya Bakhshi art within national musical culture, analyze the educational ideas expressed in folk epics, and determine the potential of this art form in developing national identity, patriotism, spiritual and moral qualities, and musical and aesthetic taste among the younger generation. MATERIALS AND METHODS: The research materials included performance samples belonging to the Surkhandarya Bakhshi school, folk epics, Bakhshi repertoires, scholarly literature on folklore studies and musicology, as well as materials related to traditional performance practices. In addition, academic sources on international experience, innovative pedagogical technologies, music psychology, and theories of creative thinking were examined. The principal research methods included observation, content analysis, interviews, experimentation, and comparative analysis. DISCUSSION AND RESULTS: Bakhshi art of the Surkhandarya region occupies an important place in the historical development of the oasis's musical culture. Its formation and development have been closely associated with the people's need for oral creativity, musical traditions, and the master-apprentice system. Bakhshi performance is distinguished by the combination of dutar accompaniment, distinctive melodic patterns, epic narration, and artistic interpretation. This performance style represents an important cultural phenomenon reflecting the musical taste and aesthetic views of the people. The educational significance of Bakhshi art is primarily determined by the life experiences and moral principles expressed in folk epics. The courage of epic heroes in defending their homeland, loyalty to friendship and promises, respect for parents, and commitment to justice can serve as moral examples for young people. These educational ideas are conveyed not through direct instruction, but through artistic events and the destinies of the epic characters. While traditional approaches have placed greater emphasis on performance skills, contemporary education increasingly recognizes the importance of creative approaches, experimentation, and methods aimed at developing students' musical thinking. CONCLUSION: Bakhshi art of the Surkhandarya region is an important cultural heritage that embodies the people's centuries-old musical experience, historical memory, and spiritual values. Its educational potential is reflected in the virtues of courage, patriotism, loyalty, justice, humanism, and compassion expressed in folk epics. The combination of musical melody, artistic language, and epic content in Bakhshi performances creates opportunities to enrich young people's aesthetic outlook, increase their interest in national music, and develop their artistic thinking. The master-apprentice tradition is an important factor in ensuring the continuity of performance experience and national musical values across generations.