KIRISH: maqolada maktabgacha katta yoshdagi (6–7 yosh) bolalarning maktab ta’limiga intellektual tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Intellektual tayyorgarlik bolaning bilimlar zaxirasi bilan cheklanmasligi, balki bilish jarayonlarining ixtiyoriyligi, tafakkur operatsiyalarining shakllanganligi, nutqning rivojlanganligi va o‘quv faoliyati dastlabki ko‘nikmalarining mavjudligini qamrab oluvchi yaxlit tuzilma ekanligi ko‘rsatib berilgan. Mahalliy va xorijiy psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili asosida intellektual tayyorgarlikning besh komponenti (motivatsionkognitiv, sensor-perseptiv, mantiqiy-tafakkur, nutqiy-kommunikativ, reflektiv-regulyativ), ularning mezon va ko‘rsatkichlari hamda uch darajasi aniqlangan. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi talablariga mos ravishda to‘rt bosqichli (diagnostik, motivatsion-yo‘naltiruvchi, rivojlantiruvchi-faoliyatli, nazorat-reflektiv) metodika ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosini didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali modellashtirish, muammoli vaziyatlar, mantiqiy bloklar va konstruktiv materiallar bilan ishlash, shuningdek, oila bilan hamkorlik tashkil etadi. Maqolada metodikani amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari, pedagog faoliyatiga qo‘yiladigan talablar va amaliy tavsiyalar bayon etilgan. MAQSAD: maktabgacha katta yoshdagi (6–7 yosh) bolalarning maktabga intellektual tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini nazariy asoslash, uning tuzilmasi, mazmuni, mezonlari va amalga oshirish pedagogik shart-sharoitlarini ochib berishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot nazariy-metodik xarakterga ega bo‘lib, psixologik-pedagogik adabiyotlar (L.S. Vigotskiy, J. Piaje, D.B. Elkonin, L.A. Venger, A.V. Zaporojes, K. Bleyr, Ye. Bodrova, D. Leong, H. Gardner va boshqalar) hamda me’yoriy hujjatlar va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi tahlili, pedagogik kuzatuv va pedagogik modellashtirish usullariga tayangan. MUHOKAMA VA NATIJALAR: intellektual tayyorgarlikning beshta komponenti (motivatsion-kognitiv, sensor-perseptiv, mantiqiy-tafakkur, nutqiy-kommunikativ, reflektivregulyativ), ularning mezon-ko‘rsatkichlari va uch darajasi belgilandi. Shuningdek, to‘rt bosqichli (diagnostik, motivatsion-yo‘naltiruvchi, rivojlantiruvchi-faoliyatli, nazorat-reflektiv) metodika didaktik o‘yinlar, ko‘rgazmali modellashtirish, Dyenesh bloklari, Kyuizener tayoqchalari, muammoli vaziyatlar va TRIZ elementlari asosida ishlab chiqildi. XULOSA: maktabga intellektual tayyorgarlik bolaning bilish usullarini egallashi va o‘z faoliyatini boshqara olishiga tayangan integrativ sifatdir. Metodika samaradorligi rivojlantiruvchi predmetli-makoniy muhit, pedagogning rivojlantiruvchi muloqot uslubi, individuallashtirish, oila bilan hamkorlik hamda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim uzviyligi bilan ta’minlanadi.
INTRODUCTION: the article substantiates, theoretically and practically, a methodology for developing the intellectual readiness of senior preschool children (aged 6–7) for school. It is shown that intellectual readiness is not limited to a stock of knowledge but is an integral formation comprising the voluntariness of cognitive processes, mastery of mental operations, speech development and the prerequisites of learning activity. Based on an analysis of national and international psychological and pedagogical literature, five components of intellectual readiness (motivational-cognitive, sensory-perceptual, logical, verbal-communicative, reflective-regulatory), their criteria, indicators and three levels are identified. In accordance with the requirements of the “Ilk qadam” state curriculum, a fourstage methodology (diagnostic, motivational-orienting, developmental-activity, controlreflective) is proposed; it is based on didactic games, visual modelling, problem situations, work with logic blocks and construction materials, and cooperation with the family. Pedagogical conditions for implementing the methodology and practical recommendations are presented. AIM: to theoretically substantiate a methodology for developing the intellectual readiness of senior preschool children (aged 6–7) for school, detailing its structure, content, criteria, and pedagogical conditions for implementation. MATERIALS AND METHODS: the study is theoretical and methodological, drawing on psychological and pedagogical literature (L.S. Vygotsky, J. Piaget, D.B. Elkonin, L.A. Venger, A.V. Zaporozhets, K. Blair, E. Bodrova, D. Leong, H. Gardner, etc.), regulatory documents, and the “Ilk qadam” state curriculum, alongside pedagogical observation and modeling. DISCUSSION AND RESULTS: five components of intellectual readiness (motivational-cognitive, sensory-perceptual, logical, verbal-communicative, and reflectiveregulatory), their criteria, indicators, and three proficiency levels were established. A fourstage methodology (diagnostic, motivational-orienting, developmental-activity, and controlreflective) was formulated around didactic games, visual modeling, Dienes blocks, Cuisenaire rods, problem situations, and TRIZ elements. CONCLUSION: intellectual readiness is an integrative trait grounded in mastering cognitive strategies and self-regulation. Its effectiveness depends on a rich developmental spatial-object environment, a supportive educator communication style, individualization, family partnership, and continuity between preschool and primary education.