KIRISH: milliy hunarmandchilik xalqning estetik tajribasi va mehnat madaniyatini mujassam etadi, ammo maktab amaliyotida hunarmandchilik darslari ko‘pincha o‘qituvchi ko‘rsatgan namunani takrorlash bilan cheklanadi. Loyiha metodi o‘quvchini tayyor topshiriqni bajaruvchidan muammoni qo‘yib, uni mustaqil hal etuvchiga aylantirishga xizmat qiladi. MAQSAD: milliy hunarmandchilik mazmunidagi loyiha faoliyati orqali o‘quvchilarning ijodkorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish, loyiha turlari tipologiyasi va bosqichlarini belgilashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda faoliyatli, madaniyatshunoslik va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar, nazariy tahlil va umumlashtirish, ilg‘or tajribani o‘rganish, pedagogik modellashtirish, kuzatish, ekspert baholash va tajriba-sinov (Pirsonning χ² mezoni bilan) usullaridan foydalanildi. Shuningdek, loyiha ta’limi va konstruksionizm bo‘yicha ilmiy adabiyotlar (U. Kilpatrik, J. Tomas, S. Papert, R. Sennet va boshqalar) hamda milliy hunarmandchilikning variativ komponentlariga oid tadqiqotlar tahlil qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: murakkablik darajasi ortib boruvchi to‘rt turdagi loyiha (an’anani o‘rganish, qayta talqin, funksional-dizayn, ijtimoiy) tipologiyasi hamda besh bosqichli sikl (muammo va ilhom, g‘oya izlash, loyihalash, yaratish, taqdimot va refleksiya) ishlab chiqildi. Har bir bosqichda o‘qituvchi, o‘quvchi va hunarmand-ustaning vazifalari aniq taqsimlandi. XULOSA: milliy hunarmandchilik loyihalari o‘quvchini namunani takrorlovchidan an’ana doirasida yangilik yaratuvchi ijodkor shaxsga aylantiradi. Taklif etilgan tipologiya va besh bosqichli sikl ijodkorlik talablarini bosqichma-bosqich oshirish hamda variativ komponentlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.
INTRODUCTION: national handicrafts embody a people's aesthetic heritage and work culture, yet school instruction often remains limited to replicating a teacher’s sample. Project-based learning shifts students from following predetermined tasks to identifying and solving problems independently. AIM: to develop a methodology for fostering students' creative competence through project activities centered on national handicrafts in technology classes, including a project typology and implementation stages. MATERIALS AND METHODS: the study utilized activity-based, cultural, and learner-centered approaches alongside theoretical analysis and synthesis, study of best practices, pedagogical modeling, observation, expert evaluation, and experimentation (tested via Pearson’s χ² criterion). Literature on project-based learning and constructionism (W. Kilpatrick, J. Thomas, S. Papert, R. Sennett, etc.) and studies on variative craft components were reviewed. DISCUSSION AND RESULTS: a four-tier project typology of increasing complexity (exploring traditions, reinterpretation, functional design, and social projects) and a fivestage cycle (problem and inspiration, idea generation, planning, creation, and presentation and reflection) were established. Specific roles for the teacher, student, and master artisan were defined at each stage. CONCLUSION: national handicraft projects guide students from merely imitating models to generating novelty within cultural tradition. The typology and five-stage cycle enable progressive growth in creative demands and practical integration of variative curricular components.