KIRISH: mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirishda raqamli-didaktik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida boshqaruv kadrlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar, ularning strategik-boshqaruv, axborot-tahliliy, kommunikativ, raqamli, innovatsion hamda refleksiv kompetensiyalarini rivojlantirish va elektron ta’lim platformalari, virtual keyslar, boshqaruv simulyatsiyalari, loyiha texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. MAQSAD: Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirishda raqamli-didaktik texnologiyalarning nazariy-metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanishning metodik mexanizmini asoslashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan va raqamli-didaktik yondashuvlar qo‘llanildi. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, umumlashtirish, modellashtirish, diagnostika va mezonlar asosida baholash usullaridan foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: boshqaruv kadrlarining strategik-boshqaruv, axborot-tahliliy, raqamli, kommunikativ, innovatsion, refleksiv kompetensiyalari hamda axborotga asoslangan qaror qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli-didaktik vositalar (virtual keyslar, simulyatsiyalar, analitik platformalar, elektron portfolio, sun’iy intellekt vositalari va boshqalar) belgilandi. Diagnostikadan refleksiyagacha bo‘lgan uzluksiz rivojlanish algoritmi hamda baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli, axborot-tahliliy, refleksiv) ishlab chiqildi. XULOSA: raqamli-didaktik texnologiyalar malaka oshirish jarayonining individuallashuvi, moslashuvchanligi, interaktivligi va amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytiradi. Ularni diagnostika, individual trayektoriya, amaliy topshiriqlar, monitoring va refleksiya bilan metodik integratsiyalash malaka oshirishni uzluksiz kasbiy rivojlanishga aylantiradi.
INTRODUCTION: this article examines the theoretical and methodological foundations, as well as the pedagogical potential, of using digital didactic technologies to develop the professional competencies of management personnel in higher education institutions within the framework of professional development programs. It analyzes contemporary requirements for leadership in the context of digital transformationspecifically the development of strategic management, information-analytical, communication, digital, innovation, and reflective competencies-along with the didactic capabilities of digital educational platforms, virtual case studies, management simulations, and project-oriented technologies. AIM: to identify the theoretical-methodological foundations and pedagogical potential of digital didactic technologies in developing the professional competencies of higher education management personnel during professional development, and to substantiate a methodological mechanism for their effective use. MATERIALS AND METHODS: the study employed systemic, competence-based, activity-oriented, and digital-didactic approaches. Methods included comparative literature analysis, pedagogical observation, synthesis, modeling, diagnostics, and criterion-based assessment. DISCUSSION AND RESULTS: digital didactic tools (virtual cases, management simulations, analytics platforms, e-portfolios, AI tools, etc.) were mapped to strategicmanagement, information-analytical, digital, communicative, innovative, and reflective competencies as well as data-driven decision-making. A continuous development cycle from diagnostics to reflection and assessment criteria (motivational, cognitive, activitybased, information-analytical, and reflective) were also presented. CONCLUSION: digital didactic technologies enhance personalization, flexibility, interactivity, and practical orientation in professional development. Integrating them methodologically with diagnostics, individual learning trajectories, practical tasks, monitoring, and reflection turns periodic training into continuous professional development.