KIRISH: organik kimyo umumtaʼlim maktabi kimyo kursining eng murakkab boʻlimlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar uglerod atomining gibridlanishi, molekulalarning fazoviy tuzilishi, izomeriya va reaksiya mexanizmlari kabi obyektlarni o‘rganadilar. Kimyoviy bilimning makroskopik, submikroskopik va ramziy darajalari o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etishda vizual namoyishlar muhim ahamiyat kasb etadi. MAQSAD: umumtaʼlim maktablarida organik kimyo kursini oʻqitishda vizual namoyishlardan foydalanishning tizimli metodikasini ishlab chiqish va uning samaradorligini tajriba-sinov orqali asoslashdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, soʻrovnoma, pedagogik tajriba-sinov va matematik-statistik tahlil (Pirsonning χ² mezoni) usullaridan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlari umumtaʼlim maktablarining 10-sinflarida (tajriba guruhi n = 64, nazorat guruhi n = 62) tabiiy, hajmiy, grafik va raqamli vizual vositalarni uyg‘unlashtirgan to‘rt bosqichli sikl asosida o‘tkazildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tajriba-sinov yakunida tajriba guruhida yuqori o‘zlashtirish darajasiga ega o‘quvchilar ulushi nazorat guruhiga nisbatan 15,0 foiz punktga ko‘p, past darajadagilar ulushi esa 16,6 foiz punktga kam bo‘lib, o‘zlashtirish koeffitsiyenti mos ravishda 0,74 va 0,61 ni tashkil etdi. Hisoblangan χ²_emp = 6,38 qiymati kritik qiymatdan (χ²_kr = 5,99) yuqori bo‘lib, metodikaning statistik ahamiyatli ustunligini ko‘rsatdi. XULOSA: organik kimyo kursida vizual namoyishlarni “kuzatuv – submikroskopik talqin – ramziy ifodalash – refleksiya va tatbiq” siklida tizimli qo‘llash o‘quvchilarning vizualfazoviy tafakkurini rivojlantiradi va murakkab tushunchalarni o‘zlashtirishni yengillashtiradi. Bir darsda 2–3 ta o‘zaro bog‘langan vizual vosita bilan cheklanish maqsadga muvofiqligi asoslandi.
INTRODUCTION: organic chemistry is one of the most challenging sections of the school chemistry curriculum, requiring students to grasp carbon hybridization, molecular spatial structure, isomerism, and reaction mechanisms. Visual demonstrations are essential for bridging the gap between the macroscopic, submicroscopic, and symbolic levels of chemical knowledge. AIM: to develop a systematic methodology for using visual demonstrations in teaching organic chemistry in general secondary schools and to substantiate its effectiveness through pedagogical experimentation. MATERIALS AND METHODS: the study employed theoretical analysis, pedagogical observation, surveys, pedagogical experimentation, and mathematical-statistical analysis (Pearson’s χ² test). Trials were conducted in 10th-grade classes (experimental group n = 64, control group n = 62) using a four-stage cycle integrating natural, three-dimensional, graphic, and digital visual tools. DISCUSSION AND RESULTS: post-test results showed that the experimental group had a 15.0 percentage point higher share of high-achieving students and a 16.6 percentage point lower share of low-achieving students than the control group, with mastery coefficients of 0.74 and 0.61, respectively. The calculated value χ²_emp = 6.38 exceeded the critical value (χ²_kr = 5.99), confirming statistical significance. CONCLUSION: systematically applying visual demonstrations through the cycle of "observation – submicroscopic interpretation – symbolic representation – reflection and application" fosters visuospatial thinking and facilitates mastering complex concepts. Limiting lessons to 2–3 interconnected visual tools was also substantiated.
Ergasheva Dilbar Maxmatmuradovna, Mamadaliyeva Nodira Isakovna. (2026). UMUMTAʼLIM MUASSASALARI OʻQUVCHILARI UCHUN ORGANIK KIMYO KURSIDA VIZUAL NAMOYISHLARDAN FOYDALANISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. Inter Education & Global Study, 4(11), 686-693. https://researcher.uz/uz/article/umumtalim-muassasalari-o-quvchilari-uchun-organik-kimyo-kursida-vizual-namoyishlardan-foydalanish-metodikasini-takomillashtirish https://doi.org/10.5281/zenodo.24478266
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
KIRISH: maqolada maktabgacha katta yoshdagi (6–7 yosh) bolalarning maktab ta’limiga intellektual tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Intellektual tayyorgarlik bolaning bilimlar zaxirasi bilan cheklanmasligi, balki bilish jarayonlarining ixtiyoriyligi, tafakkur operatsiyalari… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
maktabgacha ta’limmaktabga tayyorgarlikintellektual tayyorgarlikbilish jarayonlarimantiqiy tafakkurdidaktik o‘yin
KIRISH: milliy hunarmandchilik xalqning estetik tajribasi va mehnat madaniyatini mujassam etadi, ammo maktab amaliyotida hunarmandchilik darslari ko‘pincha o‘qituvchi ko‘rsatgan namunani takrorlash bilan cheklanadi. Loyiha metodi o‘quvchini tayyor topshiriqni bajaruvchidan muammoni qo‘yib, uni mustaqil hal etuvchiga ay… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
milliy hunarmandchilikloyiha faoliyatiijodkorlik kompetentligitexnologiya ta’limiustoz–şogirdmetodika
KIRISH: ta’lim jarayonida elektron ta’lim resurslarini qo‘llashga qiziqish kuchayib bormoqda, chunki zamonaviy texnologiyalar talabalarni tayyor bilimlarni yodlash emas, balki bilimlarni mustaqil izlash, tahlil qilish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Elektron ta’lim resurslari talabalarning mustaqil ta’limini tashkil e… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
elektron resurs tushunchasielektron ta’lim resursimustaqil ta’lim
ВВЕДЕНИЕ: методика преподавания русского языка студентам-медикам с применением STEAM-подхода объединяет изучение языковых норм и медицинской терминологии с естественными науками, технологиями, инженерией, искусством и математикой. Такой подход переводит язык из абстрактного предмета в инструмент решения реальных клинич… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
KIRISH: mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirishda raqamli-didaktik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida boshqaruv kadrlariga qo‘… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
boshqaruv kadrlarikasbiy kompetensiyaraqamli-didaktik texnologiyalarraqamli kompetensiyaraqamli ta’lim muhitielektron ta’lim