KIRISH: ushbumaqolada ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini ijtimoiyhissiy ta'lim (SEL) tamoyillari asosida rivojlantirishning mazmuni, asosiy tamoyillari va zarur pedagogik shart-sharoitlari ilmiy asoslab beriladi. Rivojlantirishning maqsadlari, tarkibiy mazmuni va amalga oshirish uchun zarur bo'lgan individual, muassasa va tizimiy darajadagi pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Shuningdek,mazmunning uch qatlamli tuzilmasi va shart-sharoitlarning o'zaro bog'liqligi jadvallar orqali tizimlashtiriladi hamda O'zbekiston ta'lim tizimi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
MAQSAD: ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini SEL tamoyillari asosida rivojlantirishning mazmuni, tamoyillari hamda individual, muassasa va tizimiy darajadagi pedagogik shart-sharoitlarini ilmiy asoslab berishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: Tadqiqotda nazariy tahlil, tizimli-strukturaviy yondashuv, qiyosiy-tahliliy usul va pedagogik modellashtirishdan foydalanildi. Metodologik asos sifatida CASEL ramkasi, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari (PF-5712, PQ-5117) o‘rganildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Kasbiy kompetensiyani rivojlantirish mazmuni uchta qatlamga (nazariy-konsepsional, amaliy-metodologik va shaxsiy-refleksiv) ajratildi. Shuningdek, rivojlantirish jarayoni uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar individual, muassasa va tizimiy darajalarda tizimlashtirilib, ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib berildi.
XULOSA: SEL tamoyillarini ta’lim tizimiga tadbiq etish va belgilangan uch bosqichli pedagogik shart-sharoitlarni kompleks ta’minlash ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini hamda kasbiy farovonligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.
INTRODUCTION: this article provides a scientific rationale for the content, fundamental principles, and essential pedagogical conditions for developing English language teachers’ professional competence based on the principles of Social and Emotional Learning (SEL). It analyzes the objectives and structural components of professional competence development, as well as the pedagogical conditions required for its implementation at the individual, institutional, and systemic levels. The three-layer structure of the development content and the interdependence of the conditions are systematized, and practical recommendations for the education system of Uzbekistan are proposed.
AIM: to provide a scientific rationale for the content, core principles, and multi-level pedagogical conditions (individual, institutional, and systemic) for developing English language teachers' professional competence based on SEL.
MATERIALS AND METHODS: the study applied theoretical analysis, a systemicstructural approach, comparative analysis, and pedagogical modeling. The CASEL framework, international best practices, and legislative documents of Uzbekistan (PD5712, PD-5117) served as the methodological foundation.
DISCUSSION AND RESULTS: a three-layered content structure (theoreticalconceptual, practical-methodological, and personal-reflective) was defined. Furthermore, essential pedagogical conditions across individual, institutional, and systemic levels were systematized, emphasizing their structural interdependence.
CONCLUSION: comprehensive implementation of the proposed pedagogical conditions significantly enhances English language teachers' overall competence, professional well-being, and classroom effectiveness.
Markayeva Gulruh Sobirovna. (2026). INGLIZ TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI SEL TAMOYILLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING MAZMUNI, TAMOYILLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI.. Inter Education & Global Study, 4(10), 110-118. https://researcher.uz/uz/article/ingliz-tili-o-qituvchilarining-kasbiy-kompetensiyasini-sel-tamoyillari-asosida-rivojlantirishning-mazmuni-tamoyillari-va-pedagogik-shart-sharoitlari
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
Maqolada malakali futbolchilarning musobaqa faoliyati tuzilmasini diagnostik tahlil qilish, mashg‘ulot topshiriqlari hamda musobaqa vaqtidagi guruhli taktik harakatlarning tavsiflari va tahlillari keltirilgan. Oliy sport mahorati guruhidagi (19–20 yosh) futbolchilarni saralash va ularning individual hamda jamoaviy takt… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
diagnostik tahlil qilishguruhli taktik harakatlartest talablaripedagogik tadqiqotlarsamarali vositalarijobiy natijalar
Chizmachilikni o‘zlashtirishda talabalar ikki o‘lchamli grafik tasvir va uch o‘lchamli obyekt o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni anglashda qiyinchilikka duch keladi; an’anaviy o‘qitish vositalarining statik xarakteri bu muammoni chuqurlashtiradi. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
This article examines the psychological and age-related characteristics influencing English vocabulary acquisition among fifth- and sixth-grade learners. Utilizing a literature-based analytical approach, the study explores the roles of cognitive development, memory, attention, motivation, and social interaction in voca… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Raqamli texnologiyalar talabalar axborot oladigan vositalargina emas, balki tarix, til, madaniyat va jamiyat haqidagi qarashlarini shakllantiradigan kundalik muloqot makoniga aylangan. Shu sababli milliy identiklikni rivojlantirish faqat an’anaviy darslar bilan cheklanmay, raqamli axborotni anglash, tahlil qilish va ma… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
milliy identiklikraqamli muhitoliy ta’limtalaba yoshlarpedagogik mexanizmmedia savodxonlik
An. Unda surnay cholg‘usining mintaqaviy tarqalishi va xalqlar ijrochiligidagi o‘ziga xosligi, uning tuzilishi (kaba, dampesh, parda-teshiklar), surnay ijrochiligida qaytarma nafas texnikasining o‘rni, shuningdek "Tanovar" asarining kuy tuzilishi (daromad, miyonxat, avj, furovard) va Zokirjon Sultonov ijrosidagi lab, b… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →