KIRISH: nazariy mexanika bo‘lajak mutaxassislarda texnik tafakkur va muhandislik fikrlashini rivojlantiruvchi tayanch fan hisoblanadi. Uni o‘zlashtirish samaradorligi talabalarda barqaror motivatsiya shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. MAQSAD: nazariy mexanika fanini o‘qitishda motivatsiyani to‘rt darajada bosqichma-bosqich shakllantirish asoslarini asoslash va ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish. MATERIALLAR VA METODLAR: ishda nazariy tahlil asosida nazariy mexanikaning fanlararo integrativ o‘rni hamda motivatsiyani “qizdirish–insayt” mexanizmi sifatida talqin qilish yondashuvi qo‘llanildi. Motivatsiyani makro–midi–mini–mikro darajalarda rejalashtirish, modul va dars darajasida muammoli vaziyatlar hamda modellashtirish elementlarini integratsiya qilish taklif etildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: makro-motivatsiya kasbga yo‘nalish va mexanikaning kasbiy ahamiyatini anglashni kuchaytiradi; midi-motivatsiya fan bo‘yicha barqaror qiziqishni shakllantiradi; mini-motivatsiya modul natijalarini aniq ko‘rsatish orqali bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi; mikro-motivatsiya har bir darsda maqsad, keys va amaliy misollar orqali faollikni oshiradi. Mexanikaning real texnika va texnologiyalardagi (jumladan, tribotexnika) qo‘llanilishi motivatsion resurs sifatida ta’lim mazmunini amaliy yo‘naltiradi. XULOSA: motivatsiyani darajaviy va tizimli shakllantirish nazariy mexanikani ongli o‘zlashtirishni kuchaytiradi va kasbiy kompetensiyalar rivojini qo‘llab-quvvatlaydi. Darslarda interfaol metodlar, keys va modellashtirishni joriy etish mikro-motivatsiyani barqarorlashtirishda muhim.
INTRODUCTION: theoretical mechanics is a core discipline for engineering thinking, and learning success depends on stable motivation. AIM: to justify a staged motivation model and its contribution to learning effectiveness. MATERIALS AND METHODS: a theoretical analysis was applied, treating motivation as an instructional “warm-up–insight” mechanism, and proposing motivation planning at program, course, module, and lesson levels. DISCUSSION AND RESULTS: macro-motivation strengthens professional orientation; midi-motivation supports course-level commitment; mini-motivation facilitates modular mastery; micro-motivation boosts lesson engagement via clear goals, cases, and practice. Real applications, including tribotechnology, increase meaningfulness and practicality. CONCLUSION: a systematic staged motivation model enhances conscious learning and professional competencies; interactive methods, case tasks, and modeling are effective at the lesson level.
Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik-psixologik omillar tizimlashtirilgan. Ichki motivatsiya, fikr bildirish erkinligi, muammoli topshiriqlar, axborotni tekshirishga yo‘naltirilgan ko‘mak, moslashuvchan yordam va rivojlantiruvchi bahol… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
raqamli ta’limtanqidiy fikrlashijodiy fikrlashichki motivatsiyapsixologik xavfsizlikmoslashuvchan ko‘mak
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida muzeylar faoliyatini huquqiy tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Muzeylar faoliyatini tashkil etish, muzey fondlarini shakllantirish va boshqarish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, muzey ashyo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
muzeymuzey faoliyatihuquqiy tartibga solishnormativ-huquqiy hujjatlarmadaniy merosmuzey fondi
Maqolada texnik oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘qitish jarayonida tarixiy manbalar va interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tarixiy hujjatlar, davriy matbuot materiallari, statistik ma’lumotlar va vizual manbalar bilan ishlash orqali talabalarda dalillarni taqqo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
tarixni o‘qitish metodikasitarixiy manbalarinterfaol metodlartahliliy tafakkurtexnik oliy ta’limmanbalar tanqidi
Inson faoliyatining barcha sohalarida matematika faninning erishgan yutuqlaridan foydalanish katta samara berib kelmoqda. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot sohasining barcha jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli korxona va tashkilotlar o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishganda ular o‘rtas… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
logistikaoptimal logistikasonli usullaritransport masalasimatematik model
Maqolada pedagogika yo'nalishi talabalarining tarbiyaviy ish ko'nikmalarini rivojlantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvining integrativ imkoniyatlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. O'zbekiston Respublikasining ta'lim, STEAM va uzluksiz ma'naviy tarbiyaga oid olt… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
STEAM yondashuvintegratsiyatarbiyaviy ish ko'nikmalaribo'lajak o'qituvchifanlararo aloqaloyihaviy ta'lim