ResearcherUz LogoResearcherUz

NYUTONNING IKKINCHI QONUNI: FIZIKA–HARBIY-TEXNIK INTEGRATSIYANING KOMPETENSIYAVIY MODELINI AMALIY SINOVDAN O‘TKAZISH METODIKASI.

Annotatsiya

KIRISH: oliy harbiy ta’limda fizik qonunlarni faqat formulalar ko‘rinishida bilish kursantlarning kasbiy amaliyotida yetarli bo‘lmayotgani sababli, ulardan tizim chegarasini tanlash, kuchlar diagrammasini tuzish, ma’lumotlarni tahlil qilish va texnik cheklovlar ostida qarorlarni asoslay olish kompetensiyalarini talab etmoqda. STEM ta’limida faol o‘qitish yondashuvlari samaradorligi el e’tirof etilgan bo‘lsa-da, harbiy-texnik tayyorgarlikda fizik modellashtirish, virtual/amaliy laboratoriyalar, tengdoshlar baholashi va bilimni yangi vaziyatlarga ko‘chirish (transfer) zanjirini yagona baholash tizimiga birlashtiruvchi aniq metodik mexanizmlar yetarlicha yoritilmagan. Shu sababli, Nyutonning ikkinchi qonuniga tayangan holda harbiy-texnik topshiriqlarni bajarish va dalillarga asoslangan baholash modelini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. MAQSAD: tadqiqotning maqsadi Nyutonning ikkinchi qonuniga tayangan harbiy-texnik tayyorgarlikda fizik model tuzish, ma’lumotlarni tahlil qilish va dalillar asosida qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirish modelini va uni amalda sinash hamda baholash metodikasini ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot konseptual-metodologik va ta’lim dizayni (Educational Design Research) xarakteriga ega bo‘lib, unda 31 ta ilmiy-metodologik manbalar umumlashtirildi hamda kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan, konstruktiv muvofiqlik va dalilga tayangan baholash dizayni (ECD) tamoyillariga tayanildi. Maqolada sakkiz bosqichli o‘quv sikli (START → MODEL → EJD → DATA-LAB/SIM → A/B/C → Peer-review → Himoya → Transfer), to‘rtta baholash yo‘nalishi (C1–C4) va 50 nafar kursantdan iborat ikkita guruhda o‘tkazilishi rejalashtirilgan pilot sinov tartibi ishlab chiqildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijasida qiya yo‘ldagi ob’ekt harakatining soddalashtirilgan matematik va fizik modeli, 0–4 ballik baholash rubrikalari, C1–C4 yo‘nalishlarini birlashtiruvchi kompozit-formativ indeks (K), shuningdek verifikatsiya va empirik validatsiyani ajratuvchi mexanizmlar belgilandi. Shuningdek, jarayon izchilligi (P1), yordam yo‘llari (P2), xato manbalari (P3) hamda bilimni yangi vaziyatga ko‘chirishni (P4 va TR-02) tekshirishga qaratilgan to‘rtta ilmiy faraz hamda baholovchilar kelishuvini (kappa, ICC) va ekspert validation indices (I-CVI) aniqlash tartiblari shakllantirildi. XULOSA: ishlab chiqilgan model Nyutonning ikkinchi qonuniga asoslangan holda fizik modellashtirishdan dalilli qaror qabul qilishgacha bo‘lgan amaliy faoliyat zanjirini baholash imkonini beruvchi nazariy-konseptual asosdir. Ushbu modelning haqiqiy pedagogik samaradorligini va invariantligini tasdiqlash uchun kelgusida yetarli sondagi mustaqil o‘quv guruhlari va klasterli tadqiqot dizayni jalb qilingan keng ko‘lamli amaliy sinovlarni o‘tkazish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.


INTRODUCTION: in higher military education, knowing physical laws solely as mathematical formulas is insufficient for professional practice, requiring cadets to define system boundaries, construct free-body diagrams, analyze data, and justify technical decisions under operational constraints. While active learning approaches in STEM are widely advocated, military-technical training lacks structured methodological frameworks that integrate physical modeling, virtual/laboratory testing, peer review, and knowledge transfer into a unified evidence-centered assessment system. Thus, developing an educational model and assessment methodology for military-technical tasks grounded in Newton's second law is of high importance. AIM: the objective of the study is to develop a model for fostering competencies in physical modeling, data analysis, and evidence-based decision-making grounded in

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar