KIRISH: zamonaviy ekologik muammolar boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish zaruratini kuchaytirmoqda. Bunda ekologik bilimlarni kundalik hayotdagi mas’uliyatli va xavfsiz xatti-harakatlar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega. MAQSAD: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini takomillashtirishga xizmat qiluvchi oltita konseptual yondashuvni qiyosiy asoslash va ularning o‘zaro integratsiyasiga asoslangan pedagogik mexanizmni ishlab chiqish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda nazariy-analitik yondashuv, ilmiy manbalarni qiyosiy tahlil qilish, tushunchalarni tizimlashtirish va pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. UNESCO hujjatlari hamda fundamental pedagogik manbalar tadqiqotning nazariy asosini tashkil etgan. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tizimli, faoliyatli, kompetensiyaviy, aksiologik, integrativ va refleksiv yondashuvlarning funksional imkoniyatlari aniqlangan. Ekologik xavfsizlik madaniyatining kognitiv-prognostik, aksiologik-motivatsion, vaziyatli-faoliyatli va refleksiv-korreksion tarkibiy qismlarini birlashtiruvchi konseptual model taklif etilgan. XULOSA: ekologik xavfsizlik madaniyatini takomillashtirish ekologik bilim, qadriyat, amaliy faoliyat va o‘zini o‘zi baholash jarayonlarining uzviy birligiga asoslanishi lozim. Taklif etilgan konseptual mexanizm boshlang‘ich ta’limda fanlararo integratsiya, vaziyatli topshiriqlar va diagnostik mezonlarni ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
INTRODUCTION: contemporary environmental problems highlight the need to develop environmental safety culture among primary school pupils. Integrating environmental knowledge with responsible and safe behaviour in everyday life is particularly important. AIM: to provide a comparative justification of six conceptual approaches to improving environmental safety culture among primary school pupils and to develop a pedagogical mechanism based on their integration. MATERIALS AND METHODS: the study employed a theoretical and analytical approach, comparative analysis of scientific literature, systematization of concepts, and pedagogical modelling. UNESCO documents and fundamental pedagogical sources provided the theoretical foundation of the research. DISCUSSION AND RESULTS: the functional potential of systemic, activity-based, competency-based, axiological, integrative, and reflective approaches was identified. A conceptual model was proposed, integrating cognitive-prognostic, axiological-motivational, situational-activity, and reflective-corrective components of environmental safety culture. CONCLUSION: ımproving environmental safety culture should be based on the integration of environmental knowledge, values, practical activities, and self-assessment. The proposed conceptual mechanism can serve as a theoretical basis for developing interdisciplinary integration, situational tasks, and diagnostic criteria in primary education.
Muxtarova Lobar Abdimannabovna. (2026). BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK XAVFSIZLIK MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING KONTSEPTUAL YONDASHUVLARI. Inter Education & Global Study, 4(11), 707-713. https://researcher.uz/uz/article/boshlangich-sinf-oquvchilarida-ekologik-xavfsizlik-madaniyatini-takomillashtirishning-kontseptual-yondashuvlari https://doi.org/10.5281/zenodo.24478287
Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.
Xanimkulov Baxrom Roxmonqulovich, Atqamova Sevdo Murodjon qizi
Ushbu maqolada matematika fanining faqat hisob-kitoblar va formulalar tizimidan iborat emasligi, balki inson tafakkuri, nutq madaniyati va ijtimoiy munosabatlarni shakllantiruvchi muhim omil ekanligi yoritilgan. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi va kundalik muloqotda raqamlarning ramziy ma’nolari, zamonaviy axborot jamiya… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
matematika tilitafakkur madaniyatiraqamlar ramziyligimatematik terminologiyapedagogik yondashuvfanlararo integratsiya
KIRISH: ta’lim jarayonida elektron ta’lim resurslarini qo‘llashga qiziqish kuchayib bormoqda, chunki zamonaviy texnologiyalar talabalarni tayyor bilimlarni yodlash emas, balki bilimlarni mustaqil izlash, tahlil qilish va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Elektron ta’lim resurslari talabalarning mustaqil ta’limini tashkil e… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
elektron resurs tushunchasielektron ta’lim resursimustaqil ta’lim
ВВЕДЕНИЕ: методика преподавания русского языка студентам-медикам с применением STEAM-подхода объединяет изучение языковых норм и медицинской терминологии с естественными науками, технологиями, инженерией, искусством и математикой. Такой подход переводит язык из абстрактного предмета в инструмент решения реальных клинич… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
KIRISH: mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalarini malaka oshirish jarayonida rivojlantirishda raqamli-didaktik texnologiyalardan foydalanishning nazariy-metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida boshqaruv kadrlariga qo‘… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
boshqaruv kadrlarikasbiy kompetensiyaraqamli-didaktik texnologiyalarraqamli kompetensiyaraqamli ta’lim muhitielektron ta’lim
KIRISH: O‘zbekistonning qadimiy madaniy hududlaridan biri bo‘lgan Surxondaryo vohasi xalq og‘zaki ijodi, an’anaviy musiqa va dostonchilik maktablari bilan alohida ajralib turadi. Bu hududda avlodlar davomida shakllangan baxshichilik san’ati xalqning tarixiy xotirasi, turmush tarzi, dunyoqarashi va ma’naviy qadriyatlari… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Surxondaryobaxshichilik san’atidostonchilikxalq og‘zaki ijodimusiqa madaniyatimilliy meros