MaqolaOpen AccessOAK

SPORTCHI TALABALARNING MUVOFFAQIYATGA ERISHISHNING MOTIVATSIYAGA TASIRI VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Inter Education & Global Study· Tom 4, 2-son· 2026-yilda nashr etilganDOI: 10.5281/zenodo.18835665

Annotatsiya

KIRISH: sportchi talabalar uchun muvaffaqiyatga erishish faqat jismoniy tayyorgarlik bilan cheklanmaydi. Ularning psixologik holati, motivatsiyasi va ichki intilishlari ham muvaffaqiyat darajasini belgilaydi. Motivatsiya – bu insonning maqsad sari intilish kuchi bo‘lib, sportchilarda u muvaffaqiyatga erishish, murabbiy ko‘rsatmalariga rioya qilish va musobaqalarda yuqori natijaga erishish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, sportchi talabalarning psixologik xususiyatlari va motivatsiya darajasi ularning o‘quv va sport natijalariga qanday ta’sir qilishi dolzarb masalalardan biridir. MAQSAD: sportchi talabalarda muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining psixologik xususiyatlariga ta’sirini aniqlash, ularning motivatsiya darajasi, o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati va sport natijalariga bog‘liqligini o‘rganishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda quyidagi materiallar va metodlardan foydalanildi. Sportchi talabalarning motivatsiya darajasi bo‘yicha so‘rovnomalar, psixologik testlar, murabbiylar baholari, sport natijalarining rasmiy ma’lumotlari, kuzatish, intervyu, so‘rovnomalar, psixodiagnostik testlar, statistik tahlil, taqqoslash va umumlashtirish.Tadqiqot davomida sportchi talabalar orasida motivatsiya darajasi va psixologik xususiyatlar bilan ularning sport natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu tadqiqot sportchi talabalar orasida muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining ularning psixologik xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sport bilan muntazam shug‘ullanish nafaqat jismoniy salomatlikni oshiradi, balki psixologik barqarorlik, intizom va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sportchi talabalar bilan ishlashda ularning motivatsiyasini oshirish va psixologik barqarorligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalar qo‘llanishi muhimdir. Shu maqsadda quyidagi tavsiyalar berildi. Talabalarni ichki motivatsiya bilan rag‘batlantirish; Stressni boshqarish va o‘z-o‘zini motivatsiyalash bo‘yicha treninglar tashkil etish; Jamoaviy va individual ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; Sport va akademik faoliyatni muvozanatli olib borish strategiyalarini ishlab chiqish. XULOSA: tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, sportchi talabalar motivatsiyasi va psixologik xususiyatlari ularning muvaffaqiyatga erishishida muhim omil bo‘lib, ushbu omillarni rivojlantirish orqali akademik va sport natijalari sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin. Tadqiqot davomida sportchi talabalarda muvaffaqiyatga intilish darajasi ularning psixologik chidamliligi, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari va stressga bardoshliligi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Sport va ta’lim faoliyatini birgalikda olib borish jarayoni yuqori darajadagi psixologik moslashuvchanlikni talab qiladi. Shu bois sportchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi faqat jismoniy tayyorgarlik bilan cheklanib qolmasdan, motivatsion, psixologik va pedagogik mexanizmlarni ham o‘z ichiga olishi zarur


INTRODUCTION: for athlete students, achieving success is not limited to physical preparation alone. Their psychological state, motivation, and internal drives also determine their level of success. Motivation is the driving force toward a goal, enabling athletes to achieve success, follow coaches’ instructions, and perform at a high level in competitions. Therefore, understanding the psychological characteristics and motivation levels of athlete students and their effects on academic and sports performance is a highly relevant issue. AIM: the main objective of the study is to determine the influence of achievement motivation on the psychological characteristics of athlete students, and to examine the relationship between their motivation level, self-regulation abilities, and sports performance. MATERIALS AND METHODS: the study employed the following materials and methods questionnaires to assess the motivation level of athlete students, psychological tests, coaches’ evaluations, official records of sports results, observation and interviews, psychodiagnostic tests, statistical analysis, comparison, and generalization.The study investigated the correlation between motivation levels, psychological characteristics, and sports performance among students. DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that regular participation in sports not only improves physical health but also enhances psychological stability, discipline, and self-regulation skills. When working with athlete students, it is essential to apply methods aimed at increasing their motivation and developing psychological resilience. Based on the findings, the following recommendations were proposed encourage students through intrinsic motivation, organize training sessions on stress management and self-motivation, develop teamwork and individual work skills, create strategies for balancing sports and academic activities. CONCLUSION: the study demonstrates that the motivation and psychological characteristics of athlete students are crucial factors in achieving success. Developing these factors can significantly improve both academic and sports outcomes. The level of achievement motivation among students is directly associated with their psychological resilience, self-regulation skills, and stress tolerance. Balancing sports and educationa activities requires high psychological adaptability. Therefore, support systems for athlete students should include not only physical training but also motivational, psychological, and pedagogical mechanisms.

Kalit so'zlar

Qanday iqtibos keltirish

Allayarov Dilshod Raximboy o‘g‘li. (2026). SPORTCHI TALABALARNING MUVOFFAQIYATGA ERISHISHNING MOTIVATSIYAGA TASIRI VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Inter Education & Global Study, 4(2), 570-576. https://researcher.uz/uz/article/sportchi-talabalarning-muvoffaqiyatga-erishishning-motivatsiyaga-tasiri-va-psixologik-xususiyatlari-797304 https://doi.org/10.5281/zenodo.18835665

Ochiq kirish — materiallar CC BY-NC-ND 4.0 litsenziyasi shartlarida tarqatiladi.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Psixologiya fanlari

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KASBIY TAYYORGARLIGINING IJTIMOIY- PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Nurullayev Abduhamid Ro‘zimboyevich

Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga qo‘yilayotgan talablar ortib bormoqda; bunda nafaqat nazariy-metodik bilimlar, balki pedagog shaxsining psixologik barqarorligi, muloqot madaniyati, jamoani boshqarish hamda o‘quvchilarda sog‘lom turmush… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

bo‘lajak o‘qituvchilarkasbiy tayyorgarlikijtimoiy-psixologik xususiyatlarkasbiy kompetensiyakasbiy motivatsiyakommunikativ kompetensiya

Inter Education & Global Study19.10.202653

Psixologiya fanlari

TA’LIM JARAYONIDA DIQQAT VA IJRO FUNKSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NEYROPEDAGOGIK MEXANIZMLARI.

Izzatullayeva Zohidaxon Sunatdullayevna

K mexanizmlari uchta ilmiy manbaning qiyosiy tahlili asosida yoritiladi. Diqqatni boshqaruvchi neyron tarmoqlar, ish xotirasi, tormozlovchi nazorat va kognitiv moslashuvchanlikning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Diqqat mashqlari, qoidali o‘yinlar va kognitiv murakkabligi bosqichma-bosqich oshiriladigan topshiriql… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

neyropedagogikadiqqatijro funksiyalariish xotirasitormozlovchi nazoratkognitiv moslashuvchanlik

Inter Education & Global Study21.10.202675

Psixologiya fanlari

O‘SMIRLARDA SALBIY SHAXSLARARO MUNOSABATLAR BILAN BOG‘LIQ PSIXOLOGIK KO‘RSATKICHLAR DINAMIKASI: PSIXOKORREKSION DASTUR NATIJALARI.

Ostonova Gulchiroy Orif qizi

Ushbu maqolada o‘smirlarda salbiy shaxslararo munosabatlarni yumshatishga yo‘naltirilgan psixokorreksion dastur jarayonida kuzatilgan psixologik ko‘rsatkichlar dinamikasi yoritilgan. Tadqiqotning keng qamrovli bosqichida 350 nafar o‘smir o‘rganilgan, eksperimental bosqichda esa 100 nafar ishtirokchi tajriba (n=50) va n… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

o‘smirlik davriantipatiyashaxslararo munosabatlarpsixokorreksiyaempatiyaagressivlik

Inter Education & Global Study17.10.202673

Psixologiya fanlari

PSIXOLOG TALABALARNING KONSULTATIV FAOLIYATGA TAYYORGARLIGIDA EMOTSIONAL O’ZINI O’ZI BOSHQARISH, PSIXOLOGIK BARQARORLIK VA KASBIY MA’SULIYATNING ROLI.

Akbaraliyeva Asilaxon Tojiddinovna

Mazkur maqolada psixolog talabalarning konsultativ faoliyatga tayyorgarligida emotsional o‘zini o‘zi boshqarish, psixologik barqarorlik va kasbiy mas’uliyatning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Bo‘lajak psixologlarning murakkab konsultativ vaziyatlarda o‘z hissiy holatini nazorat qilishi, ruhiy muvozan… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

rlikkasbiy mas’uliyatkasbiy tayyorgarlikpsixologik maslahatemotsional nazoratkasbiy kompetensiya

Inter Education & Global Study15.10.202685

Psixologiya fanlari

MAKTAB PSIXOLOGI IMIJI VA KASBIY FAOLIYATINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

I.A . Teshaboyev

Maktab psixologi oʻquvchilarning ruhiy salomatligini qoʻllab-quvvatlash, ziddiyatli vaziyatlarda yordam berish va taʼlim muhitida qulay psixologik iqlimni taʼminlashda muhim figura hisoblanadi. Ularning ijtimoiy-psixologik imiji psixologik xizmatning samaradorligi va maktab jamoatchiligi ishonchi bilan bevosita bogʻliq… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →

maktab psixologiimijkasbiy faoliyatijtimoiy-psixologik tadqiqotpsixologik xizmatta’lim tizimi.

Inter Education & Global Study15.10.202623
Inter Education & Global Study — Jurnal muqovasi
0
Ko'rishlar
0
Yuklab olishlar

Muhim sanalar

Maqola qabuli muddati
25-noyabr, 2026
Nashr sanasi
30-noyabr, 2026