ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

TIBBIYOT TARIXI FANINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Annotatsiya

Ushbu maqolada Tibbiyot tarixi fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samaradorligini baholashdan iborat. Bunda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy pedogogik texnologiyalardan foydalanilgan xolda tadqiqotlar olib borildi.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Tibbiy fundamental fanlar

kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.n.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Tibbiyot tarixi fanini o‘qitishda yangi pedagogik baholashdan iborat. Bunda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiy pedogogik texnologiyalardan foydalanilgan xolda tadqiqotlar olib borildi.

Natijada Tibbiy ta’lim tizimida Tibbiyot tarixini bilmagan bo‘lajak tibbiyot xodimlari O‘rta osiyo va O‘zbekiston tibbiyot sohasini rivojlantirishga xissa qo‘shgan olimlarining tibbiy xayot yo‘llarini bilishligi va o‘rganishligi kelajakda tibbiyot sohasini rivojlantirishga ulkan xissa qo‘shadi.

Kalit so‘zlar: O‘rta osiyo, O‘zbekiston, tibbiyot tarixi, ta’lim standartlari, pedagogik texnologiyalar, innovatsion texnologiya.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ

ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ ИСТОРИИ МЕДИЦИНЫ

Курбонов Туқташ Алимович

Термезский университет экономики и сервиса

Фундаментальные медицинские науки

старший преподаватель кафедры, к.м.н.

Аннотация: Данная статья посвящена оценке эффективности современных педагогических технологий путем использования новых педагогических методов в преподавании истории медицины. При этом исследования проводились с применением медицинских педагогических технологий в высших медицинских образовательных учреждениях.

В результате в системе медицинского образования будущие медицинские работники, не знавшие историю медицины, изучая жизненный путь ученых, внесших вклад в развитие медицины в Средней Азии и Узбекистане, и знакомясь с их достижениями, смогут внести огромный вклад в развитие медицинской отрасли в будущем.

Ключевые слова: Средняя Азия, Узбекистан, история медицины, образовательные стандарты, педагогические технологии, инновационная технология.

UTILIZATION OF NEW PEDAGOGICAL

TECHNOLOGIES IN TEACHING THE HISTORY OF MEDICINE

Termez University of Economics and Service

Department of Fundamental Medical Sciences

Senior Lecturer, Candidate of Medical Sciences

Abstract: This article evaluates the effectiveness of modern pedagogical technologies by examining the use of new pedagogical approaches in teaching medical history. Research was conducted using medical pedagogical technologies in higher medical education institutions.

As a result, in the medical education system, future healthcare professionals who learn about the medical careers of scientists who contributed to the development of the medical field in Central Asia and Uzbekistan, despite not initially knowing the history of medicine, will make a significant contribution to the advancement of the medical field in the future.

Keywords: Central Asia, Uzbekistan, history of medicine, educational standards, pedagogical technologies, innovative technology.

Muammoning dolzarbligi: Xozirgi kunda yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jadallashuv yangi o‘quv fanlarini kiritishda yangi ta’lim standartlarini ishlab chiqish ehtiyojinigina emas, balki o‘qitish metodikasini o‘zgartirishni ham talab qiladi [1].

Ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalari va o‘qitishning interaktiv metodlarni joriy etish va samarali foydalanish ta’lim oluvchi yoshlar faolligini oshishiga yordam beradi.

Respublikamizning ta’lim muassalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh istiqboli pedagog kadrlarga, pedagogik texnologiyalarni o‘rgatish, pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini o‘quv-tarbiya jarayoniga qo‘llay olishga o‘rgatish, shuningdek, ularga pedagogik maxorat sirlarini ochib berishga oliy ta’lim vazirligi tomonidan ko‘pgina samarador ishlar qilinayapti. Oliy ta’lim o‘qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta’lim-tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobiliyatlarini ochish, hamda rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim [2-3].

Mamlakatimizda pedagogika yo‘nalishida ko‘plab tadqiqotchilar ta’limining samarali usularini hayotga tadbiq etish ustida izlanishlar olib bormoqda. Bu esa O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimining yuqori e’tiborda ekanligi nishonasidir [6-7].

Pedagogik ta’lim sifatiga talabning oshishi uzluksiz pedagogik ta’lim tizimini rivojlantirishning dolzarb muammosi va sharti, uning mohiyatini fundamentallik, yaxlitlilik, izchillik va amaliy yo‘nalish tamoyillari yangilanishning rag‘batlantiruvchi kuchi bo‘lib bormoqda. Hozirgi paytda biz ta’lim olamida tub o‘zgarishni kuzatmoqdamizki, u ―Taxlil qilish yo‘nalishidan ―axborot yo‘nalishiga o‘tdi. Ta’lim axborot tizimining ulkan muvaffaqiyat qozonganligi tufayli axborot xajmini kengaytirish va shunga muvofiq ravishda o‘qitish vaqtini ko‘paytirish sari intilish tug‘ildiki, bu xol ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda [3-4-5].

Pedagogik texnologiya -shunday bilimlar soxasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta’lim soxasida tub burilishlar yuz beradi, ukituvchi faoliyati yangilanadi, talaba-yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chankoklik, Vatanga mexr-muxabbat, insonparvarlik tuygulari tizimli ravishda shakllanadi. Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh goya xam tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, avtoretar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan sabr bardoshli, qanoatli, uzgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni kuzda tutgan insonparvarlik xisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysi darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan boglik?

Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq xolda fanga 1972 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan-texnos (technt)- san’at, xunar va logos (logos) - fan, ta’limot suzlaridan tashkil topib xunar fani ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonini tuliq tavsiflab bera olmaydi. Texnologik jarayon xar doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan xolda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni kuzda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bulsak, texnologik jarayon bu mexnat qurollari bilan mexnat ob’ektlariga bosqichma-boskich ta’sir etish natijasida maxsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir. Ya’ni: Yangi pedogogik texnologiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi) ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida talaba (o‘quvchi) larga muayyan sharoitda ta’sir kursatish va bu faoliyat maxsuli sifatida ulardan oldin belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.

Tadqiqot maqsadi: Tibbiyot tarixi fanini o‘qitishda yangi pedagogik baholash.

Tadqiqot natijalari: Shu jumladan tibbiyot sohasida ham malakali kadrlarni tayyorlash jamoatchilik o‘rtasida tibbiy profilaktika ishlarini olib borish hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri xisoblanmoqda. Sog‘lom kishilar va bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishda, hamda ularni profilaktika ishlarida biz o‘qitayotgan talabalarning o‘rni borligini alohida ta’kidlash lozim, chunki ularning bemor bilan o‘zaro muloqoti, ruxiy holatini tushunishi, shunga ko‘ra tekshirish va davolash rejasini tuzish, bemor qabul qilayotgan dori-darmonlarning ijobiy natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yurtimizda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan ―Ta’lim to‘g‘risidagi va ―Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risidagi qonunlarning asosiy maqsadi ta’lim tizimini takomillashtirish va jahon standarti talablari darajasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar - ta’lim va tarbiya jarayonining sifat samaradorligiga erishishdir.

Buning uchun biz o‘qituvchilar zimmasiga bir qancha mas’uliyatlar yuklandi. Mashg‘ulotlarda innovatsion texnologiyalar elementlaridan foydalangan xolda tashkil etish dolzarb masaladir. Tibbiy fanlarni: Tibbiyot tarixi fanini o‘qitish samaradorligi talabalarning o‘quv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashish uchun zarur bo‘lgan klinik bilimlar, ko‘nikmalar, malakalarni egallashlari bilan belgilanadi. Ta’lim usullarini tanlashning asosiy qoidasi ta’lim berish maqsadiga mos kelishidir va bunda natija beradigan zamonaviy pedagogik texnologiya usulidan foydalanish lozim. Dars jarayonida qaysi innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni o‘qituvchining o‘zi belgilaydi, buning uchun avvalo dars ssenariysi va mashg‘ulotning texnologik xaritasi ishlab chiqilishi zarur.

Masalan: ―Tibbiyot tarixi fanida ―O‘rta osiyo tibbiyot va Yevropa tibbiyoti tarixi guruhiga kiruvchi ―Markaziy osiyo va Yevropa tibbiyotini taqqoslash mavzusida ―Bahs-munozara metodini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun talabalar guruhda ishlaydi va pedagog tomonidan mavzuga doir muammoli savol yoki vaziyatli masala, yoki sinfxonada tibbiyot tarixini taqoslama xolatlari o‘tkaziladi. So‘ngra pedagog tomonidan savol beriladi. Masalan: Markaziy osiyo tibbiyot tarixini Xozirgi yevropa tibbiyot rivojlanishiga ulkan xissa qushgan O‘rta osiyo tibbiyot darg‘alarining qilagn ishlarini tushuntirib beriladi va guruxdagi talabalar aynan shu tibbiyot tarixidagi olimlarimizning qilagn ishlari xaqida turli fikrlarni bildirishadi. Bildirilayotgan barcha fikr-mulohazalar tinglanadi va pedagog boshchiligida taxlil qilinadi. Muammoning yechimini xal qiluvchi aniq va maqbul yechim tanlab olinadi. Bu usul talabalarga o‘z fikrlarini bayon etish, guruxdagi boshqa talabalarning fikrini eshitishga, bahslashayotgan suhbatdoshini hurmat qilishga o‘rgatadi.

Xulosa: Demak, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanib, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi, muammoli vaziyatlarni xal etishga yo‘naltiradi, kasbiy faoliyatiga qiziqish uyg‘otishga, shuningdek mavzu asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishni kengaytirish va mustahkamlashga erishiladi.

Ayniqsa Tibbiy ta’lim tizimida Tibbiyot tarixini bilmagan bo‘lajak tibbiyot xodimlari O‘rta osiyo, O‘zbekiston tibbiyot sohasini rivojlantirishga xissa qo‘shgan olimlarining tibbiy xayot yo‘llarini bilishligi va o‘rganishligi kelajakda tibbiyot sohasini rivojlantirishga ulkan xissa qo‘shadi deb xisoblaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (O‘rta maxsus. kasb-xunar ta’lim muassasalari uchun qo‘llanma).-T.: Yangi asr avlodi, 2001. 2. Yo‘ldoshev J.G., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari.-T, 2001. 3. Коджаспирова Г.М. Педагогика в схемах, таблицах и опорных конспектах. – М.: Айрис-пресс, 2006. 4. Ишмуҳамедов Р. Инновацион технологиялар ѐрдамида таълим самарадор-лигини ошириш йўллари. - Т.: Низомий номидаги ТДПУ, 2005. 5.Толипов У., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг татбикий асослари. - Т.: 2006. 6. Odiljonov O., Sultonov R. Ko‘kyo‘tal kasallikining O‘zbekistonda tarqalishini oldini olish chora tadbirlari //Journal of science-innovative research in Uzbekistan. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 699-701. 7. Sultonov, R., & Odiljonov, O. (2024). Ko‘kyo‘tal fonida bronx-o‘pka asoratlarini o‘chrash chastotasini baholash. Journal of universal science research, 2(10), 138-140.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.